Kirish
Yangi O‘zbekiston yoshlari-kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori
Jamiyatimizning rivojlanishi o‘zagi deganda ko‘z oldimizga kelajak avlod yoshlar keladi. Yoshlar-jamiyatning asosiy kuchi hisoblanadi yoshlarda milliy iftixor, milliy gururni shakllantirish va mustahkamlash asosida ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Aqliy zakovat, ma'naviy komillik, mehr oqibat fazilatlarini yoshlarda shakllantirish oldimizdagi muhim vazifalardan biridir.Yoshlar ta'lim tarbiyasiga berilgan qattiq etibor bu mustahkam poydevor qurish bilan barobar.Jahondagi rivojlangan davlatlarni yuqori taraqqiyot va turmush farovonligiga sabab eng avvalo yoshlarga, ilm-fan va ta'limga qaratilgan katta e'tibor hisoblanadi.
Yoshlar – mamlakatimizni jahon davlatlari bilan raqobatlashtira oladigan kuch hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga yordam bermoqda desak adashmagan bo‘lamiz.Ta'lim sifatini yaxshilash chora tadbirlar boshlang'ich ta'lim- bog‘cha va maktab sohasidan boshlash maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta'lim bolalarbolalarni qamrab olish ko'rsatkichlarini yanada oshirish,ularni 100% ga yetkazish, oilaviy bog‘chalarni yo‘lga qo'yish, maktab sohasiga keladigan bo‘lsak: chuqur ixtisoslashtirilgan, ma'lum bir fanlarga kuchli e'tibor qaratadigan maktablarni tashkil etish, yoshlarni to‘liq qamrab olish bu islohotlarni boshlang'ich qismi hisoblanadi. Bugungi kunda "2022-2030-yillarda O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim va tarbiya sohasini gumanitarlashtirish strategiyasi" ni yaratish bu sohadagi eng katta yuksalish bo'lsa ajab emas. Bu uzluksiz ta'lim tizimi deb nomlanadigan, har bir shaxsni 30 yoshgacha bo'lgan davrda har tomonlama qo'llab quvvatlaydigan, hayotda o'z o'rnini topishiga yaqindan yordam beradigan tizim yaratilishiyaratilishi-yoshlarni to'liq ta'lim bn qoplanishiga qaratilgan chora tadbirlardan biridir. Mamlakatimiz yoshlarini jahon davlatlari bilan raqobatdosh qilib tarbiyalash uchun ta'lim tizimi oldida qo'yiladigan vazifalvazifalar quyidagilardan iborat:
-Yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning muammolarini
o‘rganib, ularni hal qilish, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sportga jalb qilish masalalariga alohida e'tibor qaratish kerak;
-Yoshlar o'rtasida IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularni shu sohaga yo‘naltirish;
-IT texnologiyalari sohasida bilim va ko'nikmalarga ega bo‘lishi uchun ta'lim sohasida jihozlar bilan ta'minlangan to'garaklar sonini oshirish;
-Mamlakatimizda yangi Oliy Ta'lim muassasalari, xorijiy Universitet, va institutlarni filiallarini tashkil etish va ular sonini oshirish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |