MUHAMMAD MAHDI AL-JAVOHIRIY
Taniqli jamoat arbobi, Jahon tinchlik kengashining a’zosi al-Javohiriyning butun hayoti
xalq kurashi bilan bog‘liq. U bir necha bor hibsga olingan, 1955 yilda esa Suriyaga muhojirat
etishga majbur bo‘lgan edi. Al-Javohiriy 1959 yilda Moskvaga kelib, yozuvchilarning 3 s’ezdida
qatnashdi.
Al-Javohiriy asarlari ikkinchi jahon urushidan keyingina nashr etila boshladi. Ular
orasida "Sevastopol", "Stalingrad" nomli sovet xalqining urushda ko‘rsatgan qahramonligini
qutlashga bag‘ishlangan she’rlar ham bor. Bir qator she’rlarida u 1920 yildagi Iroq, 1925-1927
yillardagi Suriya isyonlari haqida yozdi, mehnatkashlarning, ayniqsa, dehqonlarning ayanchli
ahvolini tasvirladi, xalqni qarshilik ko‘rsatishga, feodallar zulmiga qarshi kurashga chaqirdi.
Al-Javohiriy Arab sharqining ulkan shoiridir, uning she’rlari Bag‘dod, Damashq,
Bayrutda ko‘p marta bosmadan chiqqan. Shakl jihatidan al-Javohiriy asarlari an’anaviy.
Ularning tili ham aksar hollarda eski, unda an’anaviy obrazlardan keng foydalanilgan. Bu
xislatlari tufayli uning she’rlari faqat yetarli tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilarga tushunarli
bo‘lishi mumkin.
Javohiriy Iroq xalqi dushmanlariga qarshi jasorat bilan so‘z ayta oladigan otashin
kurashchi sifatida maydonga chiqdi.
"Nimani kutamiz? Uyat emasmi,
Tug‘ilgan yurtimizni -
Har joyda tobe’ deb atasalar,
Bizni esa qul desalar?!"
Javohiriy zamondosh shoirlar orasida she’r tilining aniqligi, jarangdorligi, o‘zining nodir
iste’dodi bilan alohida ajralib turadi. I.Yu.Krachkovskiy Javohiriyning 1949 yilda Damashqda
bosilib chiqqan devoni bilan tanishar ekan, "muallifning tasvirlash kuchi va poetik iste’dodini
aslo inkor qilib bo‘lmaydi", - deb uning ijodiga yuqori baho bergan edi.
Shoir o‘z asarlarida Sharqdagi feodalizm mohiyatini ochib beradi, zamindorlar obrazini,
arab fallohlarining og‘ir mehnati va och-nahor hayoti manzaralarini chizadi, xalq orasidan
chiqqan iste’dodli insonlarning zoye’ bo‘lishi haqida yozadi.
Javohiriy o‘zining buyuk o‘rta asr arab shoiri Abul Alo al-Maariyning 1000 yilligiga
bag‘ishlangan she’rida bunday yozgan edi:
«Men bunday falsafadan hazar qilaman,
Agar u birov mehnatga, boshqa birov rohatga yaratilgan desa".
"Ertangi kun dunyosi" dostoni al-Javohiriyning eng yaxshi asarlari qatoriga kiradi.
Asarda odamlarning qul bo‘lib yashashlaridan iztirob chekkan shoir ularga vujudlarida
yashirinib yotgan buyuk qudrat mavjudligini eslatib qo‘yadi, xalqni qul bo‘lib ishlashdan bo‘yin
tovlashga o‘z hayoti, baxtini qo‘lga olishga chaqiradi:
La’natlangan tuzum!
Jinoyatkor tuzum!
Sen vayronlik va turg‘unlik keltirding.
Sen daydilar va qashshoqlar to‘dasini yetishtirding.
Yolg‘on to‘qiding, talonchilik tug‘dirding,
Ortingdan faqirlar va ochlik ergashib yuradi.
Soya kabi, ey manfur tuzum.
Ey inson, senga aytaman!
Kulbang qayoqda, vataning qaer?
O‘zing qul bo‘lding, oilang boshpanasiz, och,
Xonu amirlar koshonalarda.
Sening hisobingdan maishat qiladi.
124
O inson, bilishni xohlaysanmi -
Kim bo‘lishing mumkin edi, kim bo‘lasan,
Fosid zodagonlar sening mehnating hisobiga yashaydi.
Barcha narsani sening qo‘llaring yaratgan.
Sen o‘z yurtingni boshqarishing mumkin edi,
Unda munosib o‘rin egallashing mumkin edi.
Qul bo‘lib xizmat qilma endi ularga,
Uyalmay bronepoezdlar qurayotganlarga -
Hamma yerda, har kun o‘lim sochish uchun,
Harbiylar galasini jangga tashlash uchun -
Birovlarning shaharlarini buzmoqqa.
Devorlar qurishdan bosh tortgin endi,
Temirni eritma, to‘plarni quyma.
Xandaqlar qazima, unda o‘lmoqlik uchun.
Ko‘nmagin toshlarni sayqallashga ham,
Tanga zarb qilishga, yombi quyishga,
O‘zingga qullik zanjirini yasashga ko‘nma.
Javohiriyning eng mashhur asarlaridan biri "10 yildan keyin" she’ridir. She’r 1931 yilda,
Iroq siyosiy va iqtisodiy tanglikka uchragan paytda yozilgan edi. She’rda Javohiriy yer va butun
boyliklarni o‘ziniki qilib olgan feodallar va shayxlar zulmidan aziyat chekib yotgan dehqonlar
ahvolini bayon etadi. Shoirning fikricha, boshqa xalqlar olg‘a ketgan va rivojlanayotgan bir
vaqtda Iroq xalqi feodalizm sharoitida yashaydi:
"Xalqlar tez odimlar bilan olg‘a ketmoqdalar,
Biz esa ortga chekinayapmiz.
Bir to‘da savodsiz ahmoqlar tufayli-
Xalq feodalizm zulmidan azob chekmoqda.
Hukumatdorlar halol odamlar qalbini jarohatladilar,
Xalq ular tomonga intilar edi.
Ular o‘rniga qaroqchilarni amalga tayinladilar,
Bir to‘da sotqin, qallob, firibgarlarni.
Hammasi bir go‘r, vagonga ortilgan bir yuk kabi.
Keyin ulardan qamchi yasab jafokash yurtimizni savaladilar,
Vatan og‘riqdan ingrab yubordi”.
Shoir noxush manzaralarni chizish bilan cheklanmaydi, u xalqni davomli kurashga
chaqiradi, gumashtalar zulmidan qutulishga da’vat etadi. U adiblar, madaniyat arboblarini xalq
ongini uyg‘otishga, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka, dushmanlar tahdididan cho‘chimaslikka
chaqiradi:
Ey, mazlum dillar, qasos olingiz,
Yomonlikka yomonlik bilan javob qaytaring!
Yozuvchi va shoirni madadga chorlang,
Dilingizni ularga ochib ko‘rsating.
Vatanparvarlik tuyg‘usi-yu qalam nega kerak,
Agar ular qo‘rqsalar, ikkilansalar?
Nohaqlik va zulmni o‘tda yoqinglar,
Javohiriy xalq birligi haqida gapiradi.
Bu kuchlar birlashar yaqin zamonda,
Hukmronlar to‘dasiga tahdid solar u.
Eng botir bu millat qudrati jo‘sh urmoqda,
U xalqni yerdan osmonga yuksaltiradi.
She’r qurolli qo‘zg‘olonga chaqiriq bilan nihoyasiga yetadi, unda xalq va uning
dushmanlari orasidagi ziddiyatni qurol bilan hal qilishga da’vat qilinadi. Xalq va uning
dushmanlari orasidagi ziddiyatni qon bilan hal qilgin, deydi shoir.
125
Iroq shoirlari eng ezilgan tabaqa - dehqonlar ahvolini tasvirlashga ko‘p e’tibor bergani
bejiz emas. Iroq aholisining mutloq ko‘pchilik qismini dehqonlar tashkil etadi. Dehqonlarning
feodallarga, haddan og‘ir soliqlarga qarshi 30-yillarda ko‘targan qo‘zg‘olonlari hukumat
tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Yozuvchilarning dehqonlar mavzusiga murojaat qilishi
ularning oliy darajadagi grajdanlik tuyg‘usiga egaliklari, dehqonlar bilan mustahkam aloqada
bo‘lganlarini ko‘rsatadi. Bu mavzuda yozilgan aksar she’rlar masalani qurolli qo‘zg‘olon yo‘li
bilan yechishga da’vat qilishi bilan diqqatga sazovordir.
Bahr al-Ulumning "Dehqonlar" she’rini bu mavzudagi eng yaxshi asar deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |