Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(3)-son



Download 5,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/91
Sana11.06.2022
Hajmi5,05 Kb.
#656556
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Bog'liq
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON

kelgan bo‘lsa, 
kelayotgan bo‘lsa, kelsa
formasining uchalasida ham harakatning bajarilganligi, 
bajarilayotgani yoki endi bajarilishini so‘zlovchi bilmaydi. Harakatning bajarilishi 
so‘zlovchiga ma’lum bo‘lsa, u holda shart ma’nosini ifodalovchi forma 
qo‘llanilmaydi” [3, B 346]. Shart maylidagi fe’l shart ma’nosini ifodalab kelganda bu 
ma’no shart maydonida yadro ma’no sifatida e’tirof etiladi. 
Eshikdan mehmon kirib kelsa, quvonib ketardi.(S.Ahmad.) 
Ushbu gapda uchinchi shaxsning quvonib ketishi eshikdan (ko‘chadan) kirib 
kelgan mehmon bilan bog‘lanadi. Demak, mehmonning kelish yoki kelmasligi sharti 
uchinchi shaxsning quvonishi yoki quvonmaslik holatini yuzaga chiqaradi. Shart 
munosabati ushbu gapda 
–sa
affiksli fe’l yordamida ifodalanadi. Bundan tashqari, gap 
mazmunidan payt hamda harakatdan keyingi natija ma’nosini ham ko‘rish mumkin. 
Ya’ni, uchinchi shaxs eshikdan mehmon kirib kelgan vaqtda quvonadi. Mazkur holatda 
shart maydoni temporallik maydoni bilan munosabatga kirishadi. Shu bilan birga 
harakatdan keyingi natija (quvonish harakati) ham gap mazmunidan seziladi: eshikdan 
mehmon kirib keladi, natijada uchinchi shaxs quvonadi. 
Saidaxon bir narsani ahd qilsa, oxiriga yetkazmay qo‘ymasdi. (S.Ahmad.) 
-sa
qo‘shimchasi yordamida shart munosabati ko‘rinayotgan ushbu to‘ldiruvchi 
ergash gapli qo‘shma gap ham shart maydonida o‘z o‘rniga ega. Saidaxonning biror 
ishni oxiriga yetkazishi uchun shu ishga kirishishga ahd qilishi gap mazmunidagi 
shartni ifodalaydi.


117 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON 
2022-YIL 28-APREL 
Ma’lumki, shart mayli qo‘shimchasi 
ham
yuklamasi bilan birgalikda kelib gap 
mazmunidagi to‘siqsizlikni ifodalaydi. Ba’zan bu ifoda ishtirok etgan gaplar markaziy 
sema sifatida shart ma’nosiga ega bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rish mumkinki, shart ma’nosi o‘zaro boshqa 
munosabatlar bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi. Jumladan, shart va payt munosabati, 
shart va natija... 
To‘siqsizlik ma’nosini ifodalashda shart maylining ahamiyati katta. Demak, 
“fe’lning shart mayli boshqa biror harakat, voqea-hodisaning bajarilishi uchun shart, 
vosita bo‘ladigan istalgan, faraz, mo‘ljal qilingan harakatni bildiradi.”[2, B. 330] 
Fe’lga 
–sa
shart mayli yasovchi affiks va shaxs-son qo‘shimchalaridan birini qo‘shish 
bilan shart maylidagi fe’l hosil qilinadi. 
Shart maylidagi fe’l bir necha vositalar bilan qo‘llanish orqali to‘siqsizlik 
ma’nosini anglatadi. Jumladan, 
ham 
yuklamasi bilan, 
ham
yuklamasi va 
–ki
bog‘lovchisi bilan, -
da
yuklamasi bilan, 
0
formada.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida shart maylidagi fe’l shart, orzu-istak, iltimos, 
maslahat, hayratlanish, gumon, noaniqlik va boshqa shu kabi ma’nolarni ifodalaydi. 
Shuningdek, birga 
ham
yordamchisi bilan qo‘llanib, voqeaning yuzaga chiqishi uchun 
to‘siq bo‘la olmagan harakat-holatni bildiradi. Bunda to‘siqsizlik ma’nosi asosiy 
(yadro) ma’no hisoblanib, shart ma’nosi qo‘shimcha (periferik) ma’noni bildiradi. 
Shart mayli affiksi va 
ham 
yuklamasi bilan qo‘llanuvchi fe’l ko‘p hollarda to‘siqsiz 
ergash gapning kesimi yoki to‘siqsizlik holi vazifasida keladi: 
Hozir ko‘ngliga biroz bo‘lsa-da taskin beradigan ham shu – jamiyatga zarur ish 
bilan shug‘ullangan.(T.Malik.)
Mazkur gapda to‘siqsizlik ma’nosini 
biroz bo‘lsa-da
to‘siqsizlik holi 
pozitsiyasidagi birikma orqali ko‘rish mumkin. To‘siqsizlik holi shart maylidagi fe’l 
va yuklama yordamida hosil qilingan. Gapda chegara sema sifatida miqdor ma’nosi 
ham bor. Bu 

Download 5,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish