Yamanda Oziq-ovqat xafvsizligi holati xususida



Download 23,38 Kb.
Sana07.03.2022
Hajmi23,38 Kb.
#486111
Bog'liq
yaman


Yamanda Oziq-ovqat xafvsizligi holati xususida
Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldidagi eng katta global muammo – bu oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va ochlik muammosidir. Jahondagi oziq-ovqat muammosi, ochlikka qarshi kurash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan turli kasalliklar davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir. Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) va BTMning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilishicha, hozirda dunyoning 20 dan ortiq davlatiga ocharchilik xavf solmoqda. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Afg`oniston, Suriya va Yaman kabi davlatlar aholisi «ocharchilik yoqasida» yoki «oziq-ovqat yetishmovchiligining to`rtinchi darajasi»da turibdi. 2021 yil sentabrida Global Food Security Index tomonidan e`lon qilingan ro`yxatda Yaman 113 davlat orasida 112-o`rinni egallagan.
Yamanda Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aytib kelinadigan hukumat kuchlari va Hutiy isyonchilari o‘rtasidagi qariyb sakkiz yillik janglar (2014 yilda boshlangan) mamlakatda dunyodagi eng yomon gumanitar inqirozni keltirib chiqardi. Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) ma`lumotlariga ko`ra, Yamandagi ochlikning hozirgi darajasi misli ko‘rilmagan darajada bo‘lib, millionlab odamlar uchun og‘ir qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Urush yillarida mamlakatda oziq-ovqat narxlari 2 baravarga, iste`mol savatchasi narxi esa 4 baravarga oshgan. Dunyo hamjamiyati tomonidan berilayotgan insonparvarlik yordamiga qaramay, hozirda 16,2 million yamanlik (aholining 45 foizi) yetarli oziq-ovqat bilan ta'minlanmagan. Hajja, Amran va Al-Javf kabi hududlarda 50 000 ga yaqin odam ocharchilik sharoitlari (5-daraja falokat)da yashayapti. Yamanda 5 milliondan ortiq odam ocharchilik yoqasida turibdi, davom etayotgan mojarolar va iqtisodiy inqiroz sabab oilalar kunlik me`yor uchun yetarli oziq-ovqat topishda qiynalmoqda.
Bugungi kunda Yamandagi 5 yoshgacha bo`lgan bolalarning to'yib ovqatlanmaslik darajasi dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biri bo`lib qolmoqda va vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Yaqinda o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, oilalarning deyarli uchdan bir qismi yetarli ratsiondagi oziq-ovqatga ega emas va ular deyarli hech qachon dukkakli o`simliklar, sabzavot, meva, sut mahsulotlari yoki go'sht kabi oziq-ovqatlarni iste'mol qilmaydi. Yamanda ayollar va bolalar o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaslik darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda, 1,2 million homilador yoki emizikli ayol va 2,3 million nafar 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan azob chekmoqda. JOOD kelasi 4 oyda ularning soni yana 400 mingga oshish ehtimoli borligini bildirgan. Hozirga kelib, Yamanda har uchinchi bola to‘yib ovqatlana olmaydi. Har 10 daqiqada ichak infeksiyasi, to‘yib ovqatlanmaslik va yuqori harorat natijasida bir bola vafot etmoqda. Bundan tashqari, to‘qqiz bolaning sakkiz nafari kamqonlikdan aziyat chekadi.
2021 yil dekabr oyida JOOD 1,7 million kishiga oziq-ovqat yordami ko'rsatdi: o'tkir to'yib ovqatlanmaslikni davolash uchun maqsadli qo'shimcha oziqlantirish dasturi doirasida 6 oydan 59 oygacha bo'lgan 228,300 nafar bolaga hamda 253,8 ming homilador va emizikli ayollar va qizlarga yordam berdi. Kamqonlikning oldini olish uchun JOOD 6 oydan 23 oygacha bo'lgan 611,800 bolaga va 572,400 ayollarga qo'shimcha oziqlantirish dasturi doirasida yordam berdi.
2021-yilda JOOD Yaman bo‘ylab 13 million kishini 100% ratsion bilan oziq-ovqat va oziq-ovqat bilan ta’minlashni maqsad qilgan edi. Lekin, hozirda Jahon oziq-ovqat dasturi katta moliyaviy taqchillikka duch kelmoqda. Tashkilot 2022 yilda Yamanda uzluksiz oziq-ovqat yordamini ta'minlash uchun kamida 1,9 milliard AQSh dollariga muhtojligini bildirgan.
Ko'plab mintaqalarda to'xtovsiz to'qnashuvlar davom etayotgan Yamandagi ichki urush 2022 yilning birinchi kunlarigacha 377 ming kishining hayotiga zomin bo'lgani va 126 milliard dollarlik iqtisodiy zarar keltirgani bildirildi.
Prognozlar
Yamandagi joriy gumanitar vaziyat juda og`ir holatda. Jahon oziq-ovqat dasturi urushayotgan tomonlarni murosagava hamkorlikda ishlashga chaqirmoqda. Agarda ular JOOD ishlariga to`sqinlik qilishsa, tashkilot tomonidan berilayotgan oziq-ovqat, yoqilg'i va dori-darmon kabi muhim ta'minot manbaalari uziladi. Natijada, bu millionlab odamlarni ochlik va o'limga yaqinlashtirishi mumkin.
Urushlar va iqtisodiy inqiroz ortidan Yamandagi qochqinlar soni 1.6 millionga yetgan. Agar, vaziyat shunday davom etadigan bo`lsa, qochqinlar soni yanada oshib boradi va mamlakat chegaralaridan “oshib ketadi”. Bu esa qo`shni davlatlar Saudiya, Efiopiya va Ummon uchun jiddiy muammolar tug`dirishi ehtimoli katta.
Urushlar natijasida mamlakatda infrastruktura o`nglanmas ahvolga kelib ulgurgan, eng og`riqli nuqtalardan biri qishloq xo`jaligi sohasidir. Urushlar natijasida dalalar ekin ekishga yaroqsiz holatda. Bugungi kunda Yaman 90 % oziq-ovqatni chetdan import qilmoqda. Natijada ularning narxi juda baland. Agar urushlar davom etadigan bo`lsa, yaqin kelajakda bu ko`rsatkich oshib borishi mumkin.
Download 23,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish