Muhammad Sharif al-Buxoriy (1697 yilda Buxoroda vafot etgan). Bizgacha uning 20 ta asari yetib kelgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligini falsafiy masalalar, xususan mantiq, kalom, ahloq-odob masalalariga bag‘ishlangan. “Xoshiya–i mavlaviy sharif bir sharhi taqzib” (“Mantiq va kalomning tuzatilishi”) asarida mantiqan to‘g‘ri fikrlash shakllari, qonun-qoidalari, argumentlash tartibi va usullarini o‘rganish, kalom mohiyatini tushunib yetish zarurligi asosli ravishda bayon qilinadi.Muallifning ahloq-odob masalalariga bag‘ishlangan “Kitobi favondi hoqoniy” asarida muhim ahloqiy fazilatlarning mazmun-mohiyati tushuntiriladi. Xususan, unda podshohlik qilish uchun zarur hislatlar qatoriga shariat ko‘rsatmalarini yaxshi bilish, davlat hududini bosqinchilardan asrash, adolatli, oqil, nutq va eshitish qobiliyatiga ega bo‘lish va shu kabilar kiritiladi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |