Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Balansida ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari bo’lgan soliq to’lovchilar byudjetga to’lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi: - agar ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini ta‘minlash uchun xarajatlar summasi, hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo’lsa, soliq to’lanmaydi; - agar ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini ta‘minlash uchun xarajatlar summasi, hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo’lsa, byudjetga to’lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |