Yangi yilim yaxshi yilim



Download 72 Kb.
bet2/2
Sana14.01.2022
Hajmi72 Kb.
#365292
1   2
Bog'liq
alifbe bayrami senariy

Bolalardan biri: Kelinglar, topishmoq topish o’ynaymiz. Uchgacha sanaymiz. Kim noto’g’ri javob aytsa, «Andijoncha» yoki «Xorazmcha»ga o’ynab beradi. Men sizlarga birinchi topishmoqni aytay:

Uzi sovuq, muzdayin,

Issiqdan erir tayin.

Yozda mazza qilasan,

Yalaysanki shundayin.

Bolalardan biri: Muzqaymoq.

Ovoz: Nima gap? Nima shovqin?

Bolalar: Kim kelyapti? Yalmog’izmi? Qochdik.

Bolalar: vahimaga tushib, archadan uzoqlashib tomoshabin bolalarning oldingi qatorida qo’llarida archa novdalarini ushlab, go’yo sahnaga o’zlarini pana qilgan holda turib qolishadi. Musiqa biroz tinib, sahnaga chiyillab, yalmog’iz kampir kirib keladi. Qo’lida supurgi.

Yalmogiz: O-o-o! Uzim ham o’ylovdim-a, o’rmonda nimadir bo’lyapti, deb. Bu archa qanday qilib bezatilib qoldi ekan? (Atrofni hidlaydi.Voy-voey, bolalarni hidi kelyaptimi? Buni shu zumrashalar bezatishdimikin? Biram yomon ko’raman bayramlarni! Biram yomon ko’raman bunday chiroyli bezangan archalarni. Bu bolalar qayerda ekan-a? Ularni tutib olsam bormi, naq tandirimga solib pishirib yeyman-a. Aytmoqchi, ular bu archani bekorga bezatishmagan bo’lsalar kerak? E, ha, esim qursin, ahir yana Yangi yil kelyapti-ku-u-u!!! SHu bayramni juda yomon ko’raman. Qachon uni buzaman, Yangi yilni kelgani qo’ymayman, desam, albatta, bir ishkal chiqadi-da. He, yo’q - Bu safar shunday boplayki, shu zumrashalar ham, anovi qorbobo bilan qorqiz ham, Yangi yil ham chiroyli bayram qilolmasin. Bo’rivoy, hoy Bo’rivoy? Ayiqpolvon, hoy Ayiqpolvon? Kaerdasizlar? X,oy, tekin tomokdar, kaerdasizlar? Bu yokka kelinglar! (Avval Buri chiqib keladi)

Bo’ri: Ha, yalmog’iz, nima gap? Menga biror narsa topdingmi yeyishga? Qornim o’lguday och. Voy, nimanidir, he yo’q, bolalarning hidi kelyaptimi? Ey, archalar bezangan.

Yalmog’iz: To’g’ri aytasan. Bolalarning hidi kelyapti. Archaini ham shular bezagan. Negadir, Ayiq ko’rinmayapti. Men borib chaqirib kelmasam bo’lmaydi.

Maymoqvoy hali ham uxlab yotibdi, shekilli. Axir uni chaqirmasak, bayramni buzishga ikkalamizninig kuchimiz yetmaydi.

Bo’ri: Bor, tezroq topib kel. Ungacha men bu yerda poyloqchilik qilib turaman.

Yalmog’iz: Men ketdim.

Ayiq: Nega meni uyqumni buzdinglar? Hozir senlarni burda-burda qilib tashlayman.

Yalmog’iz: Bilasanmi,? Ayiqpolvon, yana Yangi yil kelyapdi ekan. Xo’p, sen baribir bolalarning bayramiga, ularning shovqin-suroniga uyg’onib ketarding-ku. Shuning uchun, kel, shu bayramni buzaylik!

Bo’ri: SHoshma, sen jodugar bizlarni aldayotgan bo’lma!

Ayiq: E, hali bizlarni aldayaptimi! To’xta, hozir burdalab tashlayman.

(Ikkalasi kutilmaganda Yalmog’izga tashlanishadi. Yalmog’iz ulardan archani aylanib qocha boshlaydi va go’yo bir narsa esiga tushganday to’xtaydi. So’ngra ularga jarangdor musiqa ostida sverli supurgi tayog’ini o’qtaladi. Ular yugurayotgan holatda qotib qolishadi).

Yalmog’iz: Voy-voey, yaxshiyam sehrli tayog’im esimga tushib qoldi-ya. Bo’lmasa ular naq meni yeb qo’yishardi. Bu tayog’im bilan endi mana bu archani oddiy archaga aylantirib qo’yaman. Qorbobo bilan Qorqizni ham, anavi yangi yilni ham bir qotirib qo’yayki, hech qachon yangi yil bo’lmasin. Hech kim bolalarga o’yinchoqlar tarqatmasin ham, bayram ham bo’lmasin. Sizlar mening sherigimga aylaninglaar! (Ular jonlanadilar.) Hoy galvarslar, halizamon Yangi yil, Qorbobo, Qorqiz va yumshoqqina, dumboqqina bolajonlar bu yerga kelib qolishadi. Biz mana bu tayoq bilan ularning bayramini buzamiz. Ana undan keyin sen ayiqpolvon mazza qilib tinchgina uxlaysan. Sen esa men oriqqina kampirni o’rniga ana u dumboqqina Yangi yil, qorbobo, qorqiz va zumrasha, quloqsiz bolachalarni yeb qo’yasan.

2022 yil: EY, bolalar Qayerga ketishdi ekan? Hay, mayli kelib qolishar.Men bezashda davom etaveraychi.

Bo’ri: To’xta! To’xta, deyman!

Ayiq: Hozir tutib olaman! (Tutib olishadi.)

Yalmogiz: Ushla, ushla! Qo’lini ushla! Qo’lini qo’yvorma! Bog’la!

Ayiq: Qo’lga tushdingmi? Endi seni yeymiz!

Bo’ri: SHoshma, shoshma! Men eyyman!

Yalmog’iz: E, shoshmanglar. Nari turinglar!

2022 yil: Qo’yvoringlar, qo’yvoringlar, deyapman. Hali zamon Qobobo kelib dodlaringni beradi.

Yalmog’iz: Xa-xa-xa, qo’lga tushdingmi? Sen bo’lmasang, yangi yil ham, qorbobo ham kelmaydi. Endi bundan keyin yangi yil bo’lmaydi. Hozir seni chiroyli qilib qovurib go’shtingni mazza qilib yeymiz. Mana bu tayog’im bilan kallangga bir tushiraymi? Ey, yo’q, bu senga biroz suyanib tursin. Biz yaxshi-yaxshi, guvillab yonadigan o’tinlarni topib kelaylik. Bir yo’la ham seni qovuramiz, ham mana bu archani yoqib yuboramiz. Qani, ketdik. (Ular chiqib ketishadi. Archa novdalar qimirlay boshlaydi.)

2022 yil: (Ularni sezganday) Hoy, bolalar, shu yerdamisizlar? Meni qutqaringlar. (Bolalar chiqishib uni qutqarishadi) Ana, yovuzlardan qutildik. Supurgi tayoqni menga beringlar. (Yalmog’iz, Bo’ri va Ayiqning ovozlari eshitiladi.)

Ovozlar: Nima gap, bu qanday shovqin? Qaytdik, tez bo’l.


шовкин? Кайтдик. Тез бул!


Yalmog’iz: Ey, 2022- yil. To’xta, men seni... Voy, meni tayog’im...

2022 yil: Yana yomonliging amalga oshmaydigan bo’ldi. (Ularni sehrlaydi.) Endi yaxshilarga aylaninglar!

Yalmog’iz: Voy-bu, buncha chiroyli bu archa. (Bolalarga qarab) Voy, buncha shirin bu bolalar.

Ayiq, Bo’ri. Voy buncha yaxshi bu archa! Ie, qorbobo bilan qorqiz qani?

Yangi yil: Kelinglar, birgalashib ularni chaqiraylik . Qor-bo-bo, Qor-qiz! Qor-bo-bo, Qor-qiz!

Qorbobo: Salom, azizlarim! Uzoq-uzoq muzli tog’larni, uzoq-uzoq dengiz va ko’llarni, dasht-u o’rmonlarni ortda qoldirib bugun Sizning oldingizga Yangi yilning bayramini nishonlash uchun yetib keldik.

Qorqiz: Assalomu alaykum, aziz bolajonlar! Bugun Qorboboning qopi yangi yil sovg’alari bilan liq to’la. Kimki bayramda faol ishtirok etsa, kim yaxshi qo’shiq kuylasa, yaxshi she’r aytsa, yaxshi raqsga tushsa, ularga atalgan ajoyib sovg’alar tortiq etiladi.

Qani bolalar, kim endi qo’shiq, raqs, she’r aytib beradi?...

Yangi yil haqida she’rlar

Yangi yillar muborak bo’lsin,

Qadrdonlar, assalom sizga.»

Qorbobo ham o’ynasin, kulsin,

Sovg’alarin ulashib bizga.

Quvonchlarga to’lsin uyimiz,

Laylak qorlar yog’sin o’sha kun.

Yangroq, shodon bo’lsin kuyimiz,

Archamizda yashnasin yolqin.

Noz-u ne’mat to’kin dasturxon

Yangi yilga bo’lsin muntazir.

Qiyqiriqlar yangrab o’sha on,

Jaranglasa, shubhasiz arzir.

Yigitlar ijrosida popuri raqs.

Bolajonlar ijrosida “Jingel bels” raqsi.

Bolalar tomonidan topishmoqlar.


Qizlar ijrosida raqs “Oppoq qor”.
Qizlar ijrosida raqs “Qizalog’im”
Boshlovchilar chiqib, qisqacha tadbirimiz mana shulardan iborat edi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Barcha bolalar ijrosida “O’zbekiston” qo’shig’i.
Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish