Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(3)-son


SHART VA TO‘SIQSIZLIK MUNOSABATINING FE’L SO‘Z TURKUMI



Download 5,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/91
Sana11.06.2022
Hajmi5,05 Kb.
#656556
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
Bog'liq
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON

SHART VA TO‘SIQSIZLIK MUNOSABATINING FE’L SO‘Z TURKUMI 
YORDAMIDA IFODALANISHI 
Rasulova Azizaxon Muydinovna, PhD, 
Farg‘ona davlat universiteti 
 
ANNOTATSIYA 
 
Maqolada shart va to‘siqsizlik munosabatini ifodalovchi birliklar, ularning fe’l 
turkumiga kiruvchi birliklar yordamida ifodalanishi ko‘rsatilgan va misollar 
yordamida tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: 
shart mayli, buyruq-istak mayli, 
bo‘lmoq 
fe’lining bo‘lishsiz 
shakli, ko‘makchi fe’llar, harakat nomi, sifatdosh 
 
ESPRESSION OF CONDITIONS AND CONCESSION WITH VERBS
ABSTRACT 
The article shows the units that represent condition and concession, their revealing 
by such units as verbs, and analyzes them using examples
Keywords
: conditional mood, imperative-subjunctive mood, negative form of the 
verb "to be", auxiliary verbs, verbal noun, participle 
KIRISH:
O‘zbek tilini sistem-struktur jihatdan o‘rganish uning o‘ziga xos 
jihatlarini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega. Maydonni yuzaga keltiruvchi til 
birliklari lisoniy sathlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tilshunosligida tadqiqot ishlarida grammatikaga xos masalalarni yoritish 
har doim ham muhim o‘rin egallagan. Grammatikadagi maydon tushunchasi ko‘proq 
morfologik sathdagi grammatik kategoriyalarni ularga funksional-semantik jihatdan 
yaqin bo‘lgan tilning boshqa sathlari vositasidagi aloqaning tekshirilishi davomida 
qo‘llaniladi.
ASOSIY QISM: 
Shart munosabatini ifodalovchi birliklar ikkita o‘zaro 
bog‘langan harakat-holat haqidagi ma’lumotni qanchalik aks ettirsa, bu harakat-
holatning bir-biriga tobeligini, shuningdek, shartdan kelib chiqadigan (bajariladigan 
yoki bajarilmaydigan) natijani ham shunchalik ifodalaydi. Shart munosabatili birliklar 
shunisi bilan ahamiyatliki, bu birliklarning ikkala komponentida ham o‘zaro bir-biriga 
ta’sir qilib, bir modal ma’noni yuzaga keltiruvchi mayl ishlatiladi [1, S.83]. Ayni shu 
holatni to‘siqsizlik munosabatida ham ko‘rishimiz mumkin. Mazkur munosabatda ham 
harakat-holatning o‘zaro tobeligi shartga qarama-qarshi natijani bir-biriga bog‘langan 
ikki harakat yoki holat ifodalaydi.


116 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON 
2022-YIL 28-APREL 
Harakat, holatning nomini bildiruvchi fe’l so‘z turkumi doirasidagi shart 
munosabati asosan shart mayli, buyruq-istak mayli, 
bo‘lmoq 
fe’lining bo‘lishsiz shakli, 
ko‘makchi fe’llar, harakat nomi, sifatdosh kabilar orqali ko‘rinadi. Ayni shu turkum 
paradigmasiga kiruvchi fe’lning mayl kategoriyasi ko‘rsatkichlari, fe’lning zamon 
kategoriyasi ko‘rsatkichlari, fe’lning bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi, fe’lning 
funksional ko‘rsatkichlari, fe’lning analitik ko‘rsatkichlari kabi birliklar to‘siqsizlik 
semasi ostida birlashadi. Ko‘rinadiki, shart semasini ham, to‘siqsizlik semasini ham 
deyarli bir xil ko‘rsatkichlar ifodalaydi. Bu shart va to‘siqsizlik ma’nolarining o‘zaro 
bog‘liqligiga ishora beradi.
Modal ma’no bildiruvchi mayl kategoriyasi “zamon va shaxs-son kategoriyasi 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hammasi birgalikda fe’lning tuslanish sistemasini tashkil 
qiladi, predikativlik ifodalanish formasi hisoblanadi.”[2, B.327] Shart va to‘siqsizlik” 
semasi ostida shart va buyruq-istak mayli affikslari bir maydonga kiradi. 
Shart ma’nosini ifodalovchi asosiy vosita bu fe’lning shart mayli hisoblanadi. 
“Fe’lning bu formasidagi fe’l boshqa biror harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan 
harakatni bildiradi. Boshqa biror harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligi shart mayli 
formasidagi fe’l bildirgan harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligiga bog‘liq bo‘ladi. 
…Fe’lning 
–sa
affiksli formasi shart ma’nosini bildirganda harakatning bajarilishi 
so‘zlovchiga aniq bo‘lmaydi, ya’ni so‘zlovchi uni bilmaydi. Masalan, 

Download 5,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish