Mavzu:C++ dasturlash tilining asosiy konstruktsiyalari va tizimda qo’llash xususiyatlari
Konstruksiya (lot. constructs -tuzilish, qurilish) — mashina, inshoot yoki dastur va detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, dastur hamda ularning detallari. Konstruksiya (lot. constructs -tuzilish, qurilish) — mashina, inshoot yoki dastur va detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, dastur hamda ularning detallari. C++ algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat: - katta va kichik lotin harflari:
- 0 dan 9 gacha raqamlari;
- maxsus belgilar (+,-,*,/,=,>,<,{,},[,],’) o’zichiga oladi
C++ tilida so’z deb bir nechta belgilar ketma - ketligi tushuniladi. Xizmatchi so’z deb C++ tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus ma’noni anglatadi va uni ma'lumotlarga berib bo’lmaydi. C++ tilining kalit so’zlariga quyidagilar kiradi: asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof,, static, struct, switch, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while. C++ tilida dastur tuzilishi tushuntirish uchun sodda programma keltiramiz #include // sarlavha faylni qo‘shish int main() // bosh funksiya tavsifi cout<< “Kompyuter olami !\n”; // satrni chop etish return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat } // asosiy blok tugashi Dasturning 1-satrida “#include” preprotsessor ko‘rsatmasi bo‘lib, dastur kodiga standart oqimli o‘qish-yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h» sarlavha faylini qo‘shadi (mnemonika: ‘i’(input) - kiritish (o‘qish); ‘o’(ouput) - chiqarish (yozish); “stream”- oqim; ‘h’(head) – sarlavha). Kelishuv bo‘yicha standart oqim ekranga chiqarish hisoblanadi. Keyingi qatorlarda dasturning yagona, asosiy funksiyasi - main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ dasturida, albatta, main() funksiyasi bo‘lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi. Funksiya nomi oldidagi “int” kalit so‘zi funksiya bajarilishi natijasida qaytaraladigan qiymat turini bildiradi. Bunday holat funksiyaning matematikadagi tavsifiga mos keladi. Keyingi qatordan funksiya tanasi - figurali qavsga olingan amallar ketma-ketligi keladi. Bizning holda funksiya tanasi ikkita amaldan iborat. Birinchisi, konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llangan. Buning uchun «iostream.h» sarlavha faylida aniqlangan cout obyektidan foydalanilgan. Uning formati quyidagi ko‘rinishda:
Do'stlaringiz bilan baham: |