2. Misr modernistlari (yangilovchilari) maktabi.
«Misr modernistlari» maktabi deb adabiyotga birinchi jahon urushi davrida kirib kelgan
ko‘p sonli Misr yozuvchilarini atash rasm bo‘lgan. Bu harakat butun arab Sharqi taraqqiyotida
katta rol o‘ynadi. Bu oqimga «modernizm» nomini birinchi marta yevropaliklar berdilar. Bu
36
atamani ilk bor ingliz arabshunos olimi Gibb qo‘lladi, keyinroq esa I. Yu. Krachkovskiy uni
taomilga kiritdi. Ammo, afsuski, bu atama o‘rinsiz, panislomizm diniy oqimi bilan bog‘liq
harakatga nisbatan qo‘llanilgan edi. Uning tarafdorlari yagona musulmon davlati tuzishni o‘z
oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Bu oqim ba’zi davlatlar qo‘lida bosqinchilik quroliga ham
aylandi.
Modernizm atamasi yana «san’at san’at uchun» ma’nosini ham anglatadi.
Modernizm XIX asr oxiri, XX asr boshlarida san’atda yuzaga kelgan jarayon bo‘lib,
dekadentlik oqimlari yig‘indisini bildiradi. Modernizm san’atda gumanistik idealning
yo‘qolishidan paydo bo‘lib, haqiqat izlashdan hafsalasi pir bo‘lish, dunyoga, ijtimoiy
muammolarga beparvolik tufayli yuzaga keldi. Sharqdagi modernizmga kelsak, aksincha, u
adabiyot va san’atning yuksalishi, gullashi, milliy o‘zlikni anglash pallasi edi. Misr
modernizmining Yevropa modernizmidan farqi ham ana shunda. Lekin ular orasida umumiylik
mavjud. U ham, boshqasi ham qandaydir yangilik, o‘ziga xoslik kiritishga intildi, lekin bu
yangiliklar turlicha nuqtai nazardan amalga oshirildi.
Nazarimizda, mazkur maktabga ushbu nom arab adabiyoti tajribalarini bajonidil
o‘zlashtirayotgan yosh yozuvchilar (mujadiduna) dunyoqarashini o‘tmishga qaytishga,
zamonaviy madaniyat yutuqlaridan voz kechishga chaqirayotgan eskiparast (muhafizuna)
yozuvchilardan farqlash uchun berilgan. Bu maktabning yuzaga kelishi davrida, XIX asrning 80-
yillardan boshlab Misr inglizlar ta’siri ostida edi. Inglizlar Misrda kolonial hokimiyat tizimini
yaratdilar.
Birinchi jahon urushi yillarida ular mamlakatni bosib olib, Misrning oltin zaxirasiga ega
bo‘lib oldilar. Dehqon xo‘jaligining vayron bo‘lishi, oddiy misrliklar turmush darajasining
tubanlashuvi shundan boshlandi.
Misr xalqi milliy-ozodlik kurashining natijasi o‘laroq, 1929 yil qo‘zg‘oloni sodir bo‘ldi.
Inglizlar xalq yetakchisi Sa’d Zag‘lulni hibs etib Malta oroliga surgun qildilar. Qo‘zg‘olonning
ko‘tarilishi shu hibsdan boshlandi. Misr xalqining ingliz bosqinchilariga qarshi 1919 yilgi
qo‘zg‘oloni bostirildi, lekin u mamlakatdagi ijtimoiy tafakkurning inqilobiylashuviga ta’sir
ko‘rsatdi. Yosh milliy burjuaziya dastlabki paytlarda Misr xalqining mustaqillik uchun kurashiga
boshchilik qildi. U ijtimoiy va madaniy hayotning hamma jabhalarida «misrlashtirish» (Tamsir)
shiorini o‘rtaga tashladi.
Ana shu harakat ta’sirida o‘ziga xos Misr adabiyoti yaratila boshladi. Bu maktabga
mansub yozuvchilar realizm shiorini ko‘tardilar, Misr jamiyatining barcha tabaqalari hayotini
xaqqoniy aks ettirishga intildilar. Ilk bor jamiyatni ijtimoiy qayta qurish, misrliklarning madaniy
qoloqligiga barham berish zururati masalasi keskin qo‘yildi. Hikoya, roman, pesalar
qahramonlari aksariyati xalq ichidan tanlandi. Kitobxonlarga tushunarli bo‘lishga intilish,
yozuvchilar oldiga tilni isloh qilish vazifasini qo‘ydi.
Umumiy intilish va vazifalar (tamsir-al-adab) bo‘lishi bilan birga bu maktab
yozuvchilarining o‘ziga xos ijodiy qiyofasi ham bor edi. Ko‘pgina yangilikparast yozuvchilar
notekis yo‘lni bosib o‘tdilar, realizmdan boshlab dekadentlikka o‘tib, so‘ng yana realizmga
qaytdilar. Fransiya va Angliyada ta’lim olgan yosh yozuvchilar G‘arbiy Yevropa adabiyoti,
tarjima orqali rus adiblari ijodi bilan yaxshi tanish edilar. Suriya-Amerika maktabi yozuvchilari -
Jubron, ar-Rayhoniy, M. Nuaymelar ham Misrda realistik adabiyot shaklanishiga ta’sir
ko‘rsatdilar.
Bu maktabning asosiy namoyandalari Muhammad Husayn Haykal, Muhammad va
Mahmud Teymurlar, Taha Husayn, Tavfiq al-Hakim, Iso va Shihata Ubaydiy, Mahmud Tohir
Lashin va boshqa adiblar 1919 yilgi revolyusiyadan keyin adabiyotda xalq hayotini realistik
tasvirlash bayrog‘ini ko‘tardilar, o‘z vatani mustaqilligi, dunyo sivilizatsiyasi vakillari orasida
munosib o‘rin egallash uchun intilayotgan Misr burjuaziyasining liberal doiralari mafkurasi
ifodachisi bo‘ldilar.
Misr yozuvchilarining yangi avlodi ijodi ma’rifatparvarlik realizmiga mansub. Bu
jihatdan Misr adabiyoti XVIII va XIX asr boshlaridagi Yevropa va Rossiya ma’rifatparvarlik
davri realistik adabiyotini eslatadi. Ma’rifatparvarlik realizmi arab zaminida kuchli va zaif
37
tomonlari, ijtimoiy konkretligi, taraqqiyparvar g‘oyaviy yo‘nalishi, maishiy tasvir aniqligi bilan
ko‘zga tashalanadi. Ayni chog‘da u didaktikaga moyilligi, syujet qurilishining shartliligi bilan
ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |