- hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda bo’lgan soliq to’lovchilar;
- ilgarigi hisobot davrida ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini saqlash xarajatlari summasi soliq solinadigan baza summasiga teng yoki undan ortiq bo’lgan soliq to’lovchilar;
- yagona soliq to’lovini to’lashga o’tmagan mikrofirmalar va kichik korxonalar.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to’lovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lash mazkur soliq bo’yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.