Янги солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар белгиланишини, имтиёзлар тўлиқ ёки қисман бекор қилинишини, солиқ солинадиган база оширилишини назарда тутувчи солиқ тўғрисидаги қонун ҳужжатлари улар расмий эълон қилинган пайтдан эътиборан камида уч ой



Download 1,33 Mb.
bet109/130
Sana14.07.2021
Hajmi1,33 Mb.
#119119
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi

N

Faoliyat turi


Qat‘iy belgilangan soliqning bir oydagi stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda)


Toshkent shahri


viloyatdagi shaharlar


Tumanlar, shu jumladan qishloq joylari


1.

Chakana savdo:







oziq-ovqat tovarlari bilan

12,0

7,5

4,0




deqqon bozorlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan

7,0

5,5

3,0




nooziq-ovqat tovarlari bilan

13,5

9,0

4,5




oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (turg’un shoxobchalardagi aralash savdo)

13,5

9,0

4,5

2.

Maishiy xizmatlar, 3-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari

7,5

3,0

1,5

3.

Sartaroshlik xizmatlari ko’rsatish, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va boshqa shunga o’xshash xizmatlar

8,5

4,5

3,0

4.

O’z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o’tirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish

4,5

3,5

2,0

5.

Boshqa faoliyat turlari, mol-mulkni ijaraga berishdan tashqari

5,0

3,0

1,5

6.

Avtomobil transportida yuk tashishga oid xizmatlar:













3 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

7,0

5,5

4,0




8 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

12,0

9,5

7,5




8 tonnadan ortiq yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

17,5

13,0

12,0



Takrorlash uchun savollar:


1. Soddlashtirilgan soliqqa tortish tizimining iqtisodiy moxiyati va axamiyati nimalardan iborat?

2. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo’llanishi tartibi qanday ?

3. Yagona soliq to’lovining xuquqiy asoslari qanday ?

4. Yagona soliq to’lovining bazasi qanday belgilanadi?

4. Yagona soliq to’lovining to’lovchilari kimlar va mezonlari?

5. Yagona soliq to’lovi soliq kodeksining qaysi bobi va moddalarida o’z aksini topgan?

6. Yagona soliq to’lovining stavkalari qanday belgilangan?

7. Yagona soliq to’lovi bo’yicha qanday soliq imtiyozlar belgilangan?

8. Yagona soliq to’lovini xisoblashda yalpi tushumga qanday aniqlanadi?

9. Yagona soliq to’lovining xisob kitob muddatlari qanday belgilangan?

10. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishda 2007 yildan qanday tartib qo’llanila boshlandi?
11-mavzu. MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG’IMLAR
Reja
1. Mahalliy soliqlar va ularning mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rni.

2. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i.

3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Tayanch iboralar:

Mahalliy byudjet, yer solig’i, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, yagona yer solig’i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im, joriy to’lov, notijorat tashkilotlar, yuridik shaxs ixtiyoriga qoladigan foyda, tadbirkorlik faoliyati, yonilg’i chaqana realizatsiya qilish, chakana narx, yonilg’i qo’yish shaxobchasi.

1. Mahalliy soliqlar va ularning mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rni.

Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetida muhim tarkibiy qismni tashkil etadi va mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliviy manba bo’lib hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirish uchun avvalo daromadlarga ega bo’lishi kerak. Mahalliy byudjet daromadlarining manbalari tarkibiga mahalliy soliqlar va yig’imlar, umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, subventsiyalar, dotatsiyalar, ssudalar, meros olish, hadya etish bo’yicha umumdavlat mulkiga o’tgan mablag’lar, yuridik, jismoniy va chet el davlatlaridan qaytarilmaydigan mablag’lar, davlat mulkini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar hamda boshqa daromadlar kiradi.

Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunning 18 moddasiga asosan amalga oshiriladi. Shunga muvofiq mahalliy byudjetlar daromadlari o’z daromadlari (mahalliy soliqlar va yig’imlar) va yuqori byudjetdan ajratiladigan ajratmalar (umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotatsiyalar va subventsiyalar) hisobidan shakllanadi.

O’z navbatida mahalliy byudjet daromadlarini tashkil qiluvchi asosiy manba bu mahalliy soliqlar va yig’imlar hisoblanadi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjet daromadlarining qariyib 50-60 foizini tashkil qiladi. Ayrim viloyatlarda mahalliy byudjet daromadlari mahalliy soliqlar va yig’imlar evaziga to’liqligicha qoplanadi.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga binoan hozirgi kunda mahalliy soliqlar va yig’imlar tarkibini quyidagilar tashkil qiladi:

- mol-mulk solig’i;

- er solig’i;

- yagona yer solig’i;

- obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

- jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.

Respublika byudjeti daromadlarini shakllantiruvchi umumdavlat soliqlarini to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar o’z navbatida mahalliy byudjet daromadlarini tashkil qiluvchi mahalliy soliqlar va yig’imlar ham to’lovchilari hisoblanadi.



Mahalliy soliqlar va yig’imlarni yuridik shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq quyidagi turlarini to’lashni amalga oshiradilar:

- mol-mulk solig’i;

- er solig’i;

- yagona yer solig’i;

- obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

- jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.

O’z navbatida jismoniy shaxslar xam mahalliy soliqlar va yig’imlarning qonun xujjatlarida belgilangan quyidagi turlarini to’laydilar:



- mol-mulk solig’i;

- er solig’i;

- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.

Jismoniy shaxslarning soliqlar va yig’imlarni to’lashda yuridik shaxslardan farqli tomoni shundaki, ular to’lashi lozim bo’lgan soliq summasini soliq organlari mansabdor shaxslari hisoblab beradilar, shundan so’ng jismoniy shaxslar soliqlarni to’laydilar. Yuridik shaxslar esa o’zlari soliq summasini hisoblab chiqib, o’zlari to’laydilar.

O’zbekiston Respublikasining 2008 yilga mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlarining prognozi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi 744-sonli qarori bilan belgilangan davlat byudjeti daromadlari parametrida 2008 yilda mahalliy soliqlar va yig’imlar hisobiga jami 765585,3 mln.sum daromad tushishi rejalashtirilgan.

Shundan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisobidan 176008.1 mln.sum, jismoniy shaxslardan benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobidan 151925.7 mln.sum, mol-mulk solig’i hisobidan 203602.6 mln.sum va yer solig’i xisobidan 234048.9 mln.sum tushushi muljallangan.

Bu soliqlar hisobidan davlat byudjetiga tushadigan soliq tushumlari davlat byudjeti jami maqsadli jamg’armalarning 10,8 foizini tashkil etadi.

Mahalliy soliqlar hisobiga shakllnadigan davlat byudjeti daromadlarida mahalliy soliq turlarining ulushi 2008 yil ma‘lumotiga ko’ra quyidagicha:




T/r


Mahalliy soliq turlari


Davlat byudjetiga tushadigan mahalliy soliqlar (mln.sum)


Soliqlarning davlat byudjeti daromadlardagi ulushi (%)



Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i

176008.1

2.5



Jismoniy shaxslardan benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

151925.7

2.1



Mol-mulk solig’i

203602.6

2.9



Yer solig’i

234048.9

3.3

Jami mahalliy soliqlar

765585.3

10.8

Jami byudjet daromadlari

7108257.4

100

Yuqoridagidan ko’rinib turibdiki, mahalliy soliqlar davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishida sezilarli o’rinni egallaydi. Ushbu mablag’lar mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy salohiyatini mustahkamlashda alohida o’rin tutishi ko’rsatadi.



Mahalliy soliqlarni belgilangan miqdorda va muddatda davlat byudjetiga tushushining ta‘minlanishi davlat tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy sohalarga va aholining erkin farovon turmush sharoitlarini yaratish uchun qilinadigan xarajatlarni maqsadli amalga oshishini ta‘minlaydi.
2. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilardir.


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish