Yangi va eng yangi zamondagi siyosiy ta’limotlar



Download 26,93 Kb.
Sana20.01.2017
Hajmi26,93 Kb.
#686

Aim.uz

Yangi va eng yangi zamondagi siyosiy ta’limotlar

Yangi zamon yangi siyosiy ta’limotlarni ilgari surdi. Bu ta’limotlar o‘rta asrlar doirasidan chetga chiqib, insoniyatning yangi talab va ehtiyojlarini o‘zida aks ettirdi. Davlat va hokimiyatning ilohiy xarakteriga ishonishga tayanuvchi siyosatni sxolastik tushunish zamon talablariga javob bermay qo‘ydi. Inson va jamiyatni rivojlantirish, uning imkoniyatlarini yanada oshirish ehtiyojlari siyosatga prinsipial jihatdan yangicha qarashlarni, uni oqilona–tanqidiy tushunishni talab qildi. Ushbu siyosatni oqilona – tanqidiy tushunish yangi zamon allomalarining asarlarida o‘z ifodasini topdi.

Yangi zamon siyosiy fikrining yorqin namoyondalaridan biri, ingliz faylasufi Tomas Gobbsdir (1588 - 1679). U Fuqaro haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari", "Leviafan" asarlarining muallifidir. Ijtimoiy bitim g‘oyasini targ‘ib qilgan Gobbs boshqaruv usullarida cheklanmagan monarxiya tarafdori bo‘lgan. U insonlar jamiyatining ikki holatini ajratadi: tabiiy (hammaning hammaga qarshi urushi) - unda kuchga ega bo‘lganlar huquqqa ham egalik qiladilar va fuqarolik (bitimiga ko‘ra ayrim huquqlarini ixtiyoriy ravishda boshqalarga berish). Davlat o‘zida jamlangan yagona iroda vositasida tinchlikni saqlashi, tabiiy qonunlar bajarilishini ta’minlashi, tartibni saqlashi, hunarmandchilikni rivojlantirishi, shuningdek, insonlarni diniy, ma’naviy, axloqiy qarashlariga ham ta’sir etishi kerak bo‘ladi.

Yangi zamon siyosiy fikrining vujudga kelishi va rivojlanishida ingliz faylasufi va siyosat arbobi Jon Lokk (1632 - 1704) ning xizmati benihoya kattadir. U “E’tiqod chidamligi haqida”, "Davlat boshqaruvi haqida" va boshqa asarlarida davlat faoliyatini yangicha tushunish, uning shartnoma asosida fuqarolar hayotiga aralashishini cheklash, inson tabiiy va begonalashmaydigan huquq va erkinliklarining amalga oshirilishini ta’minlash g‘oyasini ilgari surdi. Bu g‘oya zamon talablariga javob sifatida paydo bo‘lib, keyinchalik butun dunyoda e’tirof etilib liberalizm degan nomni oldi.

Sharl Lui Monteske (1689 - 1755) "Fors xatlari", "Rumliklar buyukligi va inqirozi sabablari to‘g‘risida", "Qonunlar ruhi to‘g‘risida" kabi asarlarning muallifidir. U mo‘tadil konstitutsion monarxiya va hokimiyatlar bo‘linishi printsipini ilgari surgan. Uning fikricha, davlat va huquq - tarixiy taraqqiyot mahsuli. Tabiiy qonunlar jamiyat vujudga kelishidan avval mavjud bo‘lgan. Qonunlar davlatning turiga (respublika, monarxiya, mustabid) bog‘liq, boshqaruvni esa ijtimoiy – iqtisodiy, geografiya va iqlim kabi omillar belgilaydi.

Monteske fuqarolar erkinligining kafolatini hokimiyatlar bo‘linishida deb hisoblaydi: "Agar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bir shaxsda yoki bir tashkilotda mujassamlashsa, erkinlik bo‘lmaydi. Negaki, bu monarx yoki senat zolim qonunlar yaratib ularni zulm qilish uchun qo‘llashi mumkinligi xavfi mavjud bo‘ladi. Erkinlik sud hokimiyati, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan ajratilmaganda ham bo‘lmaydi. Agar biror bir shaxs yoki biror tashkilot shu uchala hokimiyatni yakka o‘zida to‘plasa, hamma narsa halok bo‘lar edi. U hokimiyatni suiiste’mol qilish imkoniyati bo‘lmasligi uchun shunday tartib o‘rnatilishi kerakki, unda turli hokimiyatlar o‘zaro bir-birini tutib turishlari mumkin bo‘lsin.

Jan Jak Russo (712 - 1778) - fransuz faylasufi, sotsiologi, ma’rifatparvaridir. U "Odamlar o‘rtasida tengsizlik kelib chiqishi va asoslari to‘g‘risida mulohazalar", "Ijtimoiy bitim", "Emil, yoki tarbiya to‘g‘risida" asarlari muallifidir. Russo burjua demokratiyasi, fuqarolarning haq-huquqlari, ozodlik, erkinlik va tenglik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Tengsizlik sababi - xususiy mulk. Gobbsdan farqli o‘laroq, "tabiiy holatida" insonlar do‘st va hamohang yashaganlar deb hisoblaydi. Ijtimoiy tengsizlikka erkinlik va huquqlar tengligini qarshi qo‘yadi. Xalq irodasining suverenligi va bo‘linmasligini targ‘ib qilgan. Iroda (ehtiyoj, talab-istaklarni) aniqlash uchun doimiy amal qiluvchi plebissit (umumxalq so‘rovi) kiritishni, xususiy mulkni fuqarolar o‘rtasida taqsimlashni taklif etadi.

Amerika ma’rifatparvarlari - T.Jefferson (1743- 1826), T.Peyn (1737 - 1809), A. Gamilton (1754 - 1804), J.Medison (1751 - 1836) ning siyosiy qarashlari jahon siyosiy fikri tarixida yorqin sahifani tashkil etadi. Bu qarashlar Amerika xalqining mustaqillik, erkinlik va demokratiya uchun olib borgan kurashi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Amerika ma’rifatparvarlari tomonidan asoslab berilgan - kuchli demokratik federativ respublika qurilishi tamoyillari, shaxsning fuqarolik huquqlari va erkinliklari, hokimiyatning vakillik shakli haqidagi g‘oyalar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Aynan shu g‘oyalar "Mustaqillik deklaratsiyasi" (1776) va Amerika Qo‘shma Shtatlari Konstitutsiyasi (1787) ning asosi qilib olindi. Aynan shu g‘oyalar amerika xalqi siyosiy ongi va siyosiy madaniyatining rivojlanishiga hamda AQSH davlatchiligining qaror topishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

"XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropada siyosat, davlat va huquqni ularning barcha ijtimoiy aloqalari nuqtai nazaridan o‘rganuvchi sotsiologik yondashuv keng rivojlandi. Ko‘plab siyosiy ta'limotlar vujudga keldi. Jumladan, italiyalik faylasuflar G.Moska (1856- 1941) va V. Pareto (1848 - 1923) elitalar nazariyasini ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, siyosat "ikki qarama-qarshi sinf kurashi sohasi" bo‘lib, ulardan biri - hokimlik qiluvchi ozchilik (elita) va itoatdagi ko‘pchilikdir.

Bu nazariyaning ahamiyati shundaki, siyosat subyektlarining hokimiyatga ta’sirini oddiy, bir xil, deb tushunishdan siyosiy jarayondagi raqobat, qatlamlarga bo‘linish, turli guruhlar ta’siri turlichaligini anglashga o‘tildi. G‘arb siyosiy fanida texnokratiya ta’limotlari keng tarqaldi. Jumladan, «ilmiy boshqariladigan jamiyat» (G.Saymon) «postiduinstrial jamiyat» (D.Bell), «Texnotron jamiyat» (3.Bjezinskiy) - nazariyalari hozirgi taraqqiyot va dunyoning umuminsoniy muammolarini (ekologik, energetik, oziq–ovqat, urush, demografik) yechishning yagona yo‘li, deb tavsiya etiladi.

G‘arb siyosiy fanining asoschilaridan biri - Maks Veber (1864 - 1920) dir. U siyosiy qarashlariga ko‘ra liberalizm tarafdoridir. Veber legitim hokimiyat turlari to‘g‘risidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, hokimlik - muayyan buyruqqa itoat ettira olish imkoniyatini anglatadi va demak, buyruq berganning buyruqqa bo‘ysunishlarini hamda itoat etayotganlarning buyruq qonuniy va adolatli ekanligiga ishonch hosil qilish uchun o‘zaro kutishlarini bildiradi. Veber itoat sabablaridan uchtasi asosida hukmronlik (hokimiyatning) uch sof turini ajratib ko‘rsatadi.

Hukmronlikning birinchi turi - ochiq, "qonuniy" hukmronlikdir. Uning jumlasiga hozirgi G‘arb davlatlari kiradi. Ularda, Veber fikricha, shaxslarga emas, balki qonunlarga bo‘ysunishadi. Boshqaruv apparati maxsus o‘rgatilgan amaldorlardan iborat. Ular oldiga qo‘yiladigan talab - formal qonun asosida shaxslarga qaramay faoliyat ko‘rsatish. Boshqacha qilib aytganda, qonuniy hukmronlik (hokimiyat) o‘z nomi bilan formal - qonunlarga asoslanadi.

Legitim hokimiyatning ikkinchi turini Veber an’anaviy deb ataydi. U mavjud siyosiy tartib va hokimiyatning nafaqat qonuniyligi, balki muqaddasligiga bo‘lgan ishonchga asoslanadi. Bunday hukmronlikning eng toza ko‘rinishi, Veber fikricha, patriarxal hukmronlikdir. Veber uni tuzilishiga ko‘ra oilaga o‘xshatadi. Bu o‘xshashlik hokimiyatning ushbu turini mustahkam va barqarorligini ta’minlaydi. Bu yerda lavozimga tayinlashda intizom yoki o‘z sohasidan yaxshi xabardorlikdan ko‘ra, shaxsiy sadoqat muhim xislat hisoblanadi. Imtiyozlar ham erkin taqsimlanadi.

Hukmronlikning uchinchi turi xarizmatik hokimiyatdir. Veber qarashlarida xarizma (yunoncha - ilohiy qobiliyat) tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Xarizma - individni boshqa odamlardan ajratib turuvchi, Olloh in’om etgan ajoyib qobiliyatdir. Veber xarizmatik sifatlarga sehrgarlikni, bashorat qila olish qobiliyati, ruh va so‘zning misli ko‘rilmagan kuchini kiritgan. Xarizmaga qahramonlar, buyuk lashkarboshilar, sehrgarlar, bashoratchilar, buyuk rassomlar, siyosatchilar egadirlar. Hukmronlikning xarizmatik turi an’anaviy hukmronlikning tamoman to‘liq aksidir. An’anaviy hokimiyat an’ana, odatga bog‘langan bo‘lsa, xarizmatik hokimiyat, aksincha, shu paytgacha tan olinmagan narsalar, g‘ayritabiiylikka asoslanadi.

Veber xarizmani an’anaviy jamiyatlarning o‘sish, o‘zgarishdan mahrum bo‘lgan tarkibiga o‘zgarishlar kiritishga qodir, buyuk inqilobiy kuch, deb qaraydi.

An’anaviy va xarizmatik hokimiyat o‘rtasida ma’lum umumiylik ham mavjud: unisi ham, bunisi ham hukmdor va tobe shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlarga asoslangan. Bu o‘rinda har ikkalasi birinchi tur hokimiyatga shaxssiz bo‘lgani uchun qarama-qarshi turadi. Xarizmatik yetakchiga shaxsiy sadoqat manbai asosida an’ana yoki uning hokimiyatga rasmiy huquqini tan olish emas, balki uning ilohiy qobiliyatiga ishonch yotadi. Shuning uchun legitimlikning xarizmatik prinsipi avtoritar bo‘ladi, ya’ni shaxsning kuchiga asoslangan bo‘ladi.

G‘arbiy Yevropa siyosiy fikri rivojiga yana bir qator olimlarning hissasi sezilarli bo‘lgan. Frantsuz sotsiologi E.Dyurkgeym (1858 - 1917) siyosiy fandagi tarkibiy funksionalizm metodologiyasi asoschisi hisoblanadi. Ruhshunoslik ta’sirida siyosiy fanlarda vujudga kelgan yangi metodologik oqim - bixeviorizmning ko‘zga ko‘ringan vakili - amerikalik olim G.Lassuell (902 - 1978) dir. Hozirgi zamon siyosiy fani, shuningdek, freydizmning kuchli ta’sirini his etadi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda milliy siyosiy fikr Ahmad Donish 1827 - 1897), Berdaq (1827- 1900), Furqat (1858 - 1909), Muqimiy (1850 - 1903), Zavqiy (1853 - 1921) singari ma’rifatparvarlar tomonidan rivojlantirildi. Ular o‘z asarlarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining amal qilish tajribasini oqilona-tanqidiy tahlil qildilar.

Ma’rifatparvarlar o‘lkadagi mavjud milliy siyosiy tartibotlarning tabiatini anglash va tushuntirishga intildilar. Ular mazkur tartibotlarning qoloq, qaram, tarqoq tizim ekanligini, xalq boshiga kulfat, mamlakatni vayronalikka olib kelganligini ko‘rsatib berdilar.

Ma’rifatparvarlar o‘z asarlarida o‘lkadagi mavjud siyosiy tartibotlarni shunchaki tanqid qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu siyosiy tartibotlarning qoloqligi, qaramligi sabablarini tinmay izladilar.

Ma’rifatparvarlarning fikricha, mamlakat qoloqligi, xalqning qashshoqlikda yashashining sababi - amirlar, xonlar, beklar va hokimlarning nodonligi va johilligi, xalq taqdiriga beparvoligi, ilm-fan va ma’rifatning yo‘qligidir. Shu boisdan ham, ular mamlakatdagi nodonlik va johillikka, zulm va zo‘ravonlikka asoslangan siyosiy tartibotni tugatish va ilm-fan va fozillikka, ziyo va ma’rifatga asoslangan siyosiy tartibotni o‘rnatish g‘oyasini ilgari surdilar.

XX asrning boshlarida O‘zbekistonda siyosiy fikrning rivoji jadidlar (M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Munavvar Qori va boshqalar) ning faoliyati bilan bog‘liqdir. Ularning asarlarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotning dolzarb muammolari chuqur o‘rganiladi va umumlashtiriladi. Xususan, o‘lkadagi idora usuli, mustamlakachilik, adolatsizlik oqibatlari keskin tanqid qilinadi, uning mustaqil yo‘li, Yevropacha idora usuli va uni mamlakatda tadbiq qilish haqida jiddiy fikr-mulohazalar bildiriladi.

A.Fitrat, M.Behbudiy Buxoroning idora, ta’lim-tarbiya usulini qattiq tanqid ostiga oladi va uni yangilash yo‘llarini tinimsiz izlaydi. Jadidchilarning bir guruhi maorif ma’rifatni ko‘tarish orqali xalq ahvolini yaxshilashga intilishsa, ikkinchi guruhi esa davlat tuzilishini isloh qilish, uni yangi asosda qayta ko‘rish orqaligina xalq va yurt ahvolini o‘nglash mumkin, degan siyosiy yo‘ldan yurishga intiladi. Bunday fikr va mulohazalar o‘sha davr siyosiy fikrida muhim yangilik edi.

Umuman XX asr boshida O‘zbekistonda siyosiy fikrning rivojlanishini jadidlarning asarlarisiz, ehtirosli maqolalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularning siyosiy fikr taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari zalvorlidir.

O‘zbekistonda siyosiy fikrning rivojlanishi sobiq sho‘ro tuzumi davrida qattiq zarbaga uchradi. Siyosiy fanga burjua fani deb tamg‘a bosilishi uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yo‘liga kirishi bilan siyosiy fanga munosabat tubdan o‘zgardi. Bu fan jamiyat fanlari tizimida o‘z o‘rnini topdi.

Hozirgi O‘zbekistonda zamonaviy siyosiy fanning vujudga kelishi va rivojlanishi taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov (1938) ning nomi bilan bog‘liqdir. Uning “O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, "O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li", "O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida", "O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari", "O‘zbekiston XXI acp bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda", "Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz" va boshqa o‘nlab asarlarida siyosiy fanning dolzarb masalalari tadqiq qilingan. Bu asarlar mamlakatimiz siyosiy tafakkuri tarixida yangi sahifani tashkil etadi.

Mazkur asarlarda eng avvalo, siyosiy fanning tushunchalari umuman, mavhum va notarixiy holda emas, balki aniq zamon va makonda, ya’ni O‘zbekiston zaminida yaxlit va bir butunligicha tadqiq va tahlil etilgan, hamda, ularning o‘ziga xos, milliy xususiyatlari aniq-ravshan echib berilgan.

Ikkinchidan, O‘zbekistondagi sobiq sho‘ro siyosiy tizimining sohta, «xalqparvar» qiyofasi emas, balki haqiqiy qiyofasi ko‘rsatib berilgan. Bu tizimning insonga, halqqa qarshi totalitar tabiati faktlar asosida butunlay o‘chirib tashlangan.

Uchinchidan, O‘zbekistonning xohish-istaklar, hom-hayollar va taxminlarga asoslangan, xilma-xil niqoblarga o‘ralgan, bo‘yoqlarga bezalgan totalitar taraqqiyot yo‘li emas, balki uning real shart-sharoitini, asriy an’ana, urf-odatlarini, ilg‘or mamlakatlarning siyosiy tizimlarini chuqur va batafsil o‘rganishga asoslangan demokratik taraqqiyot yo‘li olg‘a surilgan.

To‘rtinchidan, O‘zbekistonda demokratiyaga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari har tomonlama hisobga olingan, iqtisodiy islohotlarga, davlatning boshqaruv sohasidagi roliga, qonunning ustuvorligiga, ijtimoiy siyosatga alohida e’tibor qaratilgan.

Beshinchidan, O‘zbekistonda demokratiyaga o‘ishning ibtidoiy yo‘li – inqilobiy yo‘l emas, balki zamonaviy yo‘l- evolyutsion yo‘li tanlab olingan.

Xullas, Prezident I.A.Karimovning milliy siyosiy fanning vujudga kelishi va rivojlanishidagi xizmatlari beqiyosdir. Uning demokratik taraqqiyotda O‘zbek modelining asoschisi, deb dunyoda tan olinishi bejiz emas.

Mazkur modelning O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyati g‘oyat ulkandir. Bu model demokratik islohotlar siyosatining manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.


SAVOLLAR

1. Davlatning mohiyati haqidagi tasdiqlardan qaysi biri haqiqatga yaqinroq:

a) "davlatning boyligi adolatdir, ya’ni umum foydasiga xizmat qilishdir" (Arastu);

b) "zaif xalq - demak, kuchli davlat, kuchli davlat demak, zaif xalq. Xalqni zaiflashtirish, demakki, davlatning bosh vazifasidir..." (Xitoy faylasufi Shan Yan)?

2. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni va roli buyukdir. Uning siyosiy fan tarixida tutgan o‘rni va rolini qanday baholash mumkin? Javobingizni asoslang.

3. Jadidlarning asarlarida qanday umuminsoniy va milliy g‘oyalar o‘rin olgan?




Aim.uz


Download 26,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish