Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti. 2-savol. Yangi o’zbekistonda fuqarolik jamiyati nazariyasining manaviy-ma’rifiy asoslari tayanch tushunchalar



Download 48,84 Kb.
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi48,84 Kb.
#925171
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу

Madaniy modernizatsiyalashuv – alohida olingan jamiyat, davlat ijtimoiy taraqqiyotining yuksak darajadagi bosqichga o‘tishi, jamiyat va shaxsning har tomonlama (ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy, siyosiy, huquqiy va boshqa) kamol topishini anglatadi.
Modernizatsiya o‘zining milliy va madaniy xususiyatlariga ega bo‘lishi ham mumkin. Fikrimiz dalili sifatida hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. XX asr oxirlarida ilmiy adabiyotlarda “postmodernizatsiya” tushunchasi ham qo‘llanila boshlandi.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish bilan bog‘liq muhim masalalar va g‘oyalar Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilmoqda. Yurtboshimiz
O‘zbekiston Respublikasi rahbari lavozimiga kelgan dastlabki davrdanoq, mamlakatimizning bir yoqlama ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikdan xalos bo‘lishini nazariyotchisi va amaliy o‘zgarishlar rahnamosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Milliy mustaqilligimizning o‘tgan shonli yigirma ikki yili davomida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra mamlakatni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini tashkil qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Istiqlol yillarida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari, bank-moliya tizimi faoliyatining huquqiy bazasi yaratildi. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish asosini tashkil qiladi, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishga imkon yaratadi. Shu sababli, hukumat tomonidan kiichk biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining soliq yukini kamaytirish, ularning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, 2021-yil mamlakatimiz mustaqilligining shonli 30 yilligi nishonlanganligi bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yili sifatida ham tariximiz zarvaraqlariga yozildi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 2000 yilda yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirga kelib bu ko‘rsatkich 60 foizga yetkanini ko‘rsatib o‘tish lozim.
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuvni iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha davlat siyosatiga qarshi qaratilgan harakat sifatida qarash lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi Parlament Komissiyasi va Jamoatchilik fondi tomonidan e’lon qilinayotgan kichik grant loyihalari tanlovlarida har bir grant loyihasi 40 million so‘m miqdorida moliyalashtirilib kelinmoqda. Fikrimizga misol sifatida ko‘rsatib o‘tish lozimki, 2008-2013 yillar davomida Parlament komissiyasi va Jamoat fondi tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari taqdim etgan turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun 46 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, oxirgi to‘rt yil(2016-2020 yillar)da nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 1270 dan ortiq loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 117 milliard so‘m miqdordagi mablag‘lar ajratildi.5
Mamlakatda ishbilarmonlik muhitining shakllantirilishi fuqarolik jamiyati tamoyillari amal qilishining asosiy shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining ishbilarmonligi, o‘z navbatida, ular farovonligini ta’minlashning muhim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy-ma’naviy negizi hisoblangan ishbilarmonlik muhitini yaratish uchta sektorning o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy sheriklik asosida faoliyat ko‘rsatishi uchun zamin hozirlaydi. Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati yashash tarzining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chuqurroq singib borishida, turli ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalarining o‘zaro ijtimoiy hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ular tomonidan jahon talablariga mos, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda innovatsion loyihalarni zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyatiga keng tatbiq etish, mamlakatni modernizatsiya qilishda alohida o‘rin tutadi. Shu o‘rinda aytish joizki, yurtimizda ilg‘or ilm-fan yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish, texnologiyalarni tashkil qilish va ularda ishlay oladigan hamda jahon talablariga mos mahsulotlarni ishlab chiqarishga qodir kadrlarni tayyorlash muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Mazkur muammoni bartaraf qilib borishda davlat tashkilotlari bilan nodavlat tashkilotlari, ya’ni har uchchala sektor o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kuchaytirib borish zarur.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda kichik biznes sohasida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizdan 75 foizgacha oshganligi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tamoyillari bilan bog‘liq jihatlarni o‘zida namoyon etadi. Aholi daromadlarining 47 foizidan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri kelayotganligi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
Shu tariqa, bugungi kunda O‘zbekistonda kechayotgan faol demokratik yangilanishlar, mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlari siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat hamda jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish orqali fuqarolik jamiyati rivojlantirilmoqda. Zero, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish davrimizning asosiy xususiyatidir.
Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida yaratilayotgan, olimlar tomonidan ishlab chiqilib, ilgari surilayotgan yangicha innovatsion g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy yutuqlarni iqtisodiyotning real sektoriga joriy qilib borishni har jihatdan rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda uchta sektor o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, o‘z navbatida, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mamlakatni modernizatsiya qilishda, davlat va nodavlat sektorlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda, iqtidorli, yuksak intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy faol fuqarolarning roli kattadir. Ular tomonidan ilgari suriladigan innovatsion g‘oyalar mamlakatimizni modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu o‘rinda “innovatsiya” tushunchasi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik.
Innovatsiya” inglizcha (innovation) so‘z bo‘lib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga yangilikni joriy qilish, ilgari surish, yaratish bo‘lib, turli jarayon yoki mahsulotlarni sifat jihatidan yuksalishiga erishishni anglatadi. Innovatsiya insonning intellektual salohiyati va faoliyati natijasidir va u insonning ijodiylikka asoslangan fantaziyasi orqali yuzaga keladi. Innovatsiyani har bir sohada amalga oshirish zarur. Innovatsion g‘oyalar asosan ikki yo‘nalishda bo‘lib, texnologik va ijtimoiy xarakterdagi innovatsiyalardan iborat.
Texnologik innovatsiyalar kunning muhim talabi bo‘lib, texnologik jarayonlarda amal qilib, yangicha va samarali mahsulotlarni olishga erishishni anglatadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi innovatsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu jarayon bilan bog‘liq muammolar alohida tadqiqotlarni talab etadi. Bu xususda to‘xtalmoqchi emasmiz.
Ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar ijtimoiy sohaning turli ko‘rinishlarida amalga oshiriladigan innovatsion o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bizni ko‘proq ana shu jarayon qiziqtiradi va siz, aziz o‘quvchilarni mazkur muammo bo‘yicha baxsga va munozaraga chorlaymiz.
Bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  1. Modernizatsiyalashuv jarayoni jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan o‘zaro uzviy aloqadorligi va uyg‘unligi asosida amalga oshirib boriladi.

  2. Ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan davlat tashkilotlari hamda iqtisodiyot yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi - mamlakatning rivojlanishiga ko‘maklashadi.

  3. Mamlakatimizni iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy (ayniqsa, ta’lim sohasida) jihatdan modernizatsiya qilishda olimlarning rolini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada yuqori darajalarga ko‘tarish, ularning amaliy samaradorligini jahon ilm-fan talablari darajasiga olib chiqish va ularni xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi tatbiqini ta’minlab borish orqali modernizatsiyalashuv jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tildi-ki, modernizatsiyalashgan jamiyat deganda - yuksak texnologik ishlab chiqarishga, jamiyat a’zolari fuqarolik, siyosiy va ijtimoiy huquqlarga ega bo‘lgan jamiyat tushuniladi. Shu ma’noda, aytish joizki, O‘zbekistonning kelgusidagi tom ma’noda modernizatsiyalashuvi, ko‘p jihatdan uning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarida ro‘y beradigan tub o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Shuningdek, mamlakatimizning ijtimoiy sohasidagi innovatsiyalar ijtimoiy sohaning turli ko‘rinishlarida amalga oshiriladigan innovatsion o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, bizni ko‘proq ana shu jarayon qiziqtiradi va siz, aziz o‘quvchilarni mazkur muammo bo‘yicha baxsga va munozaraga chorlaymiz- deb, fikr bildirib o‘tdik. Kelgusidagi maqolamizda ana shu xususda fikr yuritmoq istagidamiz.

Download 48,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish