Uchinchidan, jahon hamjamiyati va O’zbekiston munosabatlari bugungi kuning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Mavzuning o’rganilish darajasi: Mustaqillikka erishishi narijasida O’zbekiston o’z tarixiy taraqqiyot yo’lini o’zi erkin tanlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Istiqlol uning uchun jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo sifatida kirish imkoniyatlarini ochib berdi. O’zbekiston davlatining asosiy maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisoyotiga, samarali tashqi siyosatga ega bo’lgan huquqiy – demokratik davlatni barpo etishdan iborat bo’lib qoldi.
Mavzuni o’rganilish borasida to’xtaladigan bo’lsak, avvalo Prezidentimiz I.A.Birinchi Prezidentimiz Karimovning mavzuga oid asarlari1 alohida o’rin tutadi. Chunki shu asarlarda xalqimiz mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatimizni jahon hamjamiyatida qo’shilishining asosiy tamoyillari va yo’nalishlari batafsil yoritib berilgan.
Bundan tashqari mavzuning turli davrlarga oid bo’lgan adabiyotlar ham mavjud bo’lib, ular ham mavzuning mazmun mohiyatini ochib berishda muhim manbabo’lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, Yu.E.Ivaninning “Yangi davrda Yevropa diplomatiyasining tarixshunosligi” asarida xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan. Shu bilan birga M.S.Gaferli va A.N.Kosayevlarning “Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot asosi” nomli asari ham mavzuning nazariy jihatlarini ko’rsatib berishda muhim manbalardan biri bo’lib xizmat qiladi2
I.BOBO. Yangi davrda osiyo mamlakatlari shaharlari
Markaziy Osiyoda mustaqil xonliklarning vujudga kelishi
XX asrning oxirida yuz bergan buyuk voqea sifatida tarixga kirgan sotsializm sistemasining yemirilishi, shubhasiz, tarixchilarning diqqat markazida turishi tabiiy. Markaziy va Janubi – Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda, shuningdek, sobiq SSSR da yuz bergan o’zgarishlar jarayonining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini chuqur o’rganish hamda tegishli xulosalar chiqarish, amalga oshirilayotgan islohotchilik harakatlarini qiyosiy ravishda tahlil qilish nihoyatda ahamiyatlidir1.
XX asr 80 yillarning o’rtalariga kelib, Sobiq Ittifoqda tanglik holati kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda ma’muriy taqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi. O’zbekiston Sobiq Ittifoq tarkibiga bo’lgan vaqtda xalqaro aloqalar faqat Markazning ruxsati va nazorati ostida amalgam oshirilar edi. O’zbekistonning sovet tuzumi doirasidagi xalqaro aloqalari haqida gapirganda shuni ta’kidlash kerakki, bu aloqalarning rivojlanish va ifodalanish shakllari sovet davlati tashqi siyosatining qing’irliklari bilan mustahkam bog’lanib ketgan bo’lib, ittifoq rahbariyatining strategic yo’l – yo’riqlarini va mustabid o’tmish burilishbosqichlaridagi jamiyat ahvolining o’ziga xos tomonlari ta’sirini boshdan kechirdi.
O’zbekistonning faol ishtiroki bilan Pokiston bilan Hindiston o’rtasidagi tinchlik bitimi 1966 yilda Toshkentda imzolandi: Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi fan va madaniyat xodimlarining xalqaro konferensiyalari, simpoizumlari, konferensiyalari, ijodiy uchrashulari, kinofestivallari o’tkazildi. O’zbekiston sotsialistik mamlakatlarga zavod va fabrikalar, xo’jalik obyektlari, barpo etadigan, asbob uskunalarni montaj qiladigan, ularni ishlatishni yo’lga qo’yadigan mutaxassislarni yuborar edi. Masalan, “Toshtekstilmash” zavodi 1958 – 1967 yillarda sotsialistik mamlakatlarga to’qimachilik jihozlarini o’rnatish va ishga tushurishga qatnashish uchun o’zining 44 nafar vakilini yubordi. O’zbekistonlik mutaxassislar Bolgariya, Kuba, Vetnam, Mo’g’iliston dehqonlariga respublikamizdan etkazib berilgan qishloq xo’jalik texnikasini o’zlashtirishda, melioratsiya – irrigatsiya ishlarini tashkil etish, paxta va boshqa ekinlarni etishtirish tajribasini egallashda katta yordam ko’rsatdilar. O’zbekiston vakillari o’zlarining baynalmilal burchlarini bajara borib, Afg’oniston, Nepalga, Shri – Lanka, Hindiston, Eron, Iroq, Suriya, Kampuchiya, Laos, Jazoir, Gviniya, Mali, Tunisda hamda boshqa ko’pgina mamlakatlarda yuzlarcha muhim xo’jalik obyektlarini (zavod va fabrikalar, gidrostansiyalar, irrigatsiya inshootlari, yo’l va ko’priklar sovxozlar va shu kabilarni) barpo etishda faol ishtirok etdilar. O’zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida Afg’onistonda Nagla GESi qurildi, Angola, Jazoir, Yaman, Arab Respublikasida qishloq xo’jalik tajriba stansiyalari tashkil etildi. 1974 yilga kelib, Osiyo va Afrikaning deyarli 20 mamlakatida O’zbekistonlik 400 dan ortiq mutaxassis mehnat qilardi.
80 – yillarda esa respublikamizdan yuborilgan mutaxassislar 46 ta mamlaktda faoliyat ko’rsatdilar. O’zbekistonning horijiy mamlakatlar bilan avvalo sotsilistik yo’nalishdagi va “uchinchi dunyo” mamlakatlari bilan o’zaro munosabatlarida respublikaning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitish tizimi orqali mutaxassislar tayyorlash tajribasi qo’l keldi. 60 – yillarning birinchi yarmidayoq, O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan kelgan 50 dan ortiq talaba ta’lim oldi, ular paxtachilik, irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash sohalariga ixtisoslashgan edilar.
80 – yillarda O’zbekistonda 25 ta oliy o’quv yurtida har yili jahonning 84ta mamlaktidan, shu jumladanOsiyo mintaqasidagi 22 mamlaktdan kelgan 3 mingdan ortiq talaba ta’lim oldi. Shuningdek har yili O’zbekistonning o’rta maxsus o’quv yurtlarida 270 dan ortiq xorijlik yoshlar o’qidilar. O’zbekistonda xorijlik mutaxassislarning tayyorlanishi odatda o’zaro manfaatli asosda emas, balki Markaz ko’rsatmasi bilan bepul asosda olib borildi. Xorijiy yoshlarning bu yerga kelib o’qishining maqsadi, xorijiy mutaxassislarning kasb mahoratini oshradigan fanlar 2 – darajali bo’lib qolgan edi.
70 – 80 – yillarda xorijiy mamlakatlarga ilmiy xizmat safariga yuborilgan taniqli o’zbek olimlari orasida seysmaloglar A.N.Sultonxo’jayev va V.V.Shcheglov, akademiklar S.A.Azimov , B.O.Toshmuhammedov, G’.O.Mavlonov, H.F. Fozilov, I.H.Hamroboyev va boshqalar bor edi. O’z navbatida xorijiy mamlakatlar deligatsiyalarining O’zbekistonga kelishi ortib bordi. 1971 – 75 – yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining turli institutlariga 100 dan ortiq olimlarni o’z ichiga olgan 328 ta deligatsiya tashrif buyurdi. Xalqaro aloqalarning kuchayishi, ilmiy olamning O’zbekistonni o’ziga xos tarzda “kashf etishi” bilan bir qatorda, Toshkent ana shu yillarda xalqaro uchreashuvlar, konferensiyalar va seminarlar o’tkaziladigan markazlardan biri sifatida dunyoga tanildi. 1969 – 70 – yillarda O’zbekistonda 20 dan ortiq, keyingi 10 yilliklarda esa 10 dan ortiq yirik xalqaro anjumanlar o’tkazildi. 80 – yillarning o’rtalariga kelib bu aloqalar ko’rsatib o’tilgan shakllar bilan bir qatorda o’zbek olimlarining xorijiy mamlakatlarda ma’ruzalar bilan chiqishlari, xorijiy aspirantlarning O’zbekiston Fanlar Akademiyasi institutlada va universitetlarida stajmrovkadan o’tishlari birgalikdagi ekspeditsiyalar o’tkazish yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro madaniy aloqalari 50 – yillardan boshlab qo’yildi. O’zbek adabiyoti arboblarining ijodini xorijdagi kitobxonlar zo’r qiziqish bilan o’qib o’rganishardi. 70 – yillarning o’rtalarida respublikamizda nashr etilgan kitoblardan 20 dan ortig’i xorijiy tillarga tarjima qilingan bo’lib, ular dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlariga tarqaldi. Bular G’.G’ulom, P.Tursun, Oybek, A,Qahhor, Zulfiya, Sh,Rashidov, H.G’ulom, A.Muxtor, R.Bobojon, P.Qodirov, O.Yoqubov va boshqalarning asarlari edi. G’.G’ulomning “Shum bola” , H.Olimjonning “Lirika”, R.Fayziyning “Hazrati inson”, R.Bobojonning “Obu - hayot”, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlari va boshqalar xorijiy kitobxonlarning yuqori bahosiga sazovor bo’ldi. O’zbek adabiyoti arboblaridan ayrimlari xorijiy davlatlarning yuksak mukofatlariga sazovor bo’ldilar. Bulardan shoira Zulfiya Hindiston bilan Sobiq Ittifoq o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash sohasidagi faol xizmatlari uchun J.Neru nomidagi mukofot sovrindori bo’ldi. U yana Bolgariyaning Kirill va Mefodiy ordeni bilan ham mukofotlandi.
60 – 70 – yillarda O’zbekistonning teatr jamoalari, yetakchi sahna ustalari xorijiy mamlakatlar – Vengriya, GDR , Chexoslabakiya, Polsha, Mo’g’iliston, Jazoir, Fransiya, Yaponiya, Angliya, AQSH va boshqa mamlakatlarga gastrolga bordilar. O’zbekistonning san’at sohasidagi hamrolik xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalari alohida o’rin tutadi. 1965- 75- yillarda O’zbekiston teatr san’ati xodimlaridan 100 dan ortiq kishi Yevropa va Osiyoning 40 dan ortiq mamlakatiga safar qildilar. Ular orasida xalq artistlari Mukarrama Turg’unboyeva, Galiya Izmaylova, Bernora Qorayeva, Saodat Qobilova, Muxtor Ashrafiy, Tamaraxonim va boshqalar bor edi. “Bahor” xalq raqs ansambli besh qit’a mamlakatlari Hindiston, Shvetsiya, Vengriya, Bolgariya va boshqa davlatlarda bergan konsertlarda zo’r olqishlarga sazovor bo’ldi, o’zbek xalqining raqs san’atini dunyo xalqlariga tanitdi. 1978 – yilda ansambl Italiyaning 15 ta shahrida, Mal’t orolida va Fransiyaning 14 ta shahrida konsertlar berdi. 1979 – yilda AQSHda mazkur jamoaning gastrollari muvaffaqiyatli o’tdi. 1984 – yilda ansambl dunyoning 8 ta mamlakatida – Iordaniya, Peru, Gretsiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Portugaliya, Efiopiyada bo’lib o’tgan ittifoq kunlarida qatnashdi “Yalla” davlat vocal cholg’u ansambli GDR da bo’lib o’tgan eng mashhur yoshlar jamoalarining chiqishlarida zo’r muvaffaqiyat qozondi. Shunday qilib, 50 – 80 – yillarda xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy – madaniy aloqalari ittifoq tasarrufida, uning mafkuraviy andozalari va ko’rsatmalari asosida amalgam oshirilgan va sotsializm yutuqlarini jahonga tanitishga xizmat qilgan bo’lsa – da , lekin uning zaminida o’zbek xalqining buyuk ajdodlari, uning ilg’or ziyolilari va ularning ijodiy yutuqlari va kashfiyotlari noyob namunalari yotar edi. Ana shu mungli namunalar mafkuraviy cheklashlarga va millat sifatida kamsitishlarga qaramasdan, o’zbek xalqini, uning milliy madaniyatini dunyoga tanitishda muhim omil bo’lib xizmat qildi. 80 – yillarning o’rtalarida boshlangan “qayta qurish” jarayonida markaz bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarda azaldan mavjud bo’lgan ziddiyatlar, oshkorolik demokratiyalashtirish tufayli yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. 80 – yillarning ikkinchi yarmida Markaz bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarda mavjud bo’lgan nomutanosibliklar, nomuvofiqliklar va xal qilinmagan masalalar boshqa muammolar bilan qo’shilib qonuniy ravishda mustabid tuzumni inqirozga olib boruvchi omil sifatida maydonga chiqdi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari Sobiq Ittifoq tashqi savdo vazirligi hamda boshqa tegishli ittifoq tashkilotlar nazoratida va boshqaruvida edi. Mustabid tuzum tomonidan kundan – kunga kuchyib brogan ixtisoslashuv va kooperatsiyalash O’zbekistonning erkin xo’jalik yuritish uchun imkom bermas edi. Bu esa O’zbekiston bilan Markazning milliy manfaatlari o’rtasida ziddiyatni yanada kuchytirib yubordi. 1990 – yilda e’lon qilingan ittifoq shartnomasi loyihasida ustuvorlik yana ittifoq markaziga berildi, respublikalarning huquqlari yana cheklanganligicha qolverdi; respublikalar xorijiy davlar bilan aloqa qilishda ovoz va huquqdan yana mahrum etildilar. 1991 – yil mart oyida respublika vakillari tomonidan ittifoq shartnomasining boshqa loyihasi tayyorlandi, bu loyiha “Suveren respublikalar ittifoqi to’g’risida” deb ataldi. Sobiq Ittifoq Prezidenti va 9 ta ittifoqdosh respubliklar rahbarlari ishtirokida Novo – Ogarivoda bo’lib o’tgan yig’ilishda prinsipal nizoli masalar yuzasidan tomonlarni qanoatlantiradigan bitimga kelishib olindi. “Suveren davlatlat ittifoqi to’g’risida”gi shartnomani tuzishga kelishib olindi. Hatto yangilangan ittifoq ham O’zbekiston va boshqa respublikalarni mustabid tuzumni qayta tiklanish xavfidan saqlab qola olmas edi. Biroq jamiyatning demokratiyalashuvida bu tuzumning qudratida ancha zil ketdi, ijtimoiy tuzumning va milliy munasabadlarning sifat jihatidan yangi tamoilllariga o’tish uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |