So‘fi Ollohyor
Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.
Yomon kelsa – buzar
Yaxshi kelsa – tuzar.
Yomon o‘z g‘amida,
Yaxshi – el g‘amida.
Yomon qiliqdan – ko‘zga yosh,
Yaxshi qiliqdan – og‘izga osh.
Tilagi yaxshi kamol topar,
Tilagi yomon – zavol.
Yigitning zehnli bo‘lgani –
Adashmay yo‘ldan yurgani.
Ko‘p yashagan ko‘p bilmaydi,
Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi.
Yigit husni – hunar.
9. Vatan ravnaqi yo‘lida – yoshlar sabr – toqatli va qanoatli bo‘lishi juda zarurdir.
“Qanoat – hayot kechirishni ta’minlaydigan oz narsa bilangina qanoatlanishdir, o‘z tarafiga tortadigan barcha nozu – ne’matlardan va hislardan ( Ovqatni ko‘p iste’mol qilish, qimmat baho kiyimlarga havas qo‘yish, o‘yin – kulgu, bekorchilik va boshqalardan) yuz o‘girish.
Sabr – o‘z ixtiyori bilan nafs doirasidan mashaqqatlar chekib bo‘lsa ham, o‘zini olib qochishdir.” Najmiddin Kubro.
Sabr toqatsiz biron ish bitmagay,
Ulsiz inson maqsudga yetmagay.
Sabr yashamog‘ni tort yuzga, g‘uncha, gul maskanida-ki, yuz ochsin hayotning gullari sabr gulshanida. Xoja Samandar Termiziy.
Bil qilich yetmas era etkay sabr,
Balki yuz lashkarni mahv etkay sabr.
…
Har narsaning siri sabrdadir.
Achiqqa sabr etarsan, nomi “Matonat” bo‘lur,
Ochlikka sabr etarsan, nomi “Ro‘za” bo‘lur,
Insonlarga sabr etarsan, nomi “Sabr-toqat” bo‘lur,
Tilaklarga sabr etarsan, nomi “Duo” bo‘lur,
Tuyg‘ularda sabr etarsan, nomi “Ko‘z yoshi” bo‘lur,
Sog‘inchga sabr etarsan, nomi “Hasrat” bo‘lur,
Sevgiga sabr etarsan, nomi “Ishq” bo‘lur.
Jaloliddin Rumiy.
Dunyo ishlarida sabrli bo‘l!
Bir kishi donishmand huzuriga kelib so‘radi:
Aytingchi, meni qiynayotgan g‘am-tashvishlardan qutulishning biror chorasi bormi?
Avval sen mening ikki savolimga javob ber, - dedi donishmand unga. - Sen dunyoga kelgan vaqtingda seni qiynayotgan shu muommolar bormidi?
Yo‘q.
Dunyodan ketar vaqtingda shu g‘am – tashvishlarni o‘zing bilan birga olib ketasanmi?
Yo‘q.
Sen bilan kelmagan, sen bilan ketmaydigan narsalar uchun nechun g‘am chekasan?
Dunyo ishlarida sabrli bo‘l! Shunda muroding hosil bo‘ladi.
Sabr bila ko‘p bog‘liq ish ochulir,
Ishda oshiqqan ko‘p toyilur. Alisher Navoiy.
Hamma narsaga hirs qo‘yishdan ko‘ra,
ozgina narsaga qanoat qilish afzaldir.
Bayt
Imkoni yo‘q narsani qidirsang, albat,
So‘ng afsus qilarsan, bo‘lib betoqat.
Berganiga ko‘nikib, qilsang qanoat
Tinch yashaysan, chekmay afsus nadomat. Xoja Samandar Termiziy
Qanoat- qizil oltin.
Shoshqoloqlik katta zarar keltiradi,
Sabr- toqat cheksiz foyda keltiradi.
Sabr – umr xazinasi.
Sabr – achchiq, mevasi – shirin.
Sabr bilan mehnat qilgan boy bo‘lar.
Sabr etgan – murodga yetar.
Sabrli kishining ishi soz.
Sabr – yutuq kaliti.
Shodlik , xursandchilik kalidi sabrdur.
Kalid barcha eshikka – sabru toqatdur va maqsud ganjiga ochqich- qanoatdir. Maqol.
10.Vatan ravnaqi yo‘lida yoshlar ilm olishi va aql – idrokli bo‘lishi lozim.
Insonga buyuk ne’mat aql berilgan. Inson mana shu ne’mat tufayli hayvondan farq qiladi.
“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay.”
Do'stlaringiz bilan baham: |