Yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari


 BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘QUV-TARBIYA JARAYONIGA



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana29.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#76690
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

2 BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘QUV-TARBIYA JARAYONIGA 

TATBIQ ETISH SHAKLLARI, METODLARI VA SAMARADORLIGINI 

TA’MINLOVCHI USTUVOR JIHATLAR 

 

2.1. O`qitish mazmuni, sifati va samaradorligida pedagogik texnologiyaning didaktik tahlili 

 

Rivojlangan  davlatlar  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishining  yetakchi  tendentsiyalaridan  biri 



inson faoliyatining hamma sohalarini shuningdek, ta'lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir. 

Ta'limning  axborotlashuvi  axborotlarga  qiziquvchilarning  foydalanishlari  maqsadida 

axborotlarni  to`plash,  qayta  ishlash  va  ularni  tarqatish  maqsadidagi  metod,  jarayon  va  texnik  - 

dastur  vositalarini o`z ichiga oladi. 

Ta'limning axborotlashuvi maqsadi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida 

intellektual  faoliyatni  global  intensifikatsiyasini    ta'minlashdir.                  Bu  oliy  ta'limdagi  ba'zi 

negativ holatlarning ham oldini oladi. 

O`zbekistonda  ta'lim    islohotini  amalga  oshirishning  muhim  sohalaridan  biri  jahonda 

axborot  texnologiyalarining  inson  hayotiga    tobora  keng  kirib    kelayotgani  sharoitida  ta'lim 

sohasining axborotlashuvidir. Jamiyat rivojlanishining industrlashtirish etapidan axborotlashuvga 

o`tishning yo`li yangi axborot texnologiyalaridir.  

Ta'limning  axborotlashuvi  yangi  axborot  texnologiyalarning  quyidagi  imkoniyatlaridan 

samarali  foydalanish imkonini  beradi: 

1)  har bir  individga ta'lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta'lim  tizimi; 

2)  bilish jarayonini tashkil etishni  o`zgartirish; 

3)  ta'limni  axborot-metodik ta'minlashni boshqarishning  samarali tizimini yaratish

4)  ta'lim jarayonida o`quvchilarning bilish  faoliyatini  samarali  tashkil etish; 

5)  kompyuterlarning  o`ziga  xos    xususiyatlaridan  foydalanish,  bular:  bilish    jarayonini  

tashkil  etish  imkoniyati,  ta'lim  jarayoniga    faoliyatli  yondoshuvni  qo`llab-quvvatlash,  ta'lim 

jarayonini individuallashtirish va printsipial yangi bilish  vositalarini tashkil etish

6)  masofaviy  ta'limning  turli  darajalarini  yaratish,  rivojlantirish  va  takomillashtirish. 

Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari bir qancha printsipial yangi didaktik  vazifalarni  

yechishga  yordam  beradi; 

7)  kompyuter  grafikasi  va  kompyuter  modellashtirishi  vositasidan  foydalanish  asosida  

murakkab biologik va texnik tizim ichidan  mikro va makro olamdagi  voqealar va jarayonlarni  

o`rganish; 

8)  katta yoki kichik tezlik bilan o`tadigan real har xil fizik, ximik, biologik va ijtimoiy 

jarayonlarni o`rganishni  qulay masshtab va vaqtda  takdim etish. 




 

24 


Bunda  o`quvchilar  bilimlarni  muntazam  bo`laklar  asosida  va  ularning  o`zlashtirilishini 

nazorat  qilishni  ham  o`zi  ichiga  olgan  tizim  shaklida  o`rganadilar  (ya'ni  kompyuter  darsliklar, 

test  yoki  nazorat  dasturlari,  lug`atlar,  o`quv  materiallari  bazasi,  o`quv  videofilmlari).  Ya'ni 

o`rganilayotgan  ob'ekt,  jarayon  va  hodisalar  modeli  asosida  ko`rilgan  va  ularni  ko`rsatadigan 

o`quv  materiallari tizimli bo`laklarga (modellarga) bo`lib  o`rganiladi  (o`xshash  modellar, o`sha 

holatning  predmeti    vositasi  va  uning  asosida  laboratoriya  praktikumlari,  trenajyorlar,  o`yin 

dasturlari ishlash). 

Ta'limni  axborotlashuvi  muammosini  yechishga  ilmiy  yondoshish  o`quvchilarning 

kompleks  bilim,  ko`nikma  va  malakalar,  shaxsiy  sifatlarni  shakllantirish  orqali  professional 

vazifalarni  samarali  bajarish  va  axborotlar  jamiyatida  o`zini  qulay  sezish  kabi  axborotlashuv 

vazifalarini hal etish eng yakin kunlardagi maqsaddir. 

Shu  maqsadga    muvofiq  ularni    amalga  oshirishning  quyidagi  yo`nalishlarini  ko`rsatish  

mumkin: 

  ta'lim jarayoniga yangi axborot  texnologiyalari (YaAT) qo`llash; 



  ta'lim jarayoni qatnashchilarini kompyuter (axborot) tayyorgarlik darajasini oshirish

  ta'lim  jarayoni,  ilmiy  tadqiqotlar,  tashkiliy  boshqaruvni  qo`llab-quvvatlaydigan 



ta'limdagi axborot texnologiyalarining sistemali integratsiyasi (YaAT bazasida o`quv jarayonini 

tashkil  etish  va  boshqarishni  takomillashtirish,  shuni  ta'minlovchi    ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib 

berish  va boshqalar);    

  birlashgan ma'lumot beruvchi axborot  olamini ko`rish va  rivojlantirish. 



Ko`rsatilgan  yo`nalishlarni  amaliyotga  tatbiq  etish  ta'limni  samarali  rivojlantirish  va 

masofaviy  ta'limni yo`lga qo`yishga keng  imkoniyatlar yaratadi. Oliy o`quv yurtlarida axborot 

va telekommunikatsiya texnologiyalarining  quyidagi  turlarini  ko`rsatish  mumkin: 1.Elektron 

darslik.  2.Multimediya  tizimi.  3.  Ekspert  tizimi.  4.Avtomatik  loyihalash  tizimi.  5.Kutubxona 

elektron katalogi. 6.Materiallar bazasi. 7.Lokal va hisoblash tizimi. 8.Elektron pochta. 9.Ovozli 

elektron  pochta.  10.E'lonlar  elektron  doskasi.  11.Telekonferentsiya  tizimi.  12.Elektron 

tipografiya. 

Ko`rsatilgan  yangi  axborot texnologiyalarining  kamida  yarmi  hozirgi  kunda  oliy  o`quv  

yurtlarida    foydalanilmoqda.  Quyida  biz  masofaviy  ta'lim  tizimida  yangi  axborot 

texnologiyalaridan foyda-lanish tizimi va  vositalarini ko`rsatamiz. 

O`qituvchining eng muhim vazifalaridan biri sinfni boshqarish talabalar xulqini boshqara 

bilishdir.  Chunki  sinfda  bazan  shunday  vaziyatlar  sodir  bo`ladiki,  uni  yechish  o`qituvchi 

mahoratiga  bog`liq.  Sinfni  samarali  boshqarish  ko`nikmasi    talimdagi  eng  muhim  vazifalardan 

biri  bo`lib,  u  izchillikni,  xaqiqatni  himoya  qilish,  botirlik  va  “Sog`lom  fikrni”  talab  qiladi. 

Shuningdek o`qituvchi o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishini  va psixologik 



 

25 


bilimlarga ega  bo`lishini  ham taqozo qiladi. Bu ko`nikma,  xatolarni  anglash  va  uni o`z vaqtida 

bartaraf etish kabi tajribalar davomida shakllanadi. 

Kuzatishlar  shuni  ko`rsatadiki,  ko`pgina  yosh  o`qituvchilar  sinfda  paydo  bo`ladigan 

vaziyatlarni  bartaraf  etishga  qiynaladilar,  sinfni  samarali  boshqara  olmaydilar.  Tajribali 

o`qituvchilar  bu  sohada  malum  bir  muvaffaqiyatlarni  qo`lga  kiritganlar.  Shu  sohadagi  bazi  bir 

takliflarni etiboringizga xavola qilamiz. 

Sinf  xonasida: 

1. 


O`qituvchi  har  doim  talabaning  ishi  va  xulqini  nazorat  qila  olishi  lozim. 

Shuningdek,  o`qituvchi  sinf  xonasidagi  hamma  predmetlar  joyini,  hatto  eshik  uning  stolidan 

qancha uzoqlikda, boshqa narsalar qaerda joylashganligini bilishi lozim. 

2. 


Xonada  foydalanishi  mumkin  bo`lgan  joylar  qulay  va  harakatlar  erkinligiga 

halaqit bermasligi kerak. 

3. 

Talaba o`qituvchining har bir harakatini aniq ko`rishini  taminlash kerak. 



4. 

Sinfda  foydalaniladigan  narsalar  hammasi  joyida  va  foydalanish  uchun  qulay 

holda bo`lishi zarur. 

Talabaning  xulqiga tasir etish: 

1.  O`qituvchi  talabalar  xulqini  qanday  bo`lishi  kerakligi  haqida  namuna  ishlab  chiqadi 

va kaysi holatda o`zini qanday tutish kerakligini ko`rsatib turishi lozim. 

2.  Avvalo  xulqqa  oid  qoidalar  talabalarga  o`rgatilishi,  keyin  nazorat  qilib  borilishi 

lozim. 


3.  Xulq nazoratini muntazam  tashkil qilish lozim. 

4.  Sinfda  paydo  bo`lgan  muammoli  vaziyatlarni  o`qituvchi  mohirona  va  adolatli  hal 

qilsa talabalar xulqida ijobiy sifatlar shakllanadi. 

Amaliy   mashg`ulot: 

“Sinfni  boshqarishga  doir  masalalar  yechish”.  Masala:  “Siz  dars  beradigan  8-sinfda  bir 

nechta tartibsiz o`quvchilar bor. Ular javobga chiqqan o`quvchilar fikrini bo`ladilar, yoki  aytib 

turadilar.  Darsni  yaxshi  o`tishiga  halakit  berdilar.  Maktab  direktori  endigina  oliy  o`quv  yurtini  

bitirib  kelgan  o`qituvchidan:“Siz  ularni  nima  qilasiz?”-  deb  so`radi.  “Sinfdan  chiqarib 

yuboraman”, - dedi  yosh o`qituvchi. 

Savollar: 

1.  O`qituvchi to`g`ri ish qiladimi? 

2.  Siz o`quvchini darsdan chiqarib  yuborishga qanday qaraysiz? 

3.  Bunday hollarda qanday chora ko`rish kerak? Mashg`ulotda sinfni boshqarishga doir 

masalalar  yechiladi yoki rolli o`yinlar o`tkaziladi. 

Hozirgi  zamon  ta'lim  tizimida  masofaviy  o`qitish  ta'limning  qulay  turi  sifatida  kirib 



 

26 


keladi.  Masofaviy  ta'lim  ma'lumot  olishning  shunday  shaklidirki  unda  kunduzgi  va  sirtqi  ta'lim 

bilan  bir  qatorda  ma'lumot  jarayonida  ta'limning  kompyuter  va  telekommunikatsiya 

texnologiyalariga asoslangan  afzal  an'anaviy va innavatsion metod, vosita va  shakllaridan  keng 

foydalaniladi. 

Masofaviy ta'limning tarkibiy qisimlari quydagilar: 

1.  O`qituvchi, o`quvchi va kommunikatsiya. 

2.  Masofaviy  ta'lim  vositasida  o`quvchi  uchun  qulay  bo`lgan  joyda  individual  jadval 

asosida  maxsus  imkoniyatlar,  telefon,  elektron  aloqa  va  boshqa  ta'lim  vositalari  yordamida  bir 

maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo`lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi. 

Masofaviy ta'limda ma'lum maqsad asosida ta'lim sub'ekti va ob'ektining ta'lim vositalari 

yordamidagi  o`zaro    ta'siri  amalga  oshadi.  Ma'lumot  jarayoni  o`ziga  xos    pedagogik  tizim 

elementlarini  o`z  ichiga  oladi,  bular:  ta'lim  maqsadi,  ta'lim  mazmuni,  ta'lim  metodlari  va 

vositalari  ta'limning  tashkiliy  shakllari,  nazorat  qilish,  o`quv-  moddiy,  finans-iqtisodiy, 

normativ-huquqiy asoslar, marketing kabilar.  

Masofaviy  ta'lim  tizimi  insonparvarlik  printsipiga  asoslanadi.  Ya'ni  hech  kim 

kambag`allik, geografik  muammolar  ijtimoiy  himoyalanganlik va  boshqa  sabablar tufayli  bilim 

olish huquqidan mahrum bo`lmasligi lozim. 

Masofaviy  o`qitishda  o`qituvchi  talabaga  o`quv  materialini  “Internet”  tizimi  orqali 

yuboriladi.  Ushbu  kurs  bo`yicha  ta'lim  olishni  istagan  o`quvchilar  veb  saytga  murojaat  qilib, 

nazariy  bilimlarni  oladilar,  amaliy  topshiriqlarni  bajaradilar  va  o`qituvchiga  javobni  elektron 

pochta  (e-mail)  orqali  jo`natadilar.  O`qituvchi  o`quvchi  tomonidan  bajarilgan  topshiriqni 

tekshirib,  javobni  yana  elektron  pochta  orqali  o`quvchiga  yuboradi.  Zarur  bo`lsa  kerakli 

ko`rsatmalar beradi. 

O`quv  jarayonida  o`quvchi  darslikdagi,  elektron  kutubxona  va  elektron  darsliklardan, 

videokonferentsiyalardan foydalanadi. Masofada o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish 

davrida  o`quvchida  mustaqil  fikrlash,  o`z-o`zini  nazorat  qilish  va  boshqarish  qobiliyatlari 

rivojlanadi. 

Masofadan  o`qitishda  o`quvchi  berilgan  dasturni  qanchalik  tez  o`zlashtirsa,  shunchalik 

tez o`qishini tugatadi va o`qitishni tugatganligi to`g`risida sertifikat oldi. 

Masofadan o`qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: 

a) darslik;  

b) audio va vidiodarsliklar

v) veb-saytlar; 

g) elektron kutubxonalar

d) matnlar; 



 

27 


ye) elektron darsliklar. 

Albatta,  foydalanuvchi  ixtiyorida  masofadan  ta'lim  olishda  multimediyali  kompyuter, 

modem  va  telefon  orqali  mavjud  bo`lishi  kerak.  XXI  asrda  masofaviy  ta'lim  eng  istiqbolli 

insonparvar  ta'lim  va  ta'limning  integral  shakli  sifatida  ta'lim  tizimiga  kirib  kelmoqda.  XXI  asr 

ta'lim  jarayoniga  global  texnologiyaning  kirib  kelishi  bilan  ham  xarakterlanadi.  Chunki  bozor 

iqtisodiyoti 

talablari 

o`z-o`zidan 

ta'lim 

jarayonini 

dunyo 

standartlari 



darajasida 

takomillashtirishni  taqozo  etadi.  O`zaro  aloqadorlikga  doir  talablar:  materillar  oqimi,  faktlar 

oqimi, maoliyaviy jarayonlar   

Hozirgi kunda masofadan o`qitish dunyoning ko`pgina rivojlangan mamlakatlarida keng 

tarqalgan  va  qulay  ta'lim  shakli  sifatida  rivojlanmoqda.  Masalan,  Finlandiyaning  Oulu 

universitetida,  Buyuk Britaniyaning London Metropolitan  universitetida, Gollandiyaning  Fontis 

universitetida,  Janubiy  Koreya  respublikasida  masofaviy  o`qitish  texnologiyasi  keng  yo`lga 

qo`yilgan bo`lib, unda talabalar va boshqa soha mutaxassislarining malakasini oshirish sohasida 

samarali qo`llanilib kelinmoqda. 

O`z-o`zidan  ma'lumki,  dunyoga  yuz  tutayotgan  O`zbekiston  uchun  ham  bu  ta'lim  turi 

uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O`zbekiston o`quv yurtlarida ham ba'zi bir islohotlarni 

amalga  oshirish  davr  talabi.    O`qitishdagi  axborot  texnologiyalar  bu  o`qitish  faoliyatida 

qo`llaniladigan  elektron  vositalar  va  ularni  ishlatish  usullari  majmuidir.  Elektron  vositalar 

tarkibiga  apparatli,  dasturli  va  axborotli  komponentlar  kiradi.  Ularni  qullash  ko`rsatmalari 

o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) ta'minotida keltiriladi. 

Masofaviy ta'lim bu o`qitishning insonparvar shakli bo`lib, an'anaviy, yangi pedagogik va 

axborot  texnologiyalaridan  foydalanishga  asoslanadi.  Bunda  texnik  vositalar  o`quv  materialini 

mustaqil  o`zlashtirish,  o`qituvchi  va  o`quvchi  orasidagi  muloqot  uchun  xizmat  qiladi.  Shunga 

ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari 

va sirtqi ta'limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta'lim tizimini 

tashkil  etish  to`g`risida  gapirishga  imkoniyat  beradi.  Masofaviy  ta'lim  tizimi  apparatli,  dasturli 

va  uslubiy  vositalarning  murakkab  kompleksi  bo`lib,  o`z  ichiga  server  va  ishchi  stantsiyalar, 

shaxsiy  kompyuterlar  kommunikatsiya  vositalari,  umum  sistemali  va  tarmoqli  dasturlar 

ta'minotiga,  lokal  va  markazlashgan  bilim  va  axborot  banklarini  boshqaruv  sistemalari, 

o`rgatuvchi  dasturlari  va  shu  dasturlarni  yaratish  uchun  instrumental  vositalariga  ega  bo`lgan 

audio va video texnikalarni oladi.  

Masofaviy  o`qitish  tizimida  kontsulyatatsiyalar  yangi  axborot  texnologiyalar  yordamida 

olib  boriladi:  telefon  elektron  pochta,  video  va  telekonferentsiya,  ko`p  hollarda  telefon  va 

elektron pochtadan foydalaniladi. 

Faol  o`qitish  metodlari  o`qitishning  kontaktli  va  kontaktsiz  davrlarida  qo`llanilishi 




 

28 


mumkin.  Kontaktsiz  davrda  kopyuter  tarmoqlari  (internet) va  audio  –  videokomopter  vositalari 

qo`llaniladi.  Hozirgi  vaqtda  kooperativl  o`qitish  metodlari  rivojlanmoqda  (proektlar  metodi, 

o`quv  firmalar  metodi).  Proektlar  metodi  deb,  o`quvchilarning  birgalikdagi  o`rganish,  ijod  va 

o`yin  faoliyatlari  tushiniladi.  Bu  faoliyat  kompyuter  telekommunikatsiyalari  asosida  tashkil 

etilib, umumiy natijaga qaratilgan umumiy maqsad va metodlarga ega bo`ladi. Proektlar metodi 

bo`yicha  o`qiyotgan  o`quvchi  rejalashtirish  va  amaliy  vazifalarni  bajarish  jarayonida  bilim  va 

ko`nikmalarga  ega  bo`ladi.  Bu  metod  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  AQSHda  vujudga  kelib, 

“bajarish  yo`li  bilan  o`qish”  shiorini  oldinga  surgan  pragmatik  pedagogikaning  nazariy 

kontseptsiyasiga asoslangan. Hozirgi paytda kompyuter tarmoqlarining didaktik imkoniyatlari bu 

yo`nalishni qayta tiklashga imkoniyat yaratadi. 

Internet ta'lim sohasida katta imkoniyatlarga ega. Internet orqali barcha savollarga javob 

topish mumkin. Bundan tashqari veb-saytlarni ko`rish va yaratishdan tortib uning dasturlarigacha 

tekindir.  Elektron  biznesning  va  internet  orqali  biznesning  imkoniyatlari  cheksizdir.Bunday 

aloqalar orqali biznesning imkoniyatlari juda katta tezlik bilan o`sib bormoqda va bunday biznes 

dunyoning eng katta va tez rivojlanib borayotgan industriyalarining biriga aylanib bormoqda. 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish