“Yangi Yo’l qishlog’i hududida o’sadigan va xalq tabobatida ishlatiladigan ayrim dorivor o’simliklar” haqida ma’lumot



Download 479,5 Kb.
bet5/8
Sana30.06.2021
Hajmi479,5 Kb.
#105798
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O'zbekistonning foydali o'simliklari

5. Yalpiz – xalq tilidagi nomi, Mentha Piperita L. – fandagi atalishi.

Bu o’t o’simlik ko’pyillik hisoblanadi. Uning bo’yi 30-90 sm. atrofida bo’lib, o’zining kuchli va hushbo’y hidi bilan mashhur. Uning barglari va poyasida turli foydali elementlar bor. Yalpizdagi efir moyi tarkibida Mentol m oddasi borligi uchun bu o’simlik tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarishda ta’m berish uchun va ayniqsa tish tozalash pastalari ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi. Ulug’ bobomiz Abu Ali Ibn Sino ham Yalpizning shifobahsh hususiyatlarini juda yahshi bilgan va undan bosh og’riq, qon ketish, ko’ngil aynish, ishtahasizlik kabi kasalliklarini davolashda keng ravishda foydalangan. Yalpiz hozirgi kunda ham qishloq aholisining ovqatlariga hushho’r ta’m beradigan dorivor ziravor o’t hisoblanadi. Buni, biz qishloq bolalari juda yahshi bilamiz va doim undan foydalanamiz.


6. Qirq bo’g’im – xalq tilida atalishi, fan tilida esa Equisetum Arvense L. deb ataladi.

Bu o’tsimon o’simlikni ariq chetlarida juda ko’plab uchratish mumkin. Uning ildizi juda uzun bo’lib, hatto bir yarim metrgacha erga kirib boradi. Poya qismi 20-50 sm. balandlikka ega bu o’simlik o’zida juda ko’p mineral moddalarni, olma va limon kislotalarini, karotin moddasini saqlaydi. U qadimdan xalq tabobatida keng ishlatilib kelingan.

Mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino bu o’simlikdan siqib olingan sharbat bilan jigar, asab, qorin, buyrak va yurak hastaliklarini davolab kelganligi tibbiyot tarixida yozilganligi ko’pchilikka m a’lum. Hozirgi kunda ham bu o’tdan tayyorlangan damlamalar xalq tabobatida keng ko’lamda ishlatilib kelinyapti.


7. Sachratqi - Cichorium intybus L.

Qishlog’imizning janubiy qismidagi adir va dalalarda juda ko’plab uchraydigan bu o’tsimon o’simlik ham xalq tabobatida keng ishlatilib kelinayotgan dorivor o’simliklardan hisoblanadi. Uning bo’yi 1 metrgacha o’sib boradi. Gullari moviy osmon rangida bo’lib, o’zining nafisligi bilan kishi diqqatini o’ziga jalb qiladi. Bu o’simlikning tarkibida glikozidlar aniqlangan. Uning sut sharbati tarkibida achchiq, lekin foydali bo’lgan mikro elementlar mavjud. Tomiri va poyasidan tayyorlangan damlamalar xalqimiz tomonidan buyrak, jigar, taloq, angina, shamollash, ishtahasizlik kabi hastaliklarni davolashda keng ko’lamda foydalanib kelingan va hozirda ham bu ishlar davom etib kelmoqda. Sachratqi o’simligining poyasidan tayyorlangan damlamada oftob urgan bolalarni cho’miltirib davolash hozirgi kunda qishlog’imizda saqlab qolinganligi diqqatga sazavordir.

Klubimiz rahbarlari nazoratida olib brogan va hozirgacha o’rganib chiqqan o’simliklar mana shulardan iborat. Atrofimizda o’sayotgan o’simliklarni o’rganishni davom ettirmoqdamiz. O’rganib chiqqan o’simliklarni kelgusida kichik bir kitob qilib bosmadan chiqarishni va uni maktab kutubxonasiga topshirishni rejalashtirganmiz. Bu fikr klub raxbarlarimiz tomonidan ma’qullangan va ular qo’llab quvvatlaydi, deb umid qilamiz.


Yong'oq mag'izi o'z shakli bo'yicha odam miyasiga juda o'xshab ketishini hammamiz yaxshi bilamiz. Bu bejiz emas. Yangi o'qish va ish mavsumi boshlanadigan sentabr oyida yong'oqli taomlar juda dolzarb hisoblanadi.

Yong'oqlar kaloriyaliligi bo'yicha oq nondan 2 baravar yuqori: 100 g yong'oq mag'izida - 850 kkal mavjud.


Hozir ham uning ba'zi Yaqin Sharq mamlakatlaridagi nomi "to'rtta miya" ma'nosini anglatadi. O'rta asrlarda yong'oq bosh og'rig'ida yordam beradi, degan firk mavjud bo'lgan. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot esa, yong'oq aqliy faoliyatga ijobiy ta'sir qilgani bois Qadimgi Bobil kohinlari oddiy odamlarga yong'oq yeyishni ta'qiqlashgani haqida yozadi. Kohinlar oddiy fuqaroga bu narsa shart emas, deb fikrlashgan. Ammo yong'oq bizga hozir juda kerak!



Albatta, yong'oqning siri shaklida emas, balki tarkibidadir. U C, B1, B2, PP vitaminlariga, karotin, oshlovchi moddalar, xinonlar va efir moylari, biriktiruvchi to'qimalar, temir va kobalt tuzlari hamda rux moddasiga boy. Bundan tashqari, yong'oqlar - foliy kislotasi va kalsiyning manbai hisoblanadi. Agar kuniga hech bo'lmaganda 2 ta yong'oq iste'mol qilinsa, xotira ancha yaxshilanadi. Kuniga iste'mol qilingan 4 ta yong'oq esa, organizmni antioksidantlar bilan kuchlantiradi, immunitetni va hujayralar himoyasini yaxshilaydi.

Ko'pgina Yevropa mamlakatlarida yong'oqlar pahlavonlarning ovqati hisoblangan, bu bejiz emas. Ularning tarkibidagi nutriyentlar haqiqatan ҳam mushaklarning mustaqkam bo'lishi uchun foydali bo'lib, mashg'ulotlardan keyin charchoqdan tezda xalos bo'lishga yordam beradi. Shuningdek, yong'oq mag'izida yurak salomatligi uchun zarur bo'lgan magniy va kaliy moddalari juda ko'p. Yong'oqlarning qariyb 70 foizi yog'dan iborat bo'lishiga qaramasdan, bu yog'larning aksariyat qismini to'yinmagan, foydali yog'lar tashkil etadi.

Yong'oqlarning o'ziga xos mazasi olma va nok, lavlagi va sabzi, selderey va baqlajon, yumshoq qaymoqli va moviy pishloqlar, shuningdek, asal, zarang daraxti qiyomi, kinza, petrushka, tovuq go'shti, xren va sarimsoq piyoz bilan ham ajoyib tarzda birika oladi. Yong'oqlardan asosan shirikliklarni (piroglar, tortlar, bulochkalar, pahlava va ҳ.k.) pishirishda foydalaniladi, ammo ular salatlarni, ruletlar uchun qiymalarni, pasta uchun souslar va pashtetlarni ҳam o'zining ta'mi bilan a'lo darajada to'ldirishi mumkin.

Sharqda va Bolqon bo'yi mamlakatlarida pishib yetilmagan yong'oqdan ajoyib murabbo tayyorlashadi. Bunday yong'oq yod moddasiga juda boy bo'ladi. Yong'oқ tayyorlangan nozik va xushbo'y yog' alohida tansiq mahsulot hisoblanadi. Unda ovqat tayyorlanmaydi, yaxshisi undan salatlarga қo'shish uchun va yaxna ovqat sifatida foydalangan ma'qul.



3 ta maslahat
Yong'oq tanlaganda, po'stiga yaxshilab qarang: unda teshikchalar va yoriqlar bo'lmasligi kerak. Tozalangan yong'oqni sotib olayotganingizda ular hajmdor, och rangli va qasir-qusur qilib yeyilishi kerak. Esingizda bo'lsin, yong'oqlarni yig'ib olishning asosiy vaqti - bu oktabr. Yangi hosilni o'tkazib yubormang!
Yong'oқlarni қo'l bilan yoki "mezzaluna" deb nomlanuvchi yarim oy shaklidagi italyan pichog'i yordamida maydalagan ma'qul. Bu maqsadda blender va protsessordan foydalanish unchalik ma'qulmas: ular haddan tashqari kuchli bo'lib, yong'oqlar ortiqcha yog'lanadi. Agar baribir blenderdan foydalangan bo'lsangiz, yong'oqli massaga biroz shakar yoki un қo'shing, ular ajralib chiqqan yog'ni shimib oladi.
Bozorda hali pishib yetilmagan yashil yong'oqlarni sotib olish mumkin, ularni butunligicha marinadlasa bo'ladi, chunki po'sti ҳali yumshoq bo'ladi. Buning uchun yashil yong'oqlar ziravorli sirkaga solinadi, tayyor bo'lagnidan keyin esa, go'shtli taomlar bilan birga dasturxonga tortiladi.



Download 479,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish