Yangi O‘zbekiston
Uchinchi Renessans
So‘z boshi
Ushbu kitobchaning mazmun-mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilar yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida Prezidentimiz tashabuslari, ajdotlarimizning o‘lmas merosini va o‘zbek xalq maqollarini o‘qib, to‘g‘ri ta’lim-tarbiya olib, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, halol mehnat va ezgulik, odamiylik, gumanizim, ishlarni bajarib Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdir.
Kitobcha maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
Taqriz
Tuzuvchi ushbu uslubiy qo‘llanmada maktab o‘quvchilari o‘rtasida olib boriladigan manaviy-marifiy, mafkuraviy ishlarda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan muhim masalalarning dalillari ustuvor vazifalarini bayon etgan.
Taqrizchi: falsafa fanlari nomzodi, professor X.Xudoyberdiyev
Tuzuvchi: Xudoynazarov Erkin
Surxondaryo viloyati
Oltinsoy tumani
15-maktabning ingliz tili
fani o‘qituvchisi.
Yangi O‘zbekiston
Uchinchi Renessans
“Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy- ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislar, hurmatli ulomalarimiz bu manaviy xazinani bugungi avlodga sodda va tushunarli, jozibali shakillarda yetkazib berishlari zarur.”
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
Renessanslar haqida ma’lumot
VIII-XII asrlar Birinchi Uyg‘onish Birinchi Renessans ilk davri.
Dunyo tan olgan mashxur allomalarimiz ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bilan yurtimizda Birinchi Renessans sodir bo‘ldi.
Muhammad Xorazimiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy bu davrning ulug‘ mutafakkirlaridir.
“Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etilgan ona yurtimizda yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abdul Mu’in Nasafiy kabi allomalarimiz islom dinining muhim g‘oyalarini keng targ‘ib qildilar.
XIV-XV asrlar Ikkinchi Uyg‘onish, Ikkinchi Renessans davri
Amir Temur nomi bilan bog‘liq. Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat yurtimizda ikkinchi uyg‘onish, yani Ikkinchi Renessan davrini boshlab berdi.
Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Hofiz Xorazmiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoirlar va mutafakkirlar, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod musavvirlar kabi allomalarimiz ilm-fan, madaniyat va ma’rifatni rivojlantirdilar.
XX asr jadidchilar harakati davri.
M.Behbudiy, Munavvarqori, A.Fitrat U.Xo‘jayev, A.Avloniy, A.Cho‘lpon, A.Qodriy, Hoji Muin, Ibrat domla, Ashurali Zohiriy va boshqalar jadidchilik ta’limotini yaratdilar. Bu ajdod bobolarimiz maktablar, gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil etib, Vatanimiz ozodligi va madaniyati, ma’naviyatini yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Xalqimizning baxt-saodati yo‘lida jonini fido qilgan, jadidlarning ilmiy-ma’rifiy, adabiy-badiiy merosi beqiyosdir.
3. Uchinchi Uyg‘onish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish. Yangi O‘zbekistonni barpo etishning muhim masalalari.
Maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi va ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy xalqasidir.
Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustini hisoblanadi.
Hurmatli ota-onalar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Yangi Renesansning beshinchi xalqasi, beshinchi ustini bo‘ladi.
Yangi O‘zbekistonning mafkurasi.
Ezgulik, odamiylik, gumanizim g‘oyasi.
Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari g‘oyasi.
Uchinchi Renessans ham milliy g‘oyadir.
Uchinchi Renessans ilm-fanning barcha sohasini rivojlantirishga qaratiladi.
“Oqqan daryo oqaveradi.”
“Olmaning tagiga olma tushadi.” Maqol
Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishga yangi ongli, teran fikrlaydigan va keng tafakkurlaydigan o‘qituvchilar va o‘quvchilar kerak.
1.Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida – farmon, farmoish, barcha qonun-qoidalar va tartib-intizomlarni o‘qib, uqqib va amal qilishimiz va bajarishimiz, burchimiz, tinchligimiz, sog‘lig‘imiz, vatanparvarligimiz, taraqqiyotimiz va baxtimizdir!
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda birinchi navbatda barcha qonun-qoidalarni va tartib-intizomni ongli ravishda qattiq rioya qilib va bajarishimizdan boshlanadi.
…
Yurtim-ko‘ksim
Elim-iligim.
…
Vatanni sevmoq-imondandir.
…
El qudrati-chin qudrat,
Vatan tuprog‘i-qimmat
…
Vatani borning baxti bor.
…
Ona yurting- oltin beshigin. Maqol
2.Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida Vatan mehri oliy qadryatdir. O‘z vatanini sevgan millatning o‘zganing ham qadriga yetadi. Vatanga muhabbat, ajdotlar merosiga qiziqish, o‘z shaxsiy salohiyatiga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida ma’sullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Har bir shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini Vatan manfaati yo‘liga sarflashi bilan namayon bo‘ladi. Vatan – muqaddasdir.
…
Vatanimga jonim fido!
…
Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.
…
Yurt egasi yo‘lbarsdir,
Oldirgali qo‘ymasdir.
…
Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf.
…
Vatanga falokat- o‘zinga halokat.
…
El boshiga tushgani-
Er boshiga tushgani. Maqol
3. Har bir o‘qituvchi ma’naviy yetuk vatanparvar bo‘lib har bir o‘quvchini ma’naviy yetuk vatanparvar qilib tarbiyalab, vatanga yetkazib berishi eng katta baxtdir!
4.Vatan va oila mustahkamligiga, kasb-hunar va inson hayotiga zarar beruvchi yomon illatlar: korrupsiya, giyohvandlik, chekish, spirtli ichimlik, behayolik, ommaviy madaniyatlardir.
5.Vatan bitta-yashash joyimiz har yoqdadir.
Yoshlar va jamoa o‘rtasida bo‘linishlar va tarafkashliklar hech qachon bo‘lmasin.
6.O‘zbekistonimiz ko‘p millatli vatan bo‘lib, 130 dan ortiq turli xil millatlar yashab kelmoqda. Bu millatlararo totuvligimiz va bag‘rikengligimizdir. Barchamiz bir tanu-bir jon bo‘lib bir yoqadan bosh chiqarib, Vatan taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
7.Vatan tinchligini, oila tinchligini, odam va boshqa jonzodlarning tinchligini buzgan yomonlik va yovuzlikdir.
8.Yoshlar ajdodlar merosiga qiziqish lozimdir. Ajdodlarimiz ishlarini va jasoratlarini xotiramizda jonlantrib, yangi fuqarolik ongni shakillantrish, axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylantrish lozim.
Yangi O‘zbekiston barpo etish yo‘lida - yoshlar yaxshilik va yomonlik haqida bilishlari zarur.
“Inson o‘z xatti-harakatiga o‘zi sohib bo‘lishi,yaxshilikning yomonlikdan ajrata oluvchi aqlga ega bo‘lishi kerak. Inson o‘z aql-idroki va irodasiga tayanib yaxshi yoki yomon ishlarni bajarishga qodir. Shuning uchun u oxratda savobga yo jazoga noil bo‘lur. Jannat va do‘zax abadiydir.” Al-Moturidiy.
Ajdotlarimiz merosini yoshlarga sodda va tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishda, maqollar bilan jozibali bo‘ladi.
Ki har kim ayon etsa yaxshi qiliq,
Etar yaxshilikdin anga yaxshilik.
Alisher Navoiy
Agar yaxshiliq qilsa, savob topar va yomonlik qilsa, azob topar.
Do'stlaringiz bilan baham: |