Mundarija kirish korxonaning tarixi va o`tmishi Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati Korxonaning iqtisodiy faoliyati va Rejalashtirish jarayonlari. Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati kirish



Download 5,95 Mb.
bet1/5
Sana23.04.2022
Hajmi5,95 Mb.
#575760
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot (Автосохраненный)




MUNDARIJA

1. Kirish …………………………………………………………


2. Korxonaning tarixi va o`tmishi ..……………………………..
3. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati .…….
4. Korxonaning iqtisodiy faoliyati va Rejalashtirish jarayonlari.
5. Xulosa va takliflar ……………………………………………
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati …………………………..


KIRISH
Bilamizki, har qanday muvaffaqiyatning zamirida albatta, chuqur egallangan nazariy bilimlar jamlanmasi yotadi. Hech kimga sir emaski, bilimning asosiy manbasi bu shak-shubhasiz kitob sanaladi. Garchi hozirgi zamonaviy dunyomizda ba`zi bilimlarni internet saytlaridan, ko`pgina ijtimoiy tarmoq turlaridan o`rganishning imkoni mavjud bo`lsa-da, lekin bir narsani aslo unutmasligimiz lozim: internetdagi bilimlarning deyarli katta qismi, tan olishimiz kerak aynan kitoblardan olingan bo`lib chiqadi. Shu bois, “Kitob – bilim bulog`i”, - deydi dono xalqimiz. Quvonarlisi shuki, mamlakatimizda so`ngi 5-10 yillikda kitob o`qishga katta e`tibor qaratilmoqda. Yoshlarni va bolalarni kitob o`qishga undash uchun, ularni to`g`ri yo`lga boshlash uchun turli xil kitobxonlik tanlovlarining muntazam o`tkazib kelinayotgani, eng asosiysi ularni rag`batlantirishning yo`lga qo`yilganligi hamda qimmatbaho ajoyib sovg`alar va pul yutuqlarinining berilayotgani taxsinga sazovor desak, aslo yanglishmagan bo`lamiz. Yoshlarga motivatsiya berishning bunday ko`rinishi, sezilarli darajadagi katta o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Eng muhimi o`z samarasini berishni boshlagani odamni juda ham xursand qiladi.
Muvaffaqiyatga erishishning asosiy sirlaridan biri bu bilim olish bo`lsa, uning sirlarini ochuvchi kalit deya, “tajriba”ni aytishimiz mumkin. O`rganganlarimizni, egallagan bilimlarimizni amaliyotga tadbiq etmasak, hayotda ulardan kutilgandek natijalarga erishishning iloji yo`q nazarimda. Bilimlardan manfaat olishimiz uchun albatta, ularni amaliyotda sinab ko`rgan holda, tajriba qilishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi. Agarda biz bilim egallasak-u, uni amalda qo`llab ko`rmasak, bu xuddi qo`limizda sopi yo`q, faqatgina dastasi mavjud bo`lgan bolta bilan o`tin yorgandek gap.
Inson kelajakdagi egallaydigan kasbining haqiqiy mutaxassisi bo`lishi uchun nafaqat bu mutaxassislikka oid ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur egallashi, balki uning amaliy ko`nikmalarini ham ko`z bilan ko`rib, qo`l bilan ushlagan holda mukammal o`rganishi talab qilinadi. Aytib o`tish joizki, hozirgi kunda mamlakatimizdagi oliy ta`lim dargohlarida talabalarga nazariya bilan bir qatorda amaliyot o`tash uchun ham imkoniyat yaratib berilgan. Bu yo`l bilan talaba yoshlarning o`rganganlari yanada mustahkamlanib boradi desak, mubolag`a bo`lmaydi. Xususan, bunday shart-sharoitlar va imkoniyatlar bizning o`quv dargohimiz bo`lmish, Navoiy davlat konchilik institutida ham mavjud ekanligi barchaga ma`lum bo`lsa kerak. Zero, O`zbekistonimizda yetakchi sohalardan biri sanaladigan konchilik sohasida har jihatdan yetuk bo`lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda, aynan Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida talabalarning bevosita amaliyot o`tashi muhim rol o`ynaydi. Bu orqali talabalarda ishlab chiqarish to`g`risida yetarlicha tasavvur uyg`onsa va kelajakda qanday kasb egasi bo`lishidan tortib, nima ish bilan shug`ullanishi haqida anchagina ko`nikmalar paydo bo`lsa ajab emas. Shu jumladan, 2019-yilda institutdagi professor o`qituvchilar va iqtisoddan dars beruvchi bir nechta jonkuyar ustozlar tashabbusi va tinimsiz xatti-harakatlari natijasi o`laroq ochilgan “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)” yo`nalishiga ham katta e`tibor qaratilgan deb aytsak, sira xato bo`lmaydi. Joriy o`quv yili yakuniy imtihonlari o`z nihoyasiga yetgach, mazkur yo`nalish talabalariga 2-bosqichning o`quv va ishlab chiqarish amaliyotini o`tash uchun 10 hafta muddat berilgani, kelgusida kombinat tizimida kuchli iqtisodchi sifatida va o`z ishini puxta bilgan mutaxassis kabi faoliyat olib borishlariga zamin yaratadi albatta. Yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlarni ko`rib, biz talaba yoshlarning ko`zi quvnaydi. Bizni yanada xursand qiladigan jihat shundaki, biz talabalarga qulayliklar yaratish maqsadida, har birimizga o`zimiz doimiy ravishda istiqomat qiladigan hududda amaliyot o`tashimizga ruxsat berilganidir.

Men, bo`lajak iqtisodchi sifatida 10 haftalik amaliyotda maksimal darajada barcha bilim va ko`nikmalarni egalashga hamda sohaning zarur bo`lgan sir-asrorlarini o`ganishga qo`ldan kelgancha harakat qildim. Men Navoiy kon-metallurgiya kombinatining muhim bo`laklaridan, boshqacha qilib aytganda, “yuragi” hisoblanadigan Markaziy kon boshqarmasida amaliyot o`tashni xohlagandim va aynan shu joyni institutdagi o`qituvchi rahbarlarimning tavsiyasiga binoan tanladim. Markaziy kon boshqarmasi rahbariyati menga “Temir yo`l transport boshqarmasi”(TYTB)da amaliyot o`tashim uchun yo`llanma orqali ruxsat berishdi. Amaliyot qanday o`tganligi haqida tayyorlagan hisobotim davomida batafsil tafsilot berishga harakat qilaman.



Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish