Yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari


 Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana29.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#76690
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

1.3. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati, 

undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar 

 

Bizga  yaxshi  ma’lumki,  har  bir  nazariya  o‘zining  metodologik  asoslariga  ega  bo‘ladi. 



Ta’lim  texnologiyasi  nazariyasining  ilk  g‘oyalari  ilgari  surilgan  davrlardayoq  mazkur 

nazariyaning  asoslari  ham  yaratila  boshlangan.  Ta’lim  texnologiyasi  nazariyasining  umumiy 

asoslarini  uning  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari,  tamoyillari,  ob’ektiv  (tashqi)  hamda  sub’ektiv 

(ichki) omillari, ob’ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi. 

Ta’lim  texnologiyasi  nazariyasining  umumiy  asoslari  mohiyati  xususida  so‘z  yuritish 

uchun «ta’lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi. 

«Texnologiya»  yunoncha  so‘z  bo‘lib,  «techne»-mahorat,  san’at  hamda  «logos»-

tushuncha, ta’limot so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi 

esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha «an educational technology») ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak 

mahorat,  san’at  darajasida  tashkil  etish  borasida  ma’lumotlar  beruvchi  fan  (yoki  ta’limot) 

ma’nosini anglatadi. 

Alohida qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-

g‘oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. 

Yuqorida  qayd  etilgandek,  pedagogik  texnologiya  nazariyasi  o‘tgan  asrning  ikkinchi 

yarmidan  boshlab  asoslanib  kelinayotgan  bo‘lsada,  aynan  «pedagogik  texnologiya» 

tushunchasiga  nisbatan  turlicha  yondoshuvlar  mavjud.  Xususan,  pedagog  olim  V.P.Bespalko 

pedagogik  texnologiyani  «amaliyotga  tadbiq  qilinadigan  muayyan  pedagogik  tizim  loyihasi» 

deya  ta’riflaydi  hamda  asosiy  diqqatni  o‘quv-pedagogik  jarayonni  oldindan  loyihalashga 

qaratadi. So‘nggi o‘n yil davomida nutqimizda «pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik 

texnologiya»,  «o‘qitish  texnologiyasi»  kabi  tushunchalar  keng  qo‘llanmoqda.  Aksariyat 




 

16 


pedagoglar «ta’lim texnologiyasi» hamda «pedagogik texnologiya» tushunchalari mazmunan bir 

ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondoshuv u qadar to‘g‘ri 

emas hamda bu borada yagona to‘xtamga kelish muhimdir. 

Yuqorida  qayd  etib  o‘tilganidek,  ta’lim  jarayonini  texnologiyalashtirish  g‘oyasi  G‘arbiy 

Yevropa  hamda  AQShda  yaratilgan  edi.  Bizga  ma’lumki,  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlari  va 

AQShda  «Pedagogika»  fani  mavjud  emas,  shu  bois  «pedagogik  faoliyat»,  «pedagogik  tizim», 

shuningdek, ularga bog‘liq ravishda yuzaga keluvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasi ham 

iste’molda yo‘q.  

Nomlari  qayd  etilgan  mamlakatlarda  shaxsga  ilmiy  bilimlarni  berish  jarayoni  «ta’lim 

jarayoni»  sifatida  nomlanadi,  shaxsga  bilimlar  berish,  uning  ma’lumotini  oshirish,  ta’lim 

samaradorligini  ta’minlashga  xizmat  qiluvchi  fanlar  majmui  «Metodika»  deb  yuritiladi. 

Metodika  fanlarini  o‘qitishda  asosiy  e’tibor  ta’lim  sifatini  yaxshilash,  uning  samaradorligini 

ta’minlashga qaratiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida 

o‘qitilib kelinayotgan «Pedagogika» fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini 

ta’minlashga  yo‘naltirilgan  ta’limiy  hamda  tarbiyaviy  faoliyatni    tashkil  etish  jarayonining 

mazmunidan  iboratdir.  Ya’ni,  shaxsning  yetuk  kamoloti  ikki  muhim  faoliyat-ta’limiy  va 

tarbiyaviy  faoliyat  jarayonining  samarasi  natijasi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Ayni  o‘rinda 

«pedagogik  texnologiya»  hamda  «metodika»  tushunchalarining  tavsifi,  o‘ziga  xos  jihatlarini 

yoritish maqsadga muvofiqdir.  

Rivojlangan  mamlakatlar  ta’lim  tizimida  shaxs  ijtimoiylashuvini  ta’minlovchi  yetakchi 

omil  sifatida  ta’lim  jarayoni  e’tirof  etilsa,  biz  shaxsning  shakllanishida  ta’lim  hamda  tarbiya 

jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni 

bu borada ustuvor bo‘lishi lozim, chunki o‘zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina 

ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishni 

ta’minlaydi,  axloqli  insongina  ta’lim  (bilim)ni  qadrlay  oladi,  zero,  axloqning  asosiy 

kategoriyalaridan  biri  ham  bilimlilik  sanaladi,  degan  g‘oyani  ilgari  suramiz.  Shunday  ekan,  bu 

o‘rinda  «pedagogik  texnologiya»  tushunchasining  qo‘llanilishi,  shuningdek,  asosiy  e’tiborni 

faqat  ta’lim  jarayonini  samarali  tashkil  etishgagina  qaratmay,  balki  ham  ta’lim,  ham  tarbiya 

jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozimdir. 

O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan 

farqli  o‘laroq,  ta’lim  texnologiyasi  o‘quvchilar  faoliyatiga  nisbatan  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  u 

o‘quvchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, 

o‘quv  materiallarini  mustaqil    o‘zlashtirishlari  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratishga  xizmat 

qiladi.  



 

17 


Xalq  xo‘jaligining  moddiy  ishlab  chiqarishga  asoslangan  sohalarida  qo‘llanilayotgan 

texnologiyalar mohiyatini  o‘rganish hamda muammo doirasida nashr etilgan risolalar mazmuni 

bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to‘g‘risidagi 

fan  ekanligini  e’tirof  etish  imkonini  berdi.  Bizga  yaxshi  ma’lumki,  tarbiya  jarayoni  uzoq 

muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega.  

Garchi  zamonaviy  ta’lim  texnologiyasi  o‘quvchining  ta’lim  jarayonidagi  yetakchilik 

rolini yoqlayotgan bo‘lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. 

Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining 

yordamiga  ehtiyoj  sezadi.  Shu  bois  tarbiya  texnologiyasi  ham  mantiqiy,  ham  tarkibiy  jihatdan 

ta’lim texnologiyasidan farq qiladi. 

Tarbiya  jarayonining  mohiyati,  qonuniyatlari  hamda  o‘ziga  xos  jihatlari  xususidagi 

mavjud  nazariy  va  amaliy  g‘oyalarga,  pedagogik  bilimlarga  tayangan  holda  tarbiya 

texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik: 

1) tarbiya jarayonining umumiy loyihasi; 

2) tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag‘bat); 

3) tarbiya maqsadi; 

4) tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar); 

5) o‘qituvchi (tarbiyachi) faoliyati; 

6) o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati; 

7) tarbiya samarasi (natija). 

Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: 

1.  Pedagogik  texnologiya  pedagogik  jarayonnni  takomillashtirish,  opedagogik 

texnologiyaimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 

2.  Pedagogik  texnologiya  didaktik  hamda  tarbiyaviy  xarakterdagi,  shuningdek,  ta’lim-

tarbiya  jarayonini  samarali,  mahoratli  tarzda  tashkil  etish  borasidagi  nazariy  hamda  amaliy 

bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi. 

3.  Pedagogik  texnologiya  ta’lim-tarbiya  jarayonining  umumiy  mohiyatini  aks  ettiruvchi 

yaxlit jarayondir.  

4.  Pedagogik  texnologiya  yo‘naltiruvchanlik  vazifasini  bajaradi,  ya’ni,  u  shaxsni 

rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 

5. Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan texnologiyalarni 

ta’lim-tarbiya  jarayonida  qo‘llashga  nisbatan  yagona,  qat’iy,  me’yoriy  (standart)  talablar 

qo‘yilmaydi.  Har  bir  pedagog  u  faoliyat  olib  yuritayotgan  ta’lim-tarbiya  muhitining 

xususiyatlari,  mavjud  ichki  va  tashqi  shart-sharoitlarini  inobatga  olgan  holda  muayyan 

texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 



 

18 


6.  Pedagogik  texnologiya  o‘zida ta’lim,  tarbiya  va  shaxs  taraqqiyoti (kamoloti)  birligini 

ifoda etadi. 

Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor 

bo‘lgan 


pedagogik 

jarayonni 

takomillashtirish, 

insonparvarlashtirish, 

o‘quvchining 

mustaqilligini  ta’minlash,  o‘qitish  jarayonida  texnik  vositalar  imkoniyatlaridan  samarali 

foydalanishga erishishdan iborat. 

Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga bog‘liq: 

1. Mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish. 

2.  O‘quvchi  (tarbiyalanuvchi)larning  yosh,  fiziologik,  psixologik  hamda  shaxsiy 

xususiyatlarini hisobga olish. 

3. Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish. 

4. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini ob’ektiv nazorat qilish va baholash. 

5.  Xususiy  fanlarni  o‘qitish  jarayonida  imkon  qadar,  albatta,  samarali  ravishda  texnik 

vositalar imkoniyatidan keng foydalanish. 

Pedagogik  texnologiyaning  nazariy  asoslari  umumpedagogik,  xususiy-metodik  hamda 

lokal  (modul)  bilimlarga  asoslanadi.  Shu  bois  pedagogik  xodimlar,  shuningdek,  bo‘lg‘usi 

o‘qituvchilar  o‘z  faoliyatlarida  pedagogik  texnologiyadan  foydalanishni  o‘z  oldilariga  maqsad 

qilib qo‘ygan bo‘lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o‘zlashtira olishlari lozim. Zero, 

pedagogik  texnologiya  puxta  o‘zlashtirilgan  pedagogik  bilimlarga  tayanilgan  holda  tashkil 

etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir. 

Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanalib, ta’lim 

texnologiyalarini  yaratish  muammolari  bo‘yicha  olib  boriladigan  umumiy  va  amaliy 

tadqiqotlarga  keng  yo‘l  bergan  holda  ushbu  nazariya  mohiyatini  to‘laqonli  ochib  beruvchi 

terminalogiyani  shakllantirishni  taqozo  etadi.  Bugungi  kunda  nazariy  va  amaliy  jihatdan  puxta 

asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, umumiy 

nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, ayrim muammolarni hal etish mumkin emas. 

Pedagogik  texnologiya  nazariyasi  va  uni  ta’lim  jarayonida  qo‘llash  muammolariga 

bag‘ishlangan  zamonaviy  tadqiqotlar  mazkur  nazariyaning  ta’lim  rivojini  ta’minlashdagi 

ahamiyatini  chuqur  anglab  yetish,  uning  imkoniyatlarini  aniqlash  va  keng  ko‘lamli  axborot  

maydonini egallashga yordam beradi. 

Texno-pedagogik  mazmunda  e’lon  qilinayotgan  ilmiy  ishlar  sonining  tobora  ortib 

borayotganiga  qaramay,  mavjud  muammolar  yetarli  darajada  tadqiq  etilmagan.  Pedagogik 

texnologiyaning  nazariy-metodologik  asoslarini  yaratish,  unga  ilmiy  fan  maqomini  berish 

zaruriyatini asoslash borasida bildirilgan taklifga hanuz tavsiya yoki istak shaklida qaralmoqda. 

Ta’lim  nazariyasi  va  amaliyotida  pedagogik  texnologiyalarni  tadqiq  etish  ishi  fanlararo 




 

19 


(pedagogika,  psixologiya,  metodologiya,  pedagogik  metodologiya,  falsafa,  sotsiologiya  va 

boshqa fanlar) aloqadorlik va bog‘liqlik asosida yondashuvni talab etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan fan 

yo‘nalishlarining har birida ta’lim texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani 

ta’lim  jarayoniga  tadbiq  etishda  alohida  o‘rin  tutuvchi  qulay  shart-sharoitlari  bir  qadar  to‘liq 

tahlil qilingan. 

Pedagogik  texnologiyalarning  mohiyati,  ularni  ta’lim  jarayonida  qo‘llash  mexanizmini 

ta’lim  falsafasi  va  sotsiologiyasi  kontekstidan  tashqarida  ko‘rib  chiqish  mumkin  emas.  Zero, 

mazkur  fanlar  ta’limning  jamiyat  hayotidagi  o‘rni  va  roli,  shuningdek,  ijtimoiy  vazifalarini  har 

tomonlama tahlil etadi, ta’lim metodologiyasi muammolarining chegarasini ko‘rsatib beradi. 

Ta’lim  sohasi  asosida  inson  hamda  uning  faoliyati  turgan  mustaqil  ijtimoiy  institutdir. 

Shu  bois  umumiy  metodologiyaning  barcha  unsurlari  texnikashunoslik  metodologiyasining 

tizimli, 

faoliyatli 

va 


kompleks 

yondashuvi 

hamda 

xususiyatlari, 



ya’ni,  umumiy 

metodologiyaning  unsurlariga  tayanmog‘i  lozim.  Shu  bilan  birga  pedagogik  texnologiya 

pedagogik jarayonning amal qilish shakllaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.  

Binobarin,  pedagogik  texnologiya  muammolarini  tadqiq  qilishning  metodologik  plani 

pedagogika  nazariyasi  metodologiyasi  bilan  to‘ldirilishi  kerak.  Texno-pedagogik  fenomen 

(hodisa)ni  tadqiq  etish  metodologiyasini  ishlab  chiqish  ilgari  surilgan  ilmiy  tadqiqot 

muammosini hal etish doirasida g‘oyatda dolzarb vazifa hisoblanadi. 

Pedagogik texnologiya nazariyasiga oid muammoli vaziyatni tahlil qilish jarayonida shu 

narsa  ma’lum  bo‘ladiki,  muammoli vaziyat  qisqa  tavsif orqali  ifoda  etiladi.  Ushbu  holat  tadqiq 

etilayotgan  muammoning  xususiyatlarini  aniqlash  va  kengaytirilgan  hamda  mantiqan  bir-biriga 

zid kelmaydigan predmetli blokni shakllantirishga asosli o‘tish imkonini beradi.  

Pedagogik  texnologiyaning  metodologik  asoslari  umumiy  metodologiyaning  asosiy 

tamoyillari tizimida yangi hodisa sifatida uni dialektik mantiq va bilish nazariyasining kategoriya 

va tamoyillari tizimidagi evristik imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi. Tamoyillar tizimi nazariy 

metodologik  bazis  sifatida  namoyon  bo‘lib,  mazkur  bazis  asosida  pedagogik  texnologiyaning 

konsepedagogik texnologiyaual modelini qurish imkoniyatlari aniqlanadi.  

Ta’lim majmuining konsepedagogik texnologiyaual tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish 

imkonini beradi: 

- har qanday texnologiya negizida mehnat faoliyati ko‘rinishidagi o‘zaro jamoaviy ta’sir 

yotadi. Texnologiya mehnat jarayonining o‘ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga oshirilish 

shaklidan  qat’iy  nazar,  asosiy  maqsad  umumiy  jarayon  operatsiyalarining  tavsifi,  predmeti, 

vositalari  va  yakuniy  natija  bilan  belgilanadi.  Binobarin,  pedagogik  texnologiyaning  pedagogik 

jarayonni  amalga  oishirish  shakli  sifatidagi  mohiyati  pedagogik  faoliyat  sohasida  namoyon 

bo‘ladi: 




 

20 


- insonning ongi jamoaviy o‘zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-

qarshiligini ifoda etib, o‘zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra ongni qayta 

shakllantirish  qonuniyatlarini  ijtimoiy  texnologiyadan,  ushbu  qonuniyatlarini  joriy  etishning 

asosiy  shakllarini  pedagogik  texnologiyaga  asoslangan  pedagogik  amaliyotdan  izlash  taqozo 

etiladi; 

-  pedagogik  texnologiya  ijtimoiy  texnologiyadan ajralib  chiqib,  o‘z  taraqqiyotida shartli 

jamoaviy  repetitsiyaviy  (mashqlantiruvchi)  refleks  bosqichini  bosib  o‘tgan  holda,  asosiy 

texnologik  o‘zaro  ta’sirlarini  maqsadga  muvofiq  tarzda  takrorlovchi  harakat  va  operatsiyalar 

tizimiga  ajratadi.  Bundan  kuzatilgan  maqsad  ijtimoiy  ongni  mustaqkamlash  va  to‘plangan 

tajribani  yangi  avlodlarga  yetkazishdan  iborat  bo‘lib,  uning  predmeti  esa  ideallashtirilgan 

tavsifga ega; 

-  pedagogik  texnologiya  mohiyatining  umumiy  jihatlari,  shakl  va  mazmuni,  qarama-

qarshiliklar  tizimi,  miqdoriy  va  sifat  o‘zgarishlari  dialektikasi,  qurilishi,  amal  qilishi  va 

rivojlanishining  umumiy  qonun  va  qonuniyatlari  texnologiyaning  umumfalsafiy  konsepsiyasi 

doirasida  muvaffaqiyatli  ravishda  ko‘rib  chiqilishi  mumkin.  Uning  harakat  mantiqi  moddiy 

ishlab chiqarish sohasidagi yuqorida ko‘rib chiqilgan qonuniyatlar (ob’ektiv texnologiya), uning 

dialektik  qarama-qarshi  jihati  bo‘lgan  –  ma’naviy  ishlab  chiqarish,  shuningdek,  ta’lim  sohasi 

qonuniyatlarini ko‘chirish jarayonini aks ettirishdan iborat; 

- pedagogik texnologiya nazariy negizga ega, zero, asl texnologiya o‘zining mustahkam 

ilmiy-nazariy  poydevoriga  asoslanadi.  Pedagogik  texnologiya  nazariyasining  mazmuni  va 

tarkibiy  tuzilmasini  shakllantirish  jarayoni  har  qanday  fanning  shakllanishida  muhim  o‘rin 

tutuvchi  asosiy  qonuniyatlarga  bo‘ysunadi.  Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  sohasi  rivojlangan  sayin 

e’tibor umumnazariy unsurlarning sintez etilishiga qaratiladi; 

-  pedagogik  texnologiya  nazariyasining  yaratilish  va  rivojlanish  mantiqi  asosiy 

bosqichlarda  umumiy  texnologik  nazariyaning  shakllanishini  aks  ettiruvchi  holat  sifatida 

namoyon  bo‘ladi.  Mazkur  holat  asosi  fikrlash  jarayonining  eng  muhim  shakli  sifatida  xulosa 

chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi; 

-  pedagogik  texnologiya  nazariyasining  yaratilishi  uchun  «g‘isht  qo‘yishning»  asosiy 

davri pedagogik texnologiyaning boshlang‘ich «hujayrasi»ni ifoda etuvchi pedagogik jarayonda 

texnologik  besh  jihatning  mohiyatini  ochishga  yordam  beruvchi,  o‘ziga  xos  tushuncha  va 

kategriyalar  tizimini  aks  ettiruvchi  texnologik  o‘zgarish,  texnologik  vosita  hamda  texno-

pedagogik o‘zaro ta’sir bilan bog‘liqdir.  

Yuqorida  bayon  etilgan  xulosalardan  pedagogik  texnologiyani  rivojlantirishning 

boshlang‘ich  shart-sharoitlari  (texno-pedagogik  fenomenni  rivojlantirishning  zaruriy  shart-

sharoitlari  va  poydevori  bo‘lgan  dastlabki  unsurlar  yoki  boshlang‘ich  shakllari),  pedagogik 



 

21 


texnologiya nazariyasini  taraqqiy  ettirishning asosiy  bosqichlari va  asosiy  an’analarini  xususiy-

ilmiy  jihatdan  aniqlashga  yo‘naltirilgan  pedagogik  texnologiya  genezisi  ham  tasdiqlaydi. 

Moddiy  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  qaror  topedagogik  texnologiyairish  va  rivojlantirish 

jarayonidagi  asosiy  bosqichlarni  aniqlash,  shuningdek,  pedagogik  texnologiya  nazariyasining 

kelib  chiqishini  asoslash  maqsadida    pedagog,  psixolog,  faylasuf,  iqtisodchi  ham  metodolog 

olimlar  tomonidan  olib  borilayotgan  ishlar  yuzasidan  o‘tkazilgan  tahlil  natijalari  quyidagi 

xulosalarni chiqarish imkonini beradi: 

-  odamning  tabiatga  ko‘rsatuvchi  ta’siri  jamoaviy,  maqsadga  muvofiq  va  texnologik 

o‘zaro  ta’sir  sifatida  maydonga  chiqadi.  Ushbu  holat  texnologik  vosita  tuzilmasidagi  sababiy 

bog‘lanishlarni  umumiy  jarayonda  mazkur  vosita  bajaradigan  texnologik  vazifa  asosida 

tushuntiriladi.  Mavjud  determinatsiya  (sababiy  bog‘lanishlarni  aniqlash)  texnologik  vositani 

texnologik  harakatning  mustasnosiz  barcha  bosqichlarida  rivojlanishini  ta’minlovchi  ob’ektiv 

qonun sifatida namoyon ettiradi; 

-  har  qanday  mehnat  o‘zaro  uzviy  bog‘langan  unsurlar:  fiziologik,  ishlab  chiqarish  va 

mohiyatan  texnologik  sanaluvchi  unsurlar  majmuasini  ifoda  etadi.  Moddiy  ishlab  chiqarish 

texnologiyasida  bu  unsurlar  manufaktur  ishlab  chiqarish  jarayoniga  qadar  alohida  mustaqil 

qismlarga bo‘lib chiqadi. Bu yerda hunarmandchilik faoliyati texnikaviy bazisi, alohida olingan 

ishchining hunarmandchilik san’ati esa ishlab chiqarishning texnologik asosi sanaladi. Shu bois 

bunday  ishlab  chiqarishning  keyingi  taraqqiyotida  tabiiy  va  ijtimoiy  to‘siqlar  bilan 

chegaralanadi; 

-  moddiy  ishlab  chiqarish  jarayonida  mehnatning  texnologik  unsurini  ajratish 

manufaktura  rivojlanishi  nihoyasiga  yetgan  bosqichda  amalga  oshiriladi  va  ishlab  chiqarish 

jarayonining ayrim elementar operatsiyalari yakuniga yetgach namoyon bo‘ladi. Alohida ishchi 

tomonidan epchillik, iqtisod qilish va ichki ishonch asosida muayyan miqdordagi mahsulotni ish 

vaqti  birligida  tayyorlash  texnologik  inqilobni  ta’minlash  uchun  ob’ektiv  zamin  yaratadigan 

texnologik qonun bo‘lib qoladi; 

-  texnologik  inqilob  mohiyati  texnologik  vazifaning  inson  zimmasidan  soqit  etib, 

texnologik  vosita  zimmasiga  o‘tishi  bilan  asoslanadi.  Ishlab  chiqarishning  barcha  jarayonlarini 

yo‘lga qo‘yish hamda insonning ushbu jarayondagi bevosita ishtiroki uchun sarflanadigan vaqt 

o‘rtasidagi  farq  o‘tish  davrining  o‘lchovi  ko‘rsatgichi  hisoblanadi.  Ayni  paytda  texnologik 

harakatni tashkil etish bo‘yicha hunarmandchilik san’ati o‘z o‘rnini fanga bo‘shatib beradi. Qayd 

etilgan o‘tish davri texnikaviy jarayonning bosh yo‘li sifatida maydonga chiqadigan va xususiy 

texnik-texnologik    fenomenlarning  ichki  qonuniyatlarida  o‘z  aksiga  ega  bo‘lgan  texnologik 

vosita  zimmasiga  inson  tomonidan  bajarilayotgan  texnologik  vazifani  topshirilish  qonuni  bilan 

bog‘liqdir; 



 

22 


-  moddiy  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  pedagogik  texnologiyaning  paydo  bo‘lishi  va 

rivojlanishining boshlang‘ich shart-sharoitlari sifatida namoyon bo‘ladi. Tarixiy kurtak sifatida u 

bioijtimoiy  texnologiya  tarzida  namoyon  bo‘ldi.  Pedagogik  texnologiya  ontologik,  ijtimoiy-

iqtisodiy,  shuningdek,  yaratish,  amalga  oshirish  va  rivojlantirishga  asoslanuvchi  ilmiy-nazariy 

qonunlar, ijtimoiy qonun va mustaqil ravishda mavjud bo‘lish shart-sharoitlari sifatida aks etadi. 

Texnologik  o‘zaro  ta’sir,  ta’limning  texnologik  vositalari  va  ular  yordamida  tashkil 

etiluvchi  pedagogik  jarayonning  bevositalik  darajasi  (texnologiyalashtirish)  borasidagi  tasavvur 

asosida qisqa ontologik-sotsiologik tahlil o‘tkazildi. 

Tahlil  jarayonida  shu  narsa  ma’lum  bo‘ldiki,  ishlab  chiqarishning  yuqori  texnologik, 

ilmiy va dinamik jarayonining rivojlanishidagi ob’ektiv an’analar pedagogik jarayonni bir guruh 

o‘qituvchilarning  pedagogik  mahoratiga  asoslangan  ta’lim  texnologiyasidan  ko‘p  sonli 

pedagoglarning  kasb  mahorati  va  faoliyatining  mazmuniga  asoslangan  ta’lim  texnologiyasiga 

o‘tkazish  zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda.  

Ushbu  pedagogik  jarayonda  aksent  (urg‘u)ning  murakkab  kooperatsiya  darajasidagi 

hissiy  bilishdan  mantiqiy  bilishga  tomon  siljishi,  sub’ekt-ob’ekt  munosabatlaridan  sub’ekt-

sub’ekt munosabatlariga o‘tish va pedagogik jarayonda ta’limning xilma-xil texnika vositalarini 

keng qo‘llashga erishish bilan bog‘liqdir. 

Pedagogik  texnologiya  nazariyasining  mazmuni  va  tarkibiy  tuzilmasi  (tuzilishi)  ko‘rib 

chiqilayotgan  muammolar  majmuida  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  Manbalarda  bu  tushuncha 

quyidagicha  sharhlanadi:  «Nazariya  (grekcha  theoreo  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  theoria  -  qarab 

chiqaman,  tadqiq  etaman)  keng  ma’noda  –  ma’lum  hodisaning  mohiyatini  yoritish  va 

tushuntirishga  yo‘naltirilgan  qarashlar,  tasavvurlar,  g‘oyalar  majmui;  nisbatan  tor  va  maxsus 

ma’noda  esa  –  qayd  etilayotgan  nazariya  ob’ekti  bo‘lgan  faoliyat  qonuniyatlari  va  mavjud 

aloqalari  to‘g‘risidagi  to‘laqonli  tasavvurni  bera  oluvchi  ilmiy  bilimlarning  eng  yuqori,  eng 

taraqqiy etgan tashkiliy shakli».  

Pedagogik texnologiya mohiyatini anglab olish uning tarkibiy tuzilmasi, vazifasi, nazariy 

tuzilmalarini ko‘rib chiqish hamda bir guruh tayanch tushuncha va kategoriyalarning mazmunini 

tushunishga  imkon  beradi.  Demak,  pedagogik  texnologiya  nazariyasi  deduktiv-xulosaviy 

tavsifga  ega  va  uning  mohiyatini  ishonarli,  aniq  ifoda  etuvchi  ilmiy  nazariya  sifatida  namoyon 

bo‘ladi 


 

 



 

23 



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish