Yangi davr axloqshunosligi



Download 50,5 Kb.
Sana02.09.2021
Hajmi50,5 Kb.
#162455
Bog'liq
Falsafa 7 seminar


Yangi davr axloqshunosligi

Yangi davr axloqshunosligida tasavvufiy yo`nalishining ham o`z o`rni bor. Bu borada naqshbandiya tariqatining eng kenja bo`g`in mutafakkirlaridan bo`lmish buyuk turk allomasi Muhammad Zohid Qutqu (1897-1980) va uning shogirdi, zamondoshimiz professor Mahmud As'ad Jushonning qarashlari alohida diqqatga sazovor. Muhammad Zohid Qutqu besh jildlik «Tasavvufiy axloq» deb nomlangan fundamental asarida boshqa axloqiy masalalar bilan birga jumardlik mezoniy tushunchasini, Jushon esa o`z asarlarida nafs va uni yengish muammolarini o`rtaga tashlaydilar.

Ular asarlarida inson hayoti oliy qadriyat ekani ta'kidlangani holda, o`zganing hayotini o`zingnikidan oliyroq qadriyat deb qarash g`oyasini ilgari suriladi. Jumardlikning mohiyagi ana shunda. Bunday qarash, shubhasiz hozir zamondoshlarimiz hayotiga kirib kelgan salbiy ma'nodagi o`ta pragmatizmga qarshi kurashda, axloqiy muhitni sog`lomlashtirishda muhimdir.

Jadidchilik aslida ma'rifatparvarlik harakatining ko`rinishidir. Shuning uchun biz bu o`rinda masala bayonini ma'rifat va ma'rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik

Ma'rifatning lug`aviy ma'nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma'rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonidir. Ma'rifat so`zining ko`pchilikdagi ma'nosi maorifdir. Ma'rifat atama sifatida - tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifatli degani — bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir ki­shi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya'ni ma'rifatning ma'lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma'lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, meditsina va boshqalarning ham ma'lum yo`nalishlarini egallaydilar.

Ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi, demak ma'rifat - bilim va madaniyatning qo`shma mazmuni bo`lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir.

Ma'rifat asosan umumiy va o`rta maxsus bilim beruvchi maktab va o`quv yurtlarida tarqatiladi. Ma'rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo`lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o`z ichiga oladi.

Jamiyatda ma'rifat, ya'ni bilim ma'rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma'rifatparvar — ma'rifat uchun kurashuvchi; ilm, bilim chirog`inii yoquvchi; ma'rifat homiysi va tarafdori demakdir.

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o`tishi ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk ongli, oq-qorani tanigan, fidoyisi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko`zlovchi ma'naviyatli. kishilari ma'rifatparvarlik bilan shug`ullanadilar.

Ma'rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatning, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g`oyalarni ilgari suradilar, shu g`oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.

Ma'rifat ma'naviy qaramlik qo’rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma'rifiy uyg`oqligida deb biladilar va ma'rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma'rifatga intilib yashagan. Bu ulkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo`shgan allomalar yetishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavallu­dining 1225 yilligi keng nishonlanganligini misol qilib ko`rsatishimiz mumkin.

O`tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug`bek va boshqalar nafaqat ilm chuqqilarini egallab qolmay, uni - ya'ni ma'rifatni keng targ`ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.

Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o`tmish va ulkan merosga ega. Maxmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon, o`g`li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishokxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr. oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo`li ma'rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga ma'naviy ko`plik va zulm-zo`ravonlikka qarshi bor kuchlarga kurash olib bordilar.

Prezident Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-umidlarining ruyobga chiqishi, deb qaramoq lozim. Behbudiy ma'rifatning ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif bo`limida ishlayturgon musulmonlarning boshini silangiz... o`rtadan niqobni ko`taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz Kuymangizlar hammaga ozodlik yo`lini kursatingizlar...» Mahmudxo`ja Behbudiy erksevarlik millatparvarlik ma'rifatparvarlik g`oyalari uchun ta'qib ostiga olinda va o`ldirildi. Jadidchilik harakatining ko`zga ko`ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori Abdurashid-o`g`li (1878-1931). U Toshkentda to`g`ilgan. Munavvarqori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili deb xalqni savodli va ma'rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fiqarodan kelib chiqib, Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabini ochadi, unga rahbarlik qilib, musulmon bolalarni o`qitadi. O`z zamonasi uchun maqbul bo`lgan «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Er yuzi» kabi darsliklar yozadi. U ko`proq yetimlarni, beva-bechoralarning bolalarini o`qitishga ahamiyat beradi.

Munavvarqori ta'lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko`tarmay jamiyatda katta o`zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini tushunib yetadi.

Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan g`oyalari tufayli sobiq zo`ravon Sho`rolar hukumati uni ta'qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprelda esa otib tashlandi.

Milliy uyg`onishga chorlovchi g`oyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma'naviy inqirozda bo`lishini tanqid qildi, barchani savodli bo`lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» degan g`oyasi ma'rifatparvarlik jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U ma'rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma'rifat ziyosidan bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko`rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloh» kitobida ma'rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o`rganish - butun o`zligimizga qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o`rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik «Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki ilm bizga o`z aholimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fiqoimizni qilich kabi o`tkir qilur, savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To`g`ri yo`lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas'ul bo`lishimizga sabab bulur. Bizlarni ilm jaholat qorong`uligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e'tiqodimizni orttirur...

Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g`ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog`liqdur».

Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq Sho`rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo`ldi. Ularning ko`pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamg`a bosilib, qatag`on qilindi, jadidlar g`oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga opqara surdi. Ja­didchilik bir asr davomida avval kommunistik g`oyaning tazyiqida, keyinchalik esa iskanjasida bo`lib, to`la ravishda namoyon bo`la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o`rganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi. Uni o`rganishga intilganlar ham ta'qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g`oyalari, ma'rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Jadidlarning g`oyalari o`lmas g`oyalar bo`lgani uchun ham mus­taqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi.

Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston ulkasi general-gubernatorlaridan biri A.N.Kuropatkinning o`z kundaliklarida, biz Turkiston xalqlarini yarim asr mobaynida jahon madaniyati va svilizatsiyasidan chetda tutib turdik degan so`zlari yaqqol anglatadi. Lekin, ayni paytda, rus taraqqiyparvar ziyolilari orqali rus va jahon ilm-fani va madaniyati ham chor ma'muriyati to`siqlari orasidan sizib kirar edi. Shu ijobiy ta'sir asta-sekinlik bilan mazlum Turkistonda yangi Uygonish davrini boshlab berdi. Mahalliy ziyolilar orasida o`z xalqini ozod ko`rishga va jahonning boshqa millatlari bilan tenglasha oladigan darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu Uygonish Ovrupa ma'rifatchiligiga nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli bo`ldi. Shuningdek o`rta asrlar o`rtaga tashlagan ma'rifatparvarlik g`oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda yangicha-ma'rifatchilik tarzida namoyon bo`lish imkoniyati yaratildi. Zero, o`sha g`oyalarni yangilangan shakllarda amalga oshira oladigan faoliyatli ziyolilar vujudga kelgan edi. Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar.

Ma'rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib bordi. Bular - maorif (yangicha maktablar ochish, ta'lim usulini yangilash), san'at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot.

Shuningdek, Axmad Donish o`z davridagi johillik riyokorliq poraxo`rlik singari illatlar jamiyatni tanazzulga olib borishini ta'kidlar ekan, din peshvolarining noto`g`ri yo`lga kirib ketganini, shayxlarning yolg`onchiligini, ulamolarning poraxo`rligini fosh qiladi.

Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdak. (1827-1900) she'rlarida ham o`sha davr axloqiy muhiti o`z aksini topadi; u ham din peshvolarining o`zi oxiratga ishonmasliklarini, tovlamachiliq ochko`zlik tekinxo`rlik illatlariga mubtalo bo`lganliklarini va bu bilan islom ildiziga bolta o`rayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi.

Buyuk o`zbek mumtoz shoirlari Furqat (1858-1909), Muqimiy (1859-1903), Dil shod-Barno (1800-1906) asarlaridagi axloqiy muammolar taraqqiyparvarlik g`oyalari bilan chambarchas bog`lanib ketadi. Chunonchi, Furqat «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Tarjimai hol» kabi asarlarida ma'rifatli bo`lish yuksak axloq egasiga xos xislat ekanini, lekin, nodonlik oxir-oqibat turli xulqiy notavonlikka olib kelishini ta'kidlaydi.

Muqimiyning hajviy asarlarida esa o`sha davrda avj olgan firibgarliklar, amaldorlarning noinsofligi, adolatsizligi qattiq tanqid qilinadi. Shoirning «Voqeai Viktor», «Voqeai kur Ashurboy xoji», «Tanobchilar», «To`y» singari asarlari Turkiston xalqari oyog`idan tobora tubanlikka tortayotgan illatlarni ayovsiz fosh etadi.

Turkiston xalqlarining axloqiy yuksaklik va ma'rifat vositasida milliy o`zligini anglash darajasiga ko`tarishda qozoq xalqining buyuk farzandi Abay (1845-1908) axloqiy qarashlarining ahamiyati katta.

Abay she'rlarida, shuningdek «Iskandar», «Mas'ud» dostonlarida ezgulik adolat, mardlik shijoat singari fazilatlar o`rnini illatlar egallab borayotganidan, xalqning yaxshilik bilan yomonlikni farqlay olmaydigan darajaga tushib qolganidan faryod chekadi:

Otalarga o`xshamay qoldi turqing,

Yopiray muncha ketdi, elim, xulqing!

Birlik yo`q, baraka yo`q., buzildi fe'l,

Qani yiqqan davlating, boqqan yilqing?

Umuman olganda, Abayning she'riy asarlarida va, ayniqsa, «Nasihatlar» risolasida kutarilgan axloqiy muammolar bugungi kunda har jihatdan ilmiy tadqiqqa loyiq. Garchand buyuk Turkiston mutafakkiri ko`pgina illatlar haqida o`z xalqiga nisbat berib, fikr yuritsa-da, ular ba'zi bir istisnoli faqat qozoqlarning an'anaviy turmush tarziga taalluqli jihatlarni hisobga olmaganda, umumturkiy ahamiyatga molik axloqiy nuqsonlardir. Shu bois Abayning falsafiy-nazariy hamda amaliy-didaktik fikrlari va talqinlari biz uch un doimo qimmatlidir.

Turkiston ma'rifatparvarlarining yana bir yirik namoyandasi Dilshod Barnoning shogirdi Anbar otindir (1870). Uning axloqiy qarashlari lirik-falsafiy she'rlarida va «Qarolar falsafasi» (1898) risolasida o`z aksini topgan. Anbar otin ham inson axloqiy darajasini akl, ilm-ma'rifat bilan bog`laydi va ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi.

Turkiston ma'rifatparvarlari orasidagi yana bir mutafakkir ta'limshunos, pedagog va axloqshunos Abdulla Avloniydir (1887-1934). Uning XX asar boshlarida Turkistonda mashhur bo`lgan «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913) asari axloqiy muammolarga jadidchilik nuqtai-nazaridan yondoshishi, ko`pchilikka tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Agar Anbar otinning «Qarolar falsafasi» risolasida dolzarb axloqiy muammolarga majoziy-falsafiylik ilmiy, nazariy xulosalar orqali yoritilsa, Avloniy asarida fazilatlar va illatlarga ko`proq tarif berish, ularni sharhlash yo`li bilan yondoshiladi.

Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida an'anaviy-falsafiy yondoshuv bo`lmish antropologik nuqtai-nazar burtib ko`zga tashlanadi. Ammo bu yondoshuvning yangilangan mohiyati shunda ediki, tadqiqot ob'ekti sifatida makon va zamondagi umumiy mavhumiy inson emas, balki, muayyan, XX asr boshlaridagi, milliy ozodlikka, yangicha hayot tarziga intilishni o`z oldiga niyat qilib qo`ygan Turkiston fuqarosi olinadi. Ana shu yangi inson tarbiyasi bosh masala tarzida o`rtaga tashlanadi.

Uning bu boradagi qarashlari hanuz o`z kuchini yo`qotnmaganligini, tarbiya - hozir ham jamiyat uchun dolzarb muammo ekanini Prezident Islom Karimov mashhur nutqlaridan birida (1995 yil 23 fevral) Avloniydan mana bunday deb ko`chirma keltiradi: «Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir».

Turkiston ma'rifatchilari axloqshunosligida tom ma'nodagi milliy qahramonimiz Abdurauf Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» (1914) kitobi alohida o`rin tutadi. Avvalo, shuni aytish kerakki, «Oila» o`zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Unda ham tanqidiy ruh, ham da'vat ruhi kuchli Fitrat ona Turkistonni ozod ko`rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila bilim, axloq, a'mol va erk uchog`i bo`lmogi lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda ko`rishga da'vat etadi. Har jizhatdan sog`lom bo`lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko`tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: «Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli soglom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib, chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor...» — deydi alam bilan Fitrat.

Vatanparvarlik, millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, muallif kitobning birinchi qismini, ma'lum ma'noda me'yoriy dasturilamal tarzida tartib beradi. Undan har bir yangi oila qurmoqchi bo`lgan turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo`lgan holatlarning axloqiy asoslari to’g’risida ham to`xtalib o`tadi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning ilmli, har jihatdan yuksak axloq-odob egasi bo`lishlari uchun ziyolilar orasida jiddiy harakat avj oladi. Zero, oiladagi bola tarbiyasi ya'ni yosh avlod tarbiyasi asosan onalar qo`lida ekani hammaga ayon bo`lib qoladi. Shu bois ilg`or, ziyoli ayollar nafaqat qizlar maktablarini ochib, maktabdorlik qilish, balki axloqiy-tarbiyaviy risolalar yozish yo`li bilan ham bo`lajak ziyoli onalarni voyaga yetkazishga hissa qo`shadilar. Shu jihatdan Olimat ul-Banotning Sankt-Peterburgda 1898 va 1899 yillarda ikki marta nashr etilgan «Muosharat odobi» «(Turmush odobi)» asari o`z vaqtida katta ahamiyatga ega bo`lgan. «Agar xotun o`qigan bo`lsa, o`zining kim ekanligini, vazifasi nimadan iborat ekanligini shak-shubhasiz biladi. Bolalarini esa go`zal tarbiya qiladi, eri bilan yaxshi muomalada bo`ladi va nihoyat Alloh Taolaning amriga muvofiq hayot kechiradi», - deydi risola muallifi.

Unda ayollarning turmushdagi o`rni, oilaviy vazifalari, er-xotin orasidagi munosabatlar, bolalar tarbiyasi uy tutish, nikoh va muhabbat borasida fikrlar bildiriladi. Ayni paytda, uy xizmatchilariga munosabatda insof va adolat yuzasidan, ularning ham uy egalariga o`xshash inson ekanliklarini hisobga olib, ish ko`rish lozimligi ta'kidlanadi, turmushning oqilona uyushtirilishi uchun xizmat qiladigan ibratli maslahatlar beriladi. Boshqa bir tatar ziyoli ayoli Faxr ul-Banot Sibgatulloz; qizining sakson yetti saboqdan iborat «Oila saboqlari» (1913) risolasi esa tarbiyaning turli tomonlarini birvarakay o`z ichiga oladi. Axloqshunos olima o`z risolasi mohiyatini quyidagicha belgilaydi: «Oila saboqlari xonimlarga, qizlar maktabi shogirdlariga oila vazifalari to`g`risida foydali ma'lumot bergani kabi beruvchi tamom yengillik va bir tarafdan asosli bir axloq sabog`i hamdir». U o`n ikkinchi saboqda tarbiyani «ilmli axloqning tani, negizi» deb ta'riflaydi. Asar falsafiy mushohadalardan ko`ra ko`proq; amaliy ko`rsatmalardan iborat. Ayni paytda, unda ham ma'naviyatga, ham moddiyatga zamonaviy munosabat masalasi o`rtaga tashlanadi, yuksak axloqli bolani voyaga yetkazishda har ikki yo`nalishdagi tarbiyaning muhimligi ta'kidlanadi.



XX asr boshlarida amaliy axloq muammolari jadid matbuotida keng o`rin oladi. «Taraqqiy», «Sadoi Turkiston», «Ulug` Turkiston», «Turon», «Xurshid» singari gazetalarda e'lon qilingan hajviy-jurnalistik asarlarda o`sha davr boyonlarining qoloqligi, chor ma’muriyatining to`rachiligi, paranjining yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so`m iona qilish o`rniga, besh yuzlab so`mni restoranlarda fohishalarga sochayotgan axloqsiz sarmoyadorlar qattiq tanqid ostiga olinadi. Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxono va Hamza, Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho`lpon kabi Uygonish davrining buyuk namoyandalari o`z badiiy asarlarda axloq muammolarini dadil ko`tarib chiqdilar va ana shu nashrlarda o`z publitsistikasi bilan ham faol ishtirok etdilar. Jadid matbuoti butun kuchini ozodlikni, Vatanni jondan sevuvchi, ilg`or, tushungan, har tomonlama kamol topgan erkin Turkiston fuqarosini tarbiyalashni o`z oldiga vazifa qilib qo`ydi. Afsuski, dastlabki fevral inqilobi bergan hurriyat uzoqqa cho`zilmadi. Bolsheviklarning 1917 yilning 25 oktyabrida amalga oshirgan davlat tuntarishi tez orada uning yutuqlarini yo’qqa chiqardi, Lenin boshchiligida ishlab chiqilgan yangi mustamlakachilik rejasi asosida barcha taraqqiyparvar kuchlar qatag`on qilindi. Falsafiy fanlar, shu jumladan, axloqshunoslik ham taraqqiyotdan to`xtadi. Ular mafkuraga buysundirilib, soxtalashtirildi, erkin fikr tag-tugi bilan quporib tashlandi. Shu sababli jadidchilik o`z oldiga qo`ygan vazifalarini to`la ado etolmadi. Lekin, shunga qaramasdan Turkistondagi bu ma'rifatchiliklari qisq muddat ichida bo`lsa ham mazlum xalqlarni ma'lum ma'noda uyg`ota oldi.
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish