Mundarija kirish korxonaning tarixi va o`tmishi Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati Korxonaning iqtisodiy faoliyati va Rejalashtirish jarayonlari. Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati kirish


Korxonaning iqtisodiy faoliyati va Rejalashtirish jarayonlari



Download 5,95 Mb.
bet4/5
Sana23.04.2022
Hajmi5,95 Mb.
#575760
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot (Автосохраненный)

Korxonaning iqtisodiy faoliyati va Rejalashtirish jarayonlari.
Sir emaski, har qanday korxonada amalga oshirilayotgan faoliyat qay darajada ekanligi, daromad va foyda olish yo`lidagi bajarilayotgan ishlar to`g`ri tashkillashtirilganmi yo aksincha ekanligi, korxonaning boshqa raqobatdosh xo`jalik yurituvchi subyektlar bilan taqqoslanganda, darajasi qanday ekanligi uning ishlab chiqarish borasidagi texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarida namoyon bo`ladi. Bir gap bilan aytganda, korxonaning mavqe`ini va darajasini aynan uning iqtisodiy faoliyati belgilab beradi. Korxona yoki tashkilot iqtisodiyoti qanchalik aniqlikda ishlashiga qarab, daromad va foyda kabi ko`rsatkichlarni yuqori bo`lish ehtimoli shunchalik baland bo`lishini taxmin qilish mumkin. Shu sababli, iqtisodiyot tizimi har qanday xo`jalik yurituvchi subyektning muhim bo`laklaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida aytib o`tganimdek, Temir yo`l transporti boshqarmasining iqtisod bo`limi Mehnatni tashkillashtirish va rejalashtirish byurosi tarkibidagi bo`lim sanaladi. Byuro nomidan bilib olish mumkinki, iqtisod bo`limida asosan rejalashtirish bilan shug`ullanishadi. Bilamizki, Temir yo`l transporti boshqarmasi Markaziy kon boshqarmasi tarkibidagi eng ko`p ma`dan tashiydigan tashkilot sifatida tavsiflanadi.
Markaziy kon boshqarmasida tashiladigan ma`dan hajmining katta qismi aynan Temir yo`lda, teplovoz va vagonlar hissasiga to`g`ri keladi. Ma`dan tashishda rejalashtirish bo`yicha iqtisodchi-ning vazifasi, NKMK Markaziy kon boshqarmasi tomonidan belgilangan limitdagi ma`danni Temir yo`l transporti boshqarmasi tarkibida faoliyat olib boradigan, ma`danni tashish bilan shug`ullanadigan 4 ta brigadaga, ularning keying oyda ishlaydigan vaqtiga qarab taqsimlab berishdan iborat. Bundan tashqari, har bir kunda, har bir smenada, har bir soatda bir dona teplovoz o`rtacha miqdorda qancha ma`danni tashishi lozimligini ham hisoblab beradi. Iqtisodchi nafaqat 1oylik rejalashtirishni, balki choraklik va yarim yillik hamda yillik rejalashtirishni ham amalga oshiradi.||||| 4ta brigadaga biriktirilgan dispetcherlar har bir teplovoz “Ma`danni qayta yuklash hududi”dan 2-GMZ ga tashigan rudaning umumiy og`irligini maxsus qurilmalar yordamida hisoblaydi va har birini belgilab boradi. Teplovozlarning qaysi yuklash hududiga borishidan tortib, qay yo`nalishda harakat qilishi kerakligini ham lokomativ mashinistlariga yetkazib turishi lozim. Barcha teplovozlarning nechta vertushka ma`dan tashiganligi va har birining tashigan rudasi umumiy og`irligini birlashtirgan holda, iqtisodchiga hisobot berib boradi. Iqtisodchi esa bu hisobotlarni tekshirib boradi va o`z nazoratiga oladi. Hisobotda biror kamchilik mavjud bo`ladigan mahalda, dispetcher bilan aloqaga chiqishi va kuzatilayotgan holatga aniqlik kiritishi talab qilinadi. Kamchiliklar mavjud bo`lmasa yoki tuzatilgandan so`ng, iqtisodchi oylik hisobot tayyorlaydi. Hisobotga butun oy davomida Temir yo`l transporti boshqarmasi belgilangan rejadan qancha farq bilan ma`dan tashiganligi kiritiladi. Mehnatni tashkillashtirish va normalashtirish iqtisodchi muhandisi esa har bir mashinist va uning yordamchilariga ortig`i bilan tashilgan ruda uchun mukofot puli hisoblaydi.
Aytish joizki, Temir yo`l transporti boshqarmasi 2-GMZ ga ruda tashishdan tashqari, boshqa yuklarni tashishga mo`ljallangan vagonlarda xom-ashyo va kerakli materiallarni, asbob-uskunalarni belgilangan manzilga yetkazib berish bilan ham shug`ullanadi. Sisterna nomli vagonlarda esa teplovozlar uchun, ularni ta`mirlashda qo`llaniladigan yirik texnikalar uchun, ba`zi bir dastgohlar va og`ir yuklarni ko`tarishga moslashgan osma kranlar uchun, mayda yuklarni ko`tarish va tortishda ishlatiladigan transportlar uchun maxsus yoqilg`ilar olib kelinadi. Yo`lovchilarni tashish uchun mo`ljallangan vagonlarda Bessapan hududida ishlaydigan ishchi xodimlar ham tashiladi.

Eng asosiysi, TYTB qo`shimcha daromad olish maqsadida NKMK tarkibiga kirmaydigan boshqa korxona va tashkilotlarga ham ularning yuklarini tashish orqali xizmat ko`rsatadi. Bundan ko`zlangan maqsad shuki, barcha teplovozlarni ma`dan tashishga jalb qilishning imkoni bo`lmaganligi uchun bir nechta teplovozlar harakatsiz qolib ketishining oldini olishdir. Harakatsiz qolib ketgan teplovozlar sababli boshqarmaning samaradorligi past bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham bir nechta teplovozlarni boshqa korxonalarga xizmat ko`rsatish uchun jalb qilinadi.

Hatto, odamlar ham jismoniy mehnat yoki aqliy mehnat qilish natijasida oldingidek shijoati yo`qoladi, mehnat unumdorligi bir muncha pasayadi, eng yomoni shundaki sog`ligida ham salbiy o`zgarishlar yuzaga kela boshlaydi. Bunday vaziyatlarda insonlar qayta tiklanishga erishish uchun maxsus shifokorlarga murojaat qilishga ehtiyoj sezishadi. Buni tushungan har qanday korxona va tashkilotlar ishchi xodimlarga hech bo`lmaganda 1 yilda 1 marotaba qayta tiklanishi va kuch to`plab olishi uchun 1oylik mehnat ta`tili berishadi. Ko`pgina hollarda, ishchi xodimlarning o`z xohishi bo`lsa, ularni dam olish va davolanish maskanlariga bepul jo`natishni ham o`z bo`yniga olishadi. Xuddi insonlardek, texnika texnologiyalar ham ma`lum muddat tinmay ishlaganligi sababli ba`zi qismlarida kamchiliklar paydo bo`lish holati kuzatiladi. Tabiiyki, bunday hollarda texnikalar ta`mirlanishi, undan avval esa texnik ko`rikdan o`tkazilishi kerak bo`ladi. Temir yo`l transporti boshqarmasida ham teplovoz va vagonlarni ta`mirlaydigan alohida “Lokomativ xizmati” hamda “Vagon xizmati” mavjud. Har bir xizmat bo`limida ta`mirlash turiga qarab, “Kapital ta`mirlash uchastkasi”, “Joriy ta`mirlash uchastkasi” xizmat ko`rsatadi. Xullas kalom, mazkur ta`mirlashlarni amalga oshirish uchun kerakli bo`ladigan material va inventarlarnining umumiy soni va summasi har oy boshlanishidan oldin maxsus soha xodimlarining prognozlariga binoan, iqtisodchi tomonidan rejalashtiriladi. Kelgusi oyda ishlatilishi kutilayotgan material va inventarlarga bo`lgan talab o`rganiladi va shu asosida sotib olinadi. Sotib olingan materiallar albatta ombor(sklad)ga joylashtiriladi.
T emir yo`l transporti boshqarmasida materiallarning turiga qarab, bir nechta skladlar tashkil qilingan. Iqtisodchi-ning skladlar bilan ish-lashdagi asosiy vazi-fasi boshqarmadagi turli xil ta`mirlash uchastkalari va ishlab chiqarish sexlari tala-biga muvofiq, pul mab-lag`larini ajratib beradi. Mazkur faoliyat “Cheklovli-olish kartasi” (Лимитно-заборная карта) nomi bilan yuritiladi. Uchastka va bo`limlar iqtisodchi rejasi bo`yicha belgilangan pul mablag`idan tartibli, oqilona foydalangan holda, eng zarur bo`ladigan materiallarni skladdan olishi mumkin bo`ladi. Oy yakunida uchastka boshliqlari qilingan xarajatlarni, uning umumiy summasini iqtisodchiga taqdim etadi. Korxona iqtisodchisi esa amalga oshirilgan xarajatlarning shaxsan o`zi tayyorlagan reja bilan farqini hisoblab chiqadi va xarajatlar summasi ortib ketganligi yoki tejab qolinganligini aniqlaydi.
H ar bir texnikaning yoki transportning harakatlanishi uchun albatta maxsus yoqilg`i vositalari zarur bo`ladi. Temir yo`l transporti hisoblanmish teplovozning harakatlanishi uchun dizel yoqilg`isi talab qilinadi. Ko`ngildagidek yurishi uchun esa moy mahsulotlari ishlatiladi. Aynan shu ikki mahsulot uchun amalga oshiriladigan xarajatlar miqdori eng ko`p sarf qilinadigan xarajatlardan hisoblanadi. Chunki deganda teplovozlarning umumiy soni jami 32 tani tashkil qiladi. 32ta teplovozdan deyarli 30 tasi doimiy ravishda ishlab turadi. Ko`pgina hollarda 2tadan 4-5tagacha teplovozlar texnik ko`rikdan o`tayotgan yoki joriy ta`mirlanayotgan bo`ladi. Shu sababli dizel yo-qilg`isiga bo`lgan ehtiyoj o`ta yuqori darajada. Mazkur dizel yoqilg`isi va texnik moylar (smazka)ga sarflanadi-gan xarajatlar iqtisodchi tomonidan hisob-kitob qilinadi. Quyidagi jadvalda va diagramma Temir yo`l transporti boshqarmasi tomonidan tashilgan ma`dan hajmi, boshqarma teplovozlari sarflagan dizel yoqilg`isi miqdori so`ngi 10yillikdagi ko`rsatkichlari berilgan.
Temir yo`l transporti boshqarmasi iqtisodchi xodimlari, boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlarining iqtisodchilari kabi korxona xarajatlarini minimallashtirib, daromadlarni oshirishga harakat qilishadi va buning yangicha usullarini topishga urinishadi. Quyidagi raqamlardan buning guvohiga aylanishingiz mumkin:

XULOSA
Temir yo`l transporti yurtimiz ravnaqida muhim va alohida o`rin tutadi. Xalq xo`jaligi yuklari va yo`lovchilarni tashishda eng qulay va arzon transport vositasi hisoblangan temir yo`l transportini bejizga mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomirlariga qiyoslashmaydi. Zero, temir yo`l borgan manzillarda yangi korxonalar va tashkilotlar, shu bilan birga yangi manzilgohlar barpo etiladi, bunyodkorlik ishlari avj olib, hududlar bilan iqtisodiy aloqalar rivojlanadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasini ham temir yo`l transportisiz, Temir yo`l transporti boshqarmasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. TYTB kombinatning ajralmas qismi hisoblanibgina qolmay, uning ustunlaridan biri sifatida ham qadrlanadi va ulug`lanadi. Temir yo`l transporti boshqarmasining fidokor boshliqlari-yu tajribali mutaxassis xodimlarining sa`y-harakatlari o`laroq, korxona yildan yilga rivojlanishga erishib keldi. Har gal NKMK tomonidan berilgan topshiriqlarni ortig`i bilan bajarganligi e`tirofga loyiq albatta. Bundan tashqari rejalarni muddatidan oldin yakunlab kelayotgani, vaqtning har bir soniyasidan unumli foydalangan holda samaradorlikni oshirishda jonbozlik ko`rsatib kelayotgani taxzinga sazovor.
NKMK ishlab chiqarish faoliyatida bevosita qatnashadigan Temir yo`l transporti boshqarmasi tarkibidagi nafaqat jismoniy mehnat qiladigan ishchi xodimlarning, balki aqliy faoliyat bilan shug`ullanuvchi iqtisodchi-muhandislarning ham ko`rsatayotgan mehnati qadrlanadi. Garchi ular ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmayotgan bo`lishsa-da, uning iqtisodiy va moliyaviy jarayonlarini amalga oshirgan holda, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish ustida yetarlicha bosh qotirib, korxonaning umumiy daromadi o`sishiga munosib hissa qo`shib kelishmoqda. Eng asosiysi, nafaqat Temir yo`l transporti boshqarmasining ichki tannarxini, balki butun boshli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining umumiy ishlab chiqarish tannarxini tushirish bilan boshqarma iqtisodchilarining alohida ish olib borishi ularning qanchalik darajada ishini sevishidan dalolatdir.
Quyida TYTB ning rejani muddatdan oldin bajarganligi uchun shaxsan NKMK direktori Q.S.Sanakulovning korxona rahbariyatiga, boshliqlari va chin dildan mehnat qilgan barcha ishchi xodimlarga yo`llagan tabrigi va tashakkurnomasi berilgan:

Xulosa qilib aytsam, men amaliyot o`tagan tashkilot, Temir yo`l transporti boshqarmasi faoliyati anchayin tartibli va to`g`ri yo`lga qo`yilgan ekan. Korxonaning boshqaruv va iqtisodiy faoliyati muvaffaqiyatli tashkil qilinganligi eng quvonarli jihati deb o`ylayman. Hozirgi kunda boshqarmadagi har bir ishchi o`z ishiga mas`uliyat bilan yondashib kelmoqda. Korxonada ishchilar va rahbarlar o`rtasida o`zaro ahil va hamjihat jamoaning shakllantirilganligi ish unumdorligini bir necha barobarga oshiradi albatta. Amaliyot o`tagan talaba sifatida ayta olamanki, mazkur korxona faoliyatida ko`zga ko`rinadigan biror bir kamchilik mavjud emas. Bu esa tashkilot rahbarlarining olib borayotgan siyosati o`z o`rnida ekanligidan dalolat beradi.
Shunday bo`lsa-da, korxonaning samaradorligini yanada oshirish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi to`g`risida o`zimning shaxsiy fikrlarimni aytib o`tmoqchiman. Eng avvalo, Temir yo`l transporti boshqarmasi allaqachon amortizatsiya davri o`tib bo`lgan ba`zi texnika va transport vositalaridan voz kechgan holda, o`rniga anchayin zamonaviy va innovatsion texnikalarni sotib olib o`rnatishi kerak nazarimda. Chunki deganda, jismoniy eskirgan o`zining ishlash davri tugab bo`lgan texnika texnologiyalar yuklama bilan ishlagani bois elektr energiyasini, yoqilg`i mahsulotini juda ham ko`p sarflaydi. Bu esa shubhasiz ortiqcha xarajat qilishga olib keladi. Bilamizki, hozirda ishlab chiqarilayotgan innovatsion yangicha texnikalar sezilarli darajada kam miqdordagi elektr energiyasini va yoqilg`ini sarflaydi. Ularning narxi qimmat bo`lishi mumkin, lekin kelajakda albatta foydasi tegadi. Masalan, 10-15yil davomida eski texnika ishlatilsa, u ko`p miqdordagi elektr tokini yoki yoqilg`ini iste`mol qilishi va shu vaqt oralig`ida bir necha marotaba ta`mirlanishini hisobga oladigan bo`lsak, qilingan va sarflangan umumiy xarajatlar summasiga bir dona yangi texnikani sotib olish mumkin bo`ladi. Endi o`zingiz tasavvur qiling, 10-15 yil davomida eski va samaradorligi unchalik yuqori bo`lmagan texnikadan foydalangan yaxshimi? yoki eng avvalidayoq biroz ko`proq bo`lsa ham xarajat qilgan holda, yangi texnikani sotib olib uni 10-15 yil davomida maksimal imkoniyatlaridan foydalanib ishlatgan afzalmi? Shaxsan mendan so`rashganda, men ikkinchisi degan bo`lardim.
Ko`pgina iqtisodchilar va hatto prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, xom-ashyo va ishlab chiqarish materiallarini yoki ba`zi tovar va mahsulotlarni chet eldan sotib olish kerak emas, aksincha ularni o`zimizda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish lozim. Ya`ni lokolizatsiya (mahalliylashtirish) jarayonini amalga oshirish ancha xamyonbop va samaralidir. Temir yo`l transporti boshqarmasida ham mazkur jarayonga asta sekinlik bilan bir necha yillardan beri ahamiyat berib kelinmoqda. Lekin bu jarayonni tezlashtirish uchun tubdan islohot qilish zarur nazarimda. Hozirgi kunda TYTB da vagonlarning yon qismlari (kuzovlari) lokalizatsiya qilinib, yaroqsiz holga kelgan kuzovlarni korxonaning aynan o`zidan ishlab chiqariladigan yangi kuzovlar bilan almashtiriladi. Lekin hali hanuz vagon va teplovozlarning g`ildiraklarini chet eldan sotib olishadi. Buning uchun esa milliardlab xarajat qilinadi. Agarda bu g`ildiraklarni ham o`zimizda ishlab chiqarish yo`lga qo`yilganda edi, ancha miqdordagi summa tejab qolingan bo`lardi. Bu esa o`z navbatida, korxonaning ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga omil bo`ladi. Tannarxning pasayishi esa, har qanday xo`jalik yurituvchi subyektning, korxona va tashkilotning o`z oldiga qo`ygan asosiy va muhim maqsadlaridan biri sanaladi.
Qisqacha xulosa va takliflarim shulardan iborat edi!


Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish