Ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlariga sog’liqni saqlash ob‘ektlari, xalq ta‘limi ob‘ektlari va bolalar dam olish oromgohlari kiradi. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta‘minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |