Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

ABDULVAHHOB AL-BAYoTIY  
Abdulvahhob  al-Bayotiy  -  Iroqning  yana  bir  taniqli  shoiri.  1926  yilda  Bag‘dodda 
savdogar  oilasida  tug‘ildi,  shu  shahardagi  pedagogika  institutini  tugatib,  to‘rt  yil  davomida 
maktabda o‘qituvchilik  qildi.  Shoir 1954  yilda  Nuri  Said  hukumati  ko‘rsatmasi  bilan qamoqqa 
olinib, sahrodagi konslagerga badarg‘a qilindi.  
Shoirning  barcha  asarlari  mustamlakachilar  va  Nuri  Said  hukumatiga  nisbatan  g‘azab 
bilan  to‘lib  toshgan.  U  1955  yilda  Iroqdan  qochib,  oldin  Suriyada,  keyin  Livan  va  Misrda 
yashadi. 1958 yil inqilobi haqidagi xabarni u Moskvada eshitdi.  
Shoir  o‘z  asarlarida  voqelik  manzaralarini  chizadi,  odamlar  orasidagi  munosabatni 
tasvirlaydi.  Ko‘pincha  u  o‘z  she’rlarida  xuddi  tasodifan  qilganday  narsalar,  shaxslarni  sanab 
o‘tadi.  "Peshin  paytidagi  o‘lim"  she’rida  shu  usuldan  foydalanib,  u  voqelikda  odatda  bir-biri 
bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalarni sanab o‘tadi:  
Tun, kabutarlar hamda ochiq Qur’oni karim  
Xo‘mraygan oy -  
Qamoqxona oynasi tirqishidan mo‘ralaydi.  
Moviy tuman ichidan.  
Dengiz rang ko‘zli yigit -  
Kitob o‘qib o‘tirar, "G‘alaba" surasini o‘qir.  
U kengliklarda quyosh o‘stirgan bir gul -  
Bemorlik, azoblar, qiynoq jabrin tortdi ul.  
Bir  qaraganda,  xo‘mraygan  oy,  qamoqxona  oynasi,  tun,  kabutarlar,  Qur’on,  yigit  va 
gulning  yonma-yon kelishi  g‘alati tuyulishi  mumkin.  Shoir bu manzara va ashyolarni  bir joyga 
jamlab,  mantiq  doirasidan  tashqariga  chiqqanday  bo‘ladi.  Balki  o‘zining  fojeaviy  ahvolini 
tasvirlayotgan  bandi  qamoqxona  oynasidan  tun  va  oyning  xira  shu’lasidan  boshqa  narsani 
ko‘rmagandir?  Lekin  shoir  bandi  obrazini  chizar  ekan,  qamoqxona  devorlari  unga  ko‘rsatmay 
turgan  quvnoq  dunyo  manzaralarini  chizishga  haqli.  Tutqun  bandi  ko‘m-ko‘k  osmonda  erkin 
uchib yurgan kabutarlarni, Qur’onning "G‘alaba" surasini o‘qiyotgan yigit uyini, gilamday gulga 
burkangan dalalarni ko‘rgisi keladi. Bahr al-Ulum voqelikning turli ashyolari va tushunchalarini 
o‘zaro yaqinlashtirar ekan, bu orqali juda ko‘p narsalarni ifodalagisi keladi, yangi voqelik, yangi 
haqiqat - shoirona haqiqatni yaratadi.  
Damashq!  
Senga intilaman -  


 
127 
Ko‘m-ko‘k kengliklaringga.  
Ular xuddi dengiz misoli -  
Hudud bilmas.  
Unda muhabbatning ilk to‘lqinlari  
Yashil gilam bo‘lib hayqirar.  
Unda barcha firoq durrachalari,  
Qushlar qanotidek hilpirar.  
Bu  o‘rinda  shoir  nafaqat  eng  qadimgi  arab  adabiyoti  an’analariga,  balki  G‘arb 
adabiyotiga  ham  ergashadi.  Olmoshlar,  istioralar,  majozlar  -  bularning  barchasi  ashyolarni 
ob’ektiv  holatdan  sub’ektiv  idrok  sohasiga  ko‘chirish  vositasidir.  Shu  yo‘l  bilan  shoir  bu 
ashyolarni  nafaqat  o‘z  holicha,  bir  biridan  ajralgan  holda,  balki  ularning  tabiat  va  inson 
tasavvuridagi o‘zaro haqiqiy yoki xayoliy aloqalari orqali ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  
Bunday uslub syurrealistlar ijodida o‘zining avj nuqtasiga yetdi.  
Syurrealizm  (ma’nosi-realizmdan  yuqori)  XX  asr  adabiyoti  va  san’atidagi  o‘ta 
formalistik  yo‘nalishlardan  biri  bo‘lib,  freydizm,  intivituizm  kabi  sub’ektiv  -  idealistik 
nazariyalarga  suyanadi.  Syurrealistlar  san’atda  bilimning  ob’ektivligini,  aql  va  tajriba  rolini 
inkor  etadilar.  Ular  ijod  sarchashmalarini  ongning  g‘ayrishuuriy,  beixtiyor  sodir  bo‘ladigan 
faoliyati  -  tushlar,  gallyusinatsiyalar,  instinktlardan  qidiradilar.  Bu  esa  ularni  mantiqiy 
bog‘lanishlarni  inkor  etishga,  sub’ektiv  tasavvurlar  -  assotsiatsiyalarni  qalashtirib  yuborishga 
olib keladi.  
Al-Bayotiy  "Bolalar  va  zaytun  daraxtlariga  olqish"  to‘plamida  syurrealistik  usuldan 
uzoqlashgan  bo‘lsa,  "Quvg‘inda  bitilgan  she’rlar"  to‘plamida  u  yana  syurrealizmga  qaytdi. 
Ammo  bu  qaytish  aslo  uning  she’riyatiga  xos  kurashchan  mazmundan  voz  kechish  ma’nosini 
bildirmas  edi.  Bayotiy  o‘z  asarlarida  syurrealizmning  ba’zibir  xususiyatlarini  saqlab  qolgan 
bo‘lsa  ham,  ammo  u  har  doim  voqelik  bilan  aloqada  bo‘ladi,  shoirning  jamiyatni  o‘zida  aks 
ettiruvchi oyna sifatidagi vazifasini to‘g‘ri tushunadi.  
Bayotiy  she’riyatining  aksariyati  milliy  muammolardan  bahs  yuritadi.  U  o‘z  xalqining 
qalb  urishini  yaxshi  his  etadi,  uning  hayoti  bilan  yashaydi.  Bayotiy  o‘z  hayotini  kurashga 
bag‘ishlagan, fransuzlar qamoqxonada o‘ldirgan vatanparvar hayoti bilan mengzab yashaydi.  
Uzun tunlarni uyqusiz o‘tkazar-  
Qamoqxona derazasi yonida,  
U - yashiringan bir sirdir,  
Bezabon bandi,  
O‘lim kutayotganidan bexabar.  
U o‘ldi, ammo maslakdoshlari barhayot.  
U o‘ldi... Lekin notinch qalblar tepmoqda.  
U Aljazoir tuprog‘i uzra ozodlik kelishiga ishonadi.  
Bayotiy  vatani  Iroqning  fojealarini  o‘ylab  motam  tutadi,  hukmdorlarning  jinoyatlarini 
birma-bir sanab beradi:  
Mening yurtimda ko‘z yoshi va qondan-  
May qilurlar. Quyoshni esa soqchiga haydatib,  
Barcha eshiklari qulf shaharni kezdirurlar.  
Bu o‘lik shahar - mening ona Bag‘dodim.  
Al-Bayotiy Port-Said jangi haqida bunday yozadi:  
Tarixning marmar lavhasiga yozilgan,  
Jang haqidagi qonli qasida, ey Port Said.  
Undagi har bir harfdan tomchilaydi qon.  
Mag‘lubiyat bilmaslikdir uning ma’nosi.  
Axir u momoqaldiroqdek xalq g‘azabidan yasalgan,  
Satrlaridan miltiqlar o‘qtalib turar,  
Botir jangchilarning qurolidir bu,  
Va go‘daklarning ochiq ko‘zlari.  


 
128 
"Quvg‘inda bitilgan she’rlar"ning har bir bandida, har bir parchasida arab yurti mavzusi, 
xalq haqidagi, uning intilishlari haqidagi o‘ylar o‘z ifodasini topgan.  
Shoir  sof  sevgi  tuyg‘ulari,  go‘zalligi  haqida  kuylaganida  ham  katta,  hayotiy 
muammolarni  unutmaydi.  Masalan,  "Malika  va  bulbul"  she’rini  u  turmush  o‘rtog‘i  Hind  bilan 
birinchi bor uchrashgan bog‘ manzarasi tasviridan boshlaydi.  
Bir tong g‘amgin limonzor bog‘ga,  
Yugurib kelding men bilan uchrashmoq uchun.  
Shoxda oshiq bulbul sayrar edi u mahal,  
Jannat bo‘ylari taralardi har tomon.  
Shunda to‘qnash keldi ikki olovli nigoh,  
Jahon yaproqlar o‘yinidek shivirlab ketdi.  
"Ertaga bog‘ yo‘lagida uchrashamiz", deya,  
Va’da berdi menga totli ovozing.  
Ammo  Bayotiy  bu  lirik  bayonni  to‘xtatib  o‘z  malikasiga  achchiq  voqelik  to‘g‘risida 
xabar beradi:  
Yillar uchib o‘tdilar,  
Bulbul ham endi yo‘q.  
Mening malikam - olis yulduzdir,  
Yangi yaproqlar horg‘in shivirlar.  
Shaharda dushmanlik qahrin sochmoqda,  
Limon bog‘i -  
jim qoldi xavotirlik qo‘ynida.  
Gitara ovozini jimjitlik yutar,  
Qamoqxonalar do‘stlarimizdan to‘lib toshgan,  
O‘lim panjalari bahorga chang solmoqda.  
Bayotiy har doim, hatto muhabbat tasvirida ham kurashchi bo‘lib qoladi. Nozim Hikmat 
u haqda bunday yozgan edi: "Uning muhabbati kurash rangiga bo‘yalgan".  
Shoir  o‘z  hayotida  ko‘p  g‘amli  voqealarni  boshdan  kechirgan  bo‘lsa  ham,  uning 
she’riyatida  tushkunlik,  umidsizlik  motivlari  sezilmaydi.  Uning  og‘zidan  faqat  bir  shikoyat 
chiqadi, u ham bo‘lsa, o‘z xalqi, ona shahri Bag‘doddan judolikdan shikoyat. Uning shikoyatida 
umidsizlik  sababi  bayon  etiladi,  bir  kun  kelib  ona  yurtida  istibdodning  ildizlari  qo‘porilishiga 
umid aks etadi.  
Bayotiy  she’rlari  o‘ta  uyg‘un  va  musiqali.  Shoir  o‘z  asarlarining  musiqiyligini  oshirish 
uchun  ba’zan  ayrim  qofiya  so‘z,  iboralarni  takror-takror  qo‘llaydi  va  bu  o‘quvchida  chuqur 
taasurot qoldiradi.  
Xomush sidiradi uning qo‘llaridan jinoyat izlarini  
Qora oy, jinoyat izlarini  
Yoki:  
Tunda sevganlarim birin-ketin  
Eshigimni qoqadilar, sevganlarim.  
"Jinoyat  izlarini",  "sevganlarim"  so‘zlarining  takror  kelishi  shoir  niyat  qilgan  obrazning 
o‘quvchi ongida mahkamroq o‘rnashib qolishiga xizmat qiladi:  
Ko‘pincha  al-Bayotiy  so‘zlarni  tanlab,  ularning  ma’nolarini  qator  tizilgan  birikmalarda 
qiyoslab zikr etish usulidan foydalanadi.  
Tun - miltiqlar,  
Tun - yong‘inlar.  
Tun - aldov nafasi,  
Tun - qonli zarbalar.  
She’rni  qiyoslar bilan boyitib,  "tun" so‘zini qayta-qayta takrorlar ekan, shoir misralarni 
xuddi janglar aks sadosidek quyilib, jaranglab kelishga majbur etadi, shu yo‘l bilan vahima va 
o‘lim muhitini tasvirlashga erishadi. 


 
129 
Ba’zan shoir yumshaydi, so‘zlar uning qalami ostida yaproq yozib gullaydi, ajib nur va 
go‘zal jarang kasb etadi:  
Ko‘m-ko‘k qushcha nilufar qafasda- 
Qo‘shiq kuylar: "muhabbat, vatan, erk!"  
("Nilufar va erk")  
Bayotiyning  she’riyati  uning  o‘ziga  xos  iste’dod,  did  egasi,  xasos  shoir  ekanligi 
guvohidir.  
"Quvg‘inda  bitilgan  she’rlar"  majmuasi  tanqidchilar  tomonidan  yaxshi  kutib  olindi.  Ali 
Said  bunday  yozadi:  "Uning  she’rlari  yetuk,  ular  uchqur  arg‘umoqqa  yoki  o‘tkir  tig‘ga 
o‘xshaydi".  
Bayotiy  boshqa  shoirlarga  nisbatan  balandparvoz  va  tumtaroq  ifodalarga  kamroq 
murojaat  etadi.  Uning  she’rlarida  so‘zlar  tabiiy  holda  qo‘shilib,  oqib  keladi,  ular  go‘yo  tirik 
mavjudotlar kabi shoir niyatini payqab qatorlashgandek tuyuladi.  
Iroq  she’riyati  yangi  davrda  voqelikka  yaqinlashdi,  unda  bechorahol  aholi  qatlamlarini 
umid, ehtiyojlarini aks ettirishga moyillik seziladi. Suriya va Livan adabiyotidagi ilg‘or oqimlar 
ta’siri,  boshqa  mamlakatlar  adabiyoti  bilan  kengroq  tanishish  Iroq  adabiyotida  realistik 
yo‘nalishning  quvvat  olishiga  sabab  bo‘ldi.  Bu  davr  shoirlari  ko‘pincha  mumtoz  she’riyat 
qoidalaridan  voz  kechadilar.  She’r  qofiya  va  aruz  kishanlaridan  ozod  bo‘ladi,  erkin  she’r 
atalmish shakl tug‘iladi. Erkin she’r baytning vazifasini o‘zgartirdi, uning mustaqilligini, asosiy 
band sifatidagi maqomini yo‘qqa chiqardi, uni yaxlit badiiy asar tarkibiga boshqa baytlar bilan 
bog‘langan holda kirishga majbur etdi.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish