Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

Muhammad  Husayn  Haykal  (1888-1956)  ma’lumoti  jihatdan  huquqshunos,  Parijda 
o‘qigan, 1922  yildan «Al-Qiyos» («Namuna») gazetasi muharriri, adabiyotda  «Zaynab» (1914) 
romani  muallifi  sifatida  mashhur,  «Misr  fallohi»  taxallusini  qo‘llagan.  O‘ziga  xos  shakl  va 
mazmunga  ega  bo‘lgan  bu  roman  dastlab  kitobxon  va  tanqidchilar  diqqkatini  tortmadi. 
«Zaynab»ning  ikkinchi,  1929  yilgi  nashri  muallifga  munosib  shuhrat  keltirdi.  Keyinroq  bu 
roman asosida film ham yaratildi. 
Asarda arab adabiyotida birinchi marta Misr qishlog‘i aks ettirildi. Haykal jasurlik bilan 
arab adabiyotiga oddiy kishilar-fallohlarni olib kirdi, ularning tashvish, quvonchlarini ko‘rsatdi. 
Lirik bayon, jonli dialog, so‘zlashuv tilidan mohirona foydalanish, tabiatning  yorqin lavhalari - 
bular hammasi arab kitobxoni uchun yangilik, g‘ayritabiiy edi. Bulardan g‘arb, xususan, fransuz 
adabiyoti ta’siri anqib turardi.  
Kitobxon  Haykal  asarida  didaktik  ma’rifiy  qissa  izlarini,  sentimentalizmning  ayrim 
xususiyatlarini  sezadi,  hissiy  va  rasional tasvir  Yevropaning  XVIII  asrini  –  Bernanden  de  Sen-
Perning «Pavel va Virginiya»sini, M. Karamzinning «Bechora Liza»sini esga soladi. 
Yangi davrda Misr adabiyoti kechikib, lekin tez suratlar bilan rivojlanadi. Shuning uchun 
undagi  hamma  bosqichlar  tez  bosib  o‘tildi.  «Dehqon  qizi  ham  seva  olishi»ni  tasvirlash 
Karamzinga  XVIII  asrda  qanchalik muhim  bo‘lgan  bo‘lsa,  Haykal  uchun  XX  asrda  shunchalik 
zurur  edi.  «Zaynab»  fallohlarni  komik  personaj  sifatida  ko‘rsatmaydi,  ular  mehnat  qiladilar, 
sevadilar,  iztirob  chekadilar,  muallifning  ularga  nisbatan  samimiyati  va  hayrixohligi  sezilib 
turadi. 
Haykal  ko‘pincha  fikr-o‘ylar  va  izohlarni  bosh  qahramonlaridan  biri  talaba  Hamidiy 
tilidan bayon qiladi. Muallifga xuddi shunday qahramon kerak edi, chunki oddiy falloh Yevropa 
ta’limini  olgan  advokatdek  fikrlashi  va  voqealarni  baholashi  mumkin  emas.  Bu  qahramon 
Haykalning  fallohlar  hayotiga  qiziqishining  nafaqat  vatanparvarlik,  balki  falsafiy  qirrasini 
tushunishga yordam beradi: fallohlar uning nazarida «tabiiy odam»ning ma’rifatparvarlikka xos 
idealiga  yaqin  turadilar.  «Tabiat»  tushunchasi,  Haykal  tasavvurida  ozodlik  adolat,  baxt 
tushunchalari  bilan  qo‘shilib  ketadi.  Yozuvchining  bu  mulohazalarida  Jan  Jak  Russo  g‘oyalari 
ta’siri sezilib turadi. 
Romanda  ishqiy  mavzu,  qahramonlarning  shaxsiy  taqdirlari  birinchi  planga  chiqadi. 
Asarning  bosh  konflikti  muhabbat  va  insoniy  jamiyat  qonunlari,  tabiiy  tuyg‘ular  va  sun’iy 
yaratilgan  an’analar.  Haykal  jamiyatda  amal  qiladigan  qonunlar  tabiatning  qonunlariga  zid 
ekanini ishonarli isbotlaydi.  
Bu,  ayniqsa,  Hamid  va  amakisining  qizi  Aziza  o‘rtalaridagi  munosabatlarda  yaqqol 
ko‘rinadi.  Aziza  Misrning  o‘ziga  to‘q  shaharlik  oilalari  qizlariga  xos  hayot  kechiradi:  uzlatda, 
chodir ichida, faoliyatsiz, orzular dunyosiga g‘arq bo‘lgan yuragi esa g‘am, shodlikdan mahrum, 
qup-quruq sahroga aylangan. Ularning sevgisi ham xayolot samarasiga aylandi. 
Hamid va Zaynab muhabbati ozod, tabiiy tuyg‘uga yaqin. Yigitni unga tortayotgan narsa 
jismoniy  yaqinlik  hissigina  emas:  «Mening  u  bilan  shunchaki  gaplashgim,  xilvat  joyda  o‘tirib 
o‘pgim, mayin ovozini eshitgim kelardi», deb eslaydi Hamid o‘z tuyg‘ug‘ularini tahlil qilarkan. 
Bu  yerda  ham  insoniy  qonunlar  yuzaga  keltirgan  to‘siqlar  paydo  bo‘ladi:  sinfiy  farqlar 
vujud  va  qonga  shunchalik  singib  ketganki,  zamindor  o‘g‘li  oddiy  dehqon  qiziga  uylanishni 
xayoliga  ham  keltirishi  mumkin  emas.  Qanchalik  demokrat  bo‘lmasin,  unga  Hamidning  haqi 
yo‘q. Zaynab uning hayot yo‘ldoshi bo‘lishi mumkinligini tushunganda esa, vaqt o‘tgan bo‘ladi. 
 Tabiat  amriga  bo‘ysinib,  avval  Zaynab  Hamidga  intiladi,  «axir  dunyoda  u  haqida 
o‘ylaydigan odam bor-ku», deb o‘ylash unga xush yoqadi. Hech kim hozirgacha unga shunday 
erkalatuvchi  va  shirin  so‘zlarni  aytmagan.  Ular  o‘rtasidagi  sinfiy  to‘sqinlikni  Hamiddan  ko‘ra 
Zaynab  nozik  tushunadi.  Zaynabning  ichki  olami  boy  u  Hamid  bilan  chinakam  ruhiy  yaqinlik 
bo‘lmasligini sezadi. Shunday qilib, tabiatning o‘zi Hamid bo‘salarini unutishga yo‘llaydi, uning 


 
38 
qalbida  hamisha  yonida  bo‘ladigan,  birga  mehnat  qiladigan,  uning  tashvish-quvonchlari  bilan 
yashaydigan Ibrohimga muhabbat uyg‘onadi. 
Tabiatning  o‘zi  go‘yo  oshiq-ma’shuqalarga  homiylik  qiladi,  ularning  baxtiga  quvonadi. 
Lekin yana insoniy qonunlar to‘siq bo‘ladi. Qonunlar bo‘yicha, nikoh savdo-sotiq bitimi, xolos, 
sevgi-muhabbat  hisobga  olinmaydi.  Mana,  Zaynab  boshqa  odamga  fotiha  qilinadi,  uning  his-
tuyg‘usi bilan hech kimning ishi yo‘q, xatto bu to‘g‘risida gapirish ham mumkin emas. Gap faqat 
Ibrohimning  kambag‘alligi-yu,  Zaynabning  kuyovi  Hasanning  boyligida  ham  emas.  Urf-
odatlarga doimiy mutelik sustlikka olib keladi, an’analar hokimligi shunga olib keladi. 
Adib  odamlarda  an’analarga  qarshi  isyon  qanday  yetilayotganini  ko‘rsatadi:  isyon 
oshiqlarning  jasur  orzularida,  ularning  Zaynab  turmushga  chiqqandan  keyingi  uchrashuvlarida, 
nihoyat  Zaynabning  halokatida  va  onasi  bilan  so‘nggi  suhbatida  ko‘rinadi.  Hamidning  oiladan 
ketishi va xayralashuv maktubida isyon o‘z ifodasini topadi. 
«Zaynab» romani  yangi arab adabiyotining mumtoz asari. U Misr realistik maktabining 
birinchi  romani  sifatida  qadrlanadi:  deyarli  barcha  arab  yozuvchilari  o‘zlarining  estetik 
qarashlari  shakllanishiga  ta’sir  etgan,  adabiy  asarlar  haqida  gapirar  ekanlar,  Haykalning 
«Zaynab» romanini tilga oladilar. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish