Markazii Osiyo madaniyatiga Rus va dunyo madaniyatining ta’siri
Hozirgi kunda barcha xalqlar va davlatlar yer yuzida bo’layotgan voqealar, taraqqiyot jarayonlari bilan uzviy bog’langan sharoitda yashamoqdalar. Chunki dunyoning u yoki bu mintaqalarga ham o’z ta’sirini ko’rsatish tabiiy. Bu to’g’rida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Birinchi Prezidentimiz Karimovning 2000 – yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqini eslash joiz: “Kimki qandaydir tor xavfsizlik qobig’iga o’ralib, bu Yevropa, Amerika yoki boshqa biror mintaqaga taalluqli deya “o’zga” davlatlar muammolaridan go’yo chetda turishga intilayotgan bo’lsa, mavjud voqelikdan tamomila yiroqdir, bugun dunyo mamlakatlari bir – biri bilan uzviy bog’liq va ajralmasdir ”1. shu sababdan sodir bo’lgan bunday o’zgarishlarni chuqurroq o’rganib, ularga o’z munosabatimizni bildirishimiz muhim.
Prezidenti I. Birinchi Prezidentimiz Karimov o’zining “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” degan ma‘ruzasida “Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g’oyaga amal qilish lozim. Bu g’oyaning ma‘nosi shuki, birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo’lish tamoyillarini o’zida aks ettirgan qonunlar ustuvorlik kasb etishi darkor”2, - deb ta‘kidlaydi (I. Birinchi Prezidentimiz Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. 1996 yil 49 bet).
Davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosatning samarali bo’lishi ko’p jihatdan davlatlarning tashqi siyosati sohasida amal qiladigan tamoyillarda aks etadi. Yuqorida sanab ko’rsatilgan tamoyillardan tashqari davlatlar tashqi siyosatining ishonchli bo’lishida g’oyaviy muxoliflikdan voz kechish tamoyiliga amal qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar masalalariga doir muammolarni hal qilish ishida faollik ko’rsatish tamoyili davlatlar tashqi siyosatida muhim o’rin egallaydi. Sanab ko’rsatilgan tamoyillar har bir mamlakatning manfaatlariga mos kelishi kerak.
Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: bosqinchilik, zo’ravonlik siyosati va tinch hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik siyosati.
Tashqi siyosatga xos bo’lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir.
Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‘lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi.
Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik.
Yer yuzida davlatlar sonining ko’payishi va rivojlana borishi ular o’rtasidagi munosabatlarning yanada takomillashib borishiga olib keldi. Mamlakatlar o’rtasida hamkorlikning xilma-xil shakllari tashkil topib bordi va ular xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Hamkorlikning bunday shakllari orasida siyosiy hamkorlik munosabatlari ham rivojlandi.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar har bir yangi tarixiy davrda o’z aksini topib keldi. Masalan, XX asrdan XX1 asrga o’tish bosqichida dunyoda ikki qutbli siyosiy munosabatlar davri yo’qolib, ko’p qutbli siyosiy munosabatlar davriga o’tilgan bir paytda yashamoqdamiz. Buning ma‘nosi shundaki, ilgari yer yuzida bir-biriga tubdan qarama – qarshi ikkita katta siyosiy lager-kapitalistik va kommunistik lagerlar mavjud bo’lib, ular jahon miqyosidagi qarama-qarshiliklarning ikki qutbini tashkil etar va yer yuzida butun jahon urushining boshlanib ketishiga zamin bo’lib kelar edi. Bu kuchlarning kommunistik lager yetakchisi SSSRning parchalanishi, jahon kommunistik tuzumining ham parchalanishiga sharoit tug’dirdi. Bunday sharoitda voqelikka umumjahon tsivilizatsiyasi nuqtai-nazaridan sog’lom aql pozitsiyasidan turib qarash davr talabiga aylandi.
Bugungi kunda Yer yuzida turli xil davlatlar, xalqlar, millatlar, elatlar, turlicha dinlar, mazhablar o’rtasida bir-birini tushunishga, bir-birini anglashga, bir-birini qo’llab-quvvatlashga intilish kuchaygan. Bu bir-birining nuqtai-nazarlari bilan hisoblashishga, bir-biriga nisbatan toqatli bo’lishga da‘vat etadi.
Chunki, bunday muammolarni yechishga bitta davlat yoki bir mintaqada yashovchi aholining qurbi yetmaydi. Shunday vaziyatda ko’pchilik davlatlarning hamkorligi va ittifoqi kerak bo’ladi.
Asrimizning oxiriga kelib va XXI asr arafasida insoniyat taraqqiyotida bundan buyongi rivojlanish juda ko’p omillar ta‘siri ostida jiddiy tarzda o’zgarib, tobora o’zaro bog’liqligi, yaxlitlikka va bir xillikka intilishi zo’rayib borayotganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Hozir biz yashab turgan dunyo o’ta murakkab, rango-rang, jo’shqin, ehtiroslarga, ziddiyatlarga to’lib toshgan, bir-biriga qarama-qarshi an‘analar bilan yo’g’rilgan g’oyat murakkab muqobilliklar, tashvish va orzu-umidlar dunyosidir.
Biz yashab turgan hozirgi dunyo taraqqiyotining qonuniyatlaridan biri uning birligi va yaxlitligi tomon og’ishmay rivojlanayotganidir.
Hozirgi kunga kelib insoniyat qanchalik ijtimoiy, milliy, siyosiy, irqiy, diniy va boshqa belgilardan kelib chiqqan xilma-xil to’siqlar bilan turli guruhlarga ajratib tashlangan bo’lmasin, xalqlarning turmush tarzlarining hammasi bitta sayyora-Yerda istiqomat qiladilar, hamma uchun bir umumiy bo’lgan muhitda hayot kechiradilar.
Insoniyat taraqqiyoti muqarrar tarzda tobora birlik, yaxlitlik, bog’liqlik, hamjihatlik tomon yuksalib borib, pirovardida jahon hamjamiyatini umuminsoniy hamdo’stlik darajasida olib chiqadi va uni jahon miqyosida siyosiy boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. “Turkiston umumiy uyi”, “Osiyo – Tinch okean mintaqasi birligi”, “Amerika birligi”, “Afrika birligi”, “Atlantikadan Uralgacha umumovrupo uyi” va h.k. g’oyalar real voqelikka aylanishi uchun hozirgi jahon siyosatining nazariy va ilmiy – metodologik tarzda tahlil qilinayotgan o’zaro bog’liqligi insoniyatga katta ishonch va umid bag’ishlaydi.
Haqiqatdan ham hozirgi dunyoning o’zaro bog’liqligi va ularning rivojlanishi dunyoning birbutunligidan kelib chiqqan holda qurilmoqda. Chunki bir mamlakatga vujudga kelgan muammo boshqa mamlakatlarga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bunday muammolarni hal qilish ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar oldida turgan vazifalarga aylanib bormoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Ziddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning ma‘nosi shundaki, xalqaro siyosiy munosabatlarda bu munosabatlarning rivojlanishiga to’siqlik qiluvchi muammolar paydo bo’lib turadi.
Hozirgi davrda xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan ziddiyatlar quyidagilardan iborat.
a) xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
b) har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan ularning baynalminal manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
v) xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi sub‘ektlarning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
g) xalqaro siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan uning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar.
Insoniyatning ko’p ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida oldinlari hech bo’lmagan va kutilmagan vaziyat yuzaga keldi: Ommaviy qirg’in qurollari, birinchi navbatda, termoyadro qurolining vujudga keltirilib, tobora takomillashtirib borilishi natijasida insoniyat hayot-mamoti, tsivilizatsiyasi uchun termoyadro xalokati xavfi tug’ildi, insonning ishlab chiqarish faoliyati ko’lami kengayib va ko’payib borgani sari jahon tsivilizatsiyasi va inson hayot mamoti uchun ekologik xalokat xavfi tug’ilib, kuchayib bormoqda.
Es-xushi joyida bo’lgan har bir odam shuni yaxshi tushunadiki, termoyadro va boshqa ommaviy qirg’in qurollarini qo’llab, olib borilgan urushdan keyin atmosfera, yer va suv radiatsiya bilan zaxarlanib, ob-xavoning mudxish tarzda o’zgarishi, yer yuzi buylab tarqalishi faqat odamlar avlodining qurib ketishigina emas, balki xayvonot hamda o’simlik dunyosining ham ko’pchilik qismi yer yuzidan yo’q bo’lib ketishiga olib keladi. Yer sayyorasida umuman ongli hayot yana qaytadan vujudga kelishi mumkin bulmay qoladi.
Jahon siyosati keng qamrovli, serqirra va xilma-xil xalqaro munosabatlar mazmuniga ega bo’lib borgani sari barcha umumbashariy muammolarni faqat “o’zining” tuzumi manfaatlari, faqat “o’zining” milliy-davlat maqsadi intilishlari nuqtai nazarida turib emas, balki hozirgi dunyoning birligi, yaxlitligi qonun-qoidalarini to’g’ri anglagan holda yechish yo’llarini topish ijobiy samara keltirib, maqsadga erishish imkoniyatini yaratib beradi.
“Xavfsiz dunyo, - deb ta‘kidladi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, - umuman, butun insoniyat uchun ham, huquqlari uchun kurashda ozmuncha nayzasi sinmagan har bir inson uchun ham oliy maqsaddir. Bugungi kunda jahondagi ko’pgina mintaqalarda yuz berayotgan, odamlarni eng asosiy huquqi – yashash huquqidan mahrum qilayotgan qonli to’qnashuvlar to’xtatilmas ekan, inson huquqlari va insoniyat taraqqiyoti sohasida erishilgan yutuqlar to’g’risida jiddiy gapirib bo’lmaydi” (I. Birinchi Prezidentimiz Karimov “Bunyodkorlik yo’lidan”. T., 1996 y, T-4, 35-bet).
Hozirgi jahon siyosatining o’ziga xos xususiyati shundaki, har bir davlat o’zining tashqi siyosatini belgilashi jarayonida boshqa mamlakatlarning ham maqsad manfaatlarini hisobga olishi shart. Bu davrning amri va talabidir.
Xozirgi davr muammolarini belgilab beruvchi ikki siyosiy moyillik – dunyo birligi va yaxlitligi aniq xisobga olingan holdagina to’g’ri xal qilish imkoniyati yaratiladi.
O’zbekiston Mustaqilligining dastlabki yillarida o’zining Konstitutsiyasi, Davlat bayro’gi, gerbi va madhiyasiga ega bo’ldi. 1991 – yil 18 – noyabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. Bayroqdagi havorang – zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy lojuvard – havorang sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham o’z bayrog’iga bu rangni tanlagan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda juda murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan birga uning madaniy hayotida ham tez va shiddatli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiya, din, mafkura sohasida turli oqimlar paydo bo‘ldi, ular orasidagi munosabatlar murakkab tus oldi. Yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar harakati vujudga keldi.
1917 yildagi butun rossiyada yuz bergan fevral va oktyabr inqiloblari uning mustamlakasi bo‘lmish Turkistonda ham to‘ntarishlarga olib keldi.
Sovet davrida juda ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta’sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘rgartirishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
30-yillarda madaniy-oqartuv masalalari tarmog‘i kengayishda davom etib bordi. Yirik sanoat korxonalarida madaniyat saroylari bunyod etildi, qishloq xo‘jalik artellari qoshida kolxoz klublari ochildi, rayon madaniyat uylari barpo etildi, kutubxonalar tarmog‘i kengayib, ularning kitob fondlari boyib bordi, kinoteatrlar, klub va madaniyat uylari qoshidagi kino qurilmalarining soni ko‘paydi, stadion va sport maydonchalari jihozlandi. Ko‘p miqdorda kitob, gazeta va jurnallar nashr etildi. Radio eshittirishlari aholining kundalik turmushida rasm bo‘lib qoldi.
Biroq, 30-yillarda qaror topib borgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig‘inish mafkurasi respublikaning ijodiy xodimlarini, uning butun ma’naviy hayotini qattiq iskanjaga oldi. Ijodiyotni partiyaviylik tamoillariga, mafkuraviy qoida-qonunlarga bo‘ysundirish, dunyoni badiiy tasvirlashni qo‘pol ravishda sotsiologiyalashtirish uchun keng yo‘l ochib berdi, dunyoviy imkoniyatlarni toraytirib qo‘ydi. Partiyaning yangi turmushni madh etishga, xalq o‘tmishiga nigilistik munosabat paydo bo‘lishiga qaratilgan siyosati badiiy jarayondagi tarixiy izchillikni unutib yuborishga olib keldi. Madaniyatda murakkab ijtimoiy muammolarni bezatib, yengil tusga kiritib ko‘rsatish, hato va kamchiliklar to‘g‘risida sukut saqlash tendensiyalari paydo bo‘la boshladi. Oqibatda hayotiy haqiqat buzilib, san’atning tarbiyaviy salohiyati pasaytirib yuborildi.
30-yillardagi qatog‘onlar milliy madaniyat uchun dahshatli fojeaga aylandi. qonunchilikni qo‘pol ravishda buzilishi va inson qadr-qimmatlari poymol etilishi tufayli milliy madaniyat o‘rni to‘lmaydigan darajada zavol ko‘rdi. Iste’dodli adabiyot va san’at arboblari Abdulla qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Shokir Sulayman, Ziyo Said, Elbek, A’zam Ayub, Usmon Nosir, qosim Sorokin, Muhammad hasan, Abdusalom Niyoziy, Otajon Hoshimov va boshqalar milliy madaniyat quchog‘idan uzib olinib xalq dushmanlari deb e’lon qilindi. qatog‘on qilingan va ta’qib ostiga olingan shoir va yozuvchilarning asarlaridan foydalanish necha-necha yillar mobaynida taqiq bo‘lib turdi. Nohaq unittirib yuborilgan, ko‘pincha esa jismonan ham yo‘q qilingan jasur xalq farzandlarining asarlari shaxsga sig‘inish tugatilganidan keyin garchi xalqqa qaytarib berilgan bo‘lsa-da, o‘limidan keyingi hech qanday shon-shuhrat ular boshidan kechirgan tahqir-u qiynoqlarning alamini bosa olmaydi.
Din va dindorlarni ta’qib qilish xalqning ma’naviy madaniyatiga nihoyat darajada katta zavol yetkazdi. Ma’muriy-buyruqbozlik tartiboti o‘rnatilishi bilan dinga ilmiy nuqtai-nazardan yondoshish inkor etila boshlandi. Din bilan ateizmning dunyoqarash jihatidan bir-biriga qarama qarshiligi siyosiy qarama-qarshilik bilan almashtirildi. «Sotsializmda dinga o‘rin yo‘q, unga din begona» degan qoida ustun bo‘lib qoldi. Shunday qilib unga nisbatan salbiy munosabat dinga qarshi zo‘rlik ko‘rsatishga aylanib ketdi. Na masjidlar, na cherkovlar, na dindorlar shu qadar miqyosdagi ta’qiblarni boshidan kechirmagan edilar. O‘zbekiston ruhoniylarining asosiy qismi 30-yillarda qamoq lagerlariga jo‘natildi. Masjid va madrasalarning deyarli hammasi o‘tmishda garchi diniy marosimlarni o‘tkazish o‘choqlari bo‘libgina qolmasdan, xalqning buyuk merosini saqlab, boyitib kelgan madaniyat, ilm, tarbiya, san’at markazlari ham bo‘lganiga qaramay berkitib qo‘yildi.
Sobiq Sovet davrida Respublika madaniy hayotida progressiv va regressiv taraqqiyotning bir-biriga qarama-qarshi tendensiyalari tobora kuchayib bordi. 70-yillar va 80-yillarning birinchi yarmida, xuddi boshqa sohalarda bo‘lganidek, O‘zbekistonning ma’naviy hayotida ham inqirozga xos vaziyat vujudga keldi. Shu bilan birga ushbu yillar davomida respublika madaniyati umuman muayyan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Madaniyat, maorif muassasalarining tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi, bularni moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, aholining umumiy bilim darajasi o‘sib, ijodiy ziyoliylar safi kengayib bordi. Talaygina ajoyib badiiy asarlar, teatr, musiqa asarlari yaratildi. Madaniyat va san’atning rivojiga iste’dodli yoshlarning butun bir katta guruhi qo‘shildi, milliy o‘z-o‘zini anglashning o‘sish jarayonlari belgi berib qoldi.
Ma’naviy, badiiy hodisalarni baholashda sinfiylik, partiyaviylik singari, mafkuraning badiiyat ustidan hukmronligi singari prinsiplaridan foydalanish, adabiyotda sotsialistik realizm usulining ustuvorligi madaniyat va san’atning rivojlanishiga to‘g‘anoq bo‘ladigan mexanizmni vujudga keltirdi. Bu prinsiplar partiyaning cheklanmagan totalitar hukmronligi taziqi ostida zo‘rlik bilan amalga oshirib borildi. Ziddiyatlar, qarama-qarshiliklarning sababi ham xuddi ana shunda. Ma’naviy sohada, bir tomondan, chindan ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berib borgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, inqirozga xos vaziyat yuzaga kelib bordi.
Tub milliy manfaatlarni unutib qo‘yish, zo‘r berib baynalminallashtirish madaniy qurilishda salbiy rolni o‘ynadi. Partiyaning madaniyat sohasida baynalminal madaniyatni birinchi qo‘yadigan siyosati milliy madaniyatni rivojlantirish rejasini, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulardan ma’naviy rivojlanishda foydalanishni orqa o‘ringa surib qo‘ydi. Madaniyatni mafkuralashtirish axloq-odob, adabiyot, san’atning samarali milliy zamindan ajralib qolishiga sabab bo‘ldi, tarixiy xotira, milliy an’analar va odatlarni unutib yuborishga olib bordi. Baynalminal madaniyatning ustivor tarzda rivojlanishi O‘zbekiston tub xalqlari tillarining qo‘llanish sohasini toraytirib qo‘ydi.
Ma’naviy sohani boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi mustahkamlanib borishi bilan birgalikda fikr-mulohazalar va baholarning obro‘yiga ko‘r-ko‘rona itoat qilish, ijodiy faoliyatga qo‘pol ravishda aralashish, ijodiyotni eng oddiy erkinliklardan ham mahrum qilish rasm bo‘lib bordi. Ma’naviy hayotga buyruqbozlik yo‘li bilan rahbarlik qilish, mafkuraviy cheklashlar, to‘g‘anoq mexanizmi, madaniy siyosatdagi ziddiyatlar, ma’naviy soha ehtiyojlarini inkor etish jamiyatning ma’naviy hayotida inqirozli holatlarni yuzaga kelishini belgiladi.
Uzoq va yaqin o‘tmishni hayoldan o‘tkazib, mohiyatini anglashda 1991 yil 31 avgust kuni – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil deb e’lon qilinishi tarixiy voqea bo‘ldi. U milliy o‘zlikni anglash, tom ma’nodagi milliy yuksalish uchun sharoit yaratdi.
Jamiyat va millat tarixi, taqdirida yangi davr – Istiqlol davri boshlandi.
«Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi, – degan edi I.A. Birinchi Prezidentimiz Karimov, – Kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan yaratadigan bo‘ldik. Hayotimiz va yashayotgan xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga umumbashariyat e’tirof etgan demokratik mezonlarga monan qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo‘ldik».
Xulosa
Mustaqil davlatimiz xavfsizligini ta’minlash borasida barcha xalqaro mintaqaviy tashklilotlar bilan ko’p tomonlama hamkorlik qilishning afzalliklaridan unumli foydalanishga intilmoqda. Bu jihatdanuning butun dunyo miqyosida siyosiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan bir qancha yirik davlatlar bilan tenglikka asoslangan hamkorlik yo’li tanlanganligida yaqqol ko’rinmoqda.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Bugun hech mubolag’asiz, g’urur va iftixor bilan aytish mumkinki, mustaqillikka erishganimizdan buoyn o’tgan tarixan qisqa davr ichida mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi”1. Bugungi davrda dunyo tinchligini saqlashda xalqaro hamkorlik va diplomatic munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni hisobga olib, quyidagicha xulosa qilindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |