2. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar
Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilardir.
Yagona soliq to’lovini to’lovchi yuridik shaxslar va notijorat tashkilotlar (ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlaridan tashqari) byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning to’lovchilari bo’lmaydi.
Agar soliq konunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, sof tushum byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob‘ekti va soliq solinadigan bazasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |