Fransuz gimnastika tizimi. Fransiyada hukumat tomonidan mamlakatda gimnastika joriy qilish ishlari polkovnik Frantsisko Amorosga (1770-1848) yuklatilgan edi. Frantsisko Amorosga 1817-yilda harbiy gimnastika maktabini tashkil qilgan. Uning «Jismoniy, gimnastika va axloqiy tarbiyaga doir qo’llanma» (1830) kitobi barcha maktablarga joriy etilgan.
«Sokol» gimnastika tizimi. Chexiyada XIX asrning 60-yillarida «Sokol» (Lochin) gimnastika harakati vujudga kelgan. Ular o’z milliy ozodligiga intilib, «Sokol» harakatini yaratdilar. Bu yoshlarning «Sokol» jamiyati tuzilishiga olib kelgan edi. 1871-yilda chexiyada 130 ta «Sokol» jamiyati mavjud bo’lgan. Jamiyatda chex jismoniy tarbiyasining milliy tizimi tarkib topib, ayrim jihatlari nemis gimnastikasiga o’xshagan. Tizimda mashqlarning gavdaga ta’siri emas, balki bajariladigan harakatlarga ko’proq e’tibor berilgan. Keyinchalik gimnastika mashqlarining odam sog’ligiga va uning irodasiga bo’lgan ta’sirini e’tirof etib, kitoblar yozishgan. Lekin ularda o’qitish usullari o'z ifodasini topmagan. Nemis gimnastikasiga nisbatan ancha boy va uslubiy jihatdan ancha mukammal bo’lgan. O’qituvchilar ba’zi mashqlarni o’n martalab takrorlash o’rniga murakkab mashqlar majmuini bajartirish yo’llariga o’tganlar. Chexlar saf mashqlari va kiyimlarga juda katta e’tibor berishgan. Gavda hamda oyoqlarning nozik, aniq va tashqi ko'rinishi go’zal harakatlarigina amalda qo’llanilgan. Gimnastikani juda ham ziynatli qilish uchun har xil buyumlardan: tayoqlar, sharflar, qadimiy qurol turlari nayzalar, qalqonlar va h.k.dan foydalanishgan. Turnik, bruss, konda bajariladigan mashqlar, shuningdek, erkin mashqlar musiqa jo’rligida bajarilib, turli buyumlar yordamida ijro etiladigan mashqlar, piramidalar, akrobatika mashqlari sinchiklab ishlab chiqilgan. Ular quyidagi to’rt guruhga ajratilgan: asboblarsiz bajariladigan mashqlar - erkin mashqlar va h.k.; asboblarda bajariladigan mashqlar - buyumlar bilan va asboblar ustida bajariladigan mashqlar; guruh bo’lib bajariladigan mashqlar - piramidalar, o’yinlar; harbiy mashqlar - qilichbozlik, kurash, mushtlashish mashqlari.
«Sokol» gimnastikasining asosiy muallifi, mashqlarning asosiy texnikasi va usullarini ishlab chiqqan kishi estetika professori Miroslav Tirsh (1832-1884) edi. Shunday qilib, yangi davrda gimnastikaning pedagogik, uslubiyat va tashkiliy asoslari yuzaga kelgan.
Sport o’yinlari tizimi. Sport o'yinlari tizimi gimnastika tizimi qatorida jahondagi juda ko’p mamlakatlarda tashkil topgan. Ularning tashkiliy va uslubiy shakllari o’ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida musobaqalar uchun mo’ljallangan va yaxshi natijalaiga erishishni kozda tutgan mashqlar ifodalangan edi. Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o’yinlarni o’zida mujassamlagan. Shahar va qishloqlarda o’tkaziladigan bayramlarda kurashchilar, mushtlashuvchilar, akrobatlar, qilichbozlar, yugurish va sakrash ustalari, polvonlar o’z mahoratlarini namoyish qilganlar. Shimoliy mamlakatlarda chang’ida va konkida uchish musobaqalari o’tkaziladigan.
Shahar va qishloqlarning aholisi orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o’yini, kriket, kamon va to’pponchadan o’q otish, turli xil ovlar keng rivojlangan. Ko’pgina davlatlarda o’quv yurtlari - universitetlar maktablar, kollejlar tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o’yinlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |