85
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
burasang pastga tushadi”, deb o‘rgatibdi. Bola safarga jo‘nabdi. Bir necha kun yo‘l
yurib, cho‘l-u sahrolardan oshib, bir kichkina qishloqqa yetib boribdi. Otining chap
qulog‘ini
burab
yerga
tushib,
qishloqqa
kiribdi.
Bu qishloqning chekkasida bir kampir yashar ekan. U shu qishloqdagi bir katta
hovuzga qorovul ekan. Rafiq kampir oldiga borib salom beribdi. Kampir bolaning
salomiga alik olib: “Ey, bolam, bu joylarda qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i
kuyadi. Sen nima qilib yuribsan?” debdi. Rafiq dadillik bilan kelishining sababini
kampirga gapirib beribdi. Kampir voqeani bilgandan keyin Rafiqqa yordam qilmoqchi
bo‘lib, maslahat beribdi:
— O‘g‘lim, bugun mana bu hovuzga bir qancha qizlar kelib cho‘milishadi. Sening
sevganing shu qizlar orasida bo‘lsa kerak. Sen yaxshilab qara, agar o‘sha qiz bo‘lsa,
ular suvdan chiqquncha sekin bildirmay ko‘ylagini olib ket. Qiz suvdan chiqqandan
keyin ko‘ylagini topa olmay shu hovuz yonida qolishga majbur bo‘ladi, — debdi.
Rafiq hovuz yonidagi bir daraxt tagida poylab o‘tiribdi. Azon vaqtida bir qancha
kaptarlar uchib kelib, bir dumalab qizga aylanibdi-da, suvga tushib cho‘mila
boshlashibdi. Rafiq qarasa, o‘sha tushida ko‘rgan qizlar emish. Qizlar orasida sevgan
qizi ham bor. Sekin borib qizning ko‘ylagini olmoqchi bo‘lib turganda, qiz sezib qolib,
suvdan yugurib chiqibdi-da, yigitni bir shapaloq urib, kaptar bo‘lib uchib ketibdi.
Uning orqasidan qolgan qizlar ham bir yumalab kaptar bo‘lib uchib ketibdi. Rafiq
kampir oldiga kelib voqeani aytib, kampirdan ularning yashaydigan makonlarini
so‘rabdi.
Kampir: “Ularning makoni tog‘ning kun chiqish tomonida”, debdi. Rafiq yana
yog‘och otiga minib safarga jo‘nabdi. Bir necha kun yo‘l yurib, kampir aytgan tog‘ga
yetib boribdi. Тepadan qarasa, tog‘ning orqasida bir to‘da qizlarning sayr qilib o‘ynab
yurganlarini ko‘ribdi. Qizlarning har qaysisi yulduz kabi porlab turgandek ko‘rinibdi.
Rafiq otining chap qulog‘ini burab pastga tushibdi. Qizlar ichida o‘z sevganini ko‘rib,
otini bir yerga yashirib qo‘yibdi-da, bir chekkaga borib poylab o‘tiribdi. Birozdan
keyin qizlar o‘ynab yurib charchab, hammasi bir maysa joyda yotib uxlab qolishibdi.
Rafiq sekin borib qizning qo‘lidagi uzugini olib, o‘zining uzugini taqib, qaytib joyiga
o‘tiribdi. Qiz uyg‘onib qarasa, qo‘lidagi uzugi o‘ziniki emas. Hayron bo‘libdi, lekin bu
sirni hech kimga aytmabdi. Qizlarga bildirmasdan, uzukning egasini qidiribdi. Qiz
yurib-yurib Rafiq o‘tirgan daraxt tagiga borib qolibdi. Rafiqni ko‘rib:
— Ey, yigit, bu yerlarda nima qilib yuribsiz? Agar otam bilib qolsa, sizni mayda-
mayda qilib tashlaydi, — debdi.
Do'stlaringiz bilan baham: