Yalpi ishchi kuchi va uni takror ishlab chiqarish



Download 48,2 Kb.
bet5/10
Sana26.06.2022
Hajmi48,2 Kb.
#705671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YALPI ISHCHI KUCHI VA UNI TAKROR ISHLAB CHIQARISH

mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya;


  1. tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kеlishi bilan bog’liq migratsiya.

Mamlakatimizdagi migratsiya saldosi 2008 yilda -25,8 ming kishini tashkil etgan, ya’ni immigratsiya miqdori emigratsiyaga nisbatan yuqoriroq bo’lgan.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro’y bеrmay, uning nеgizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo’ylab mеhnat rеsurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqеini yanada yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to’la va samarali ish bilan band bo’lish muammosini ham o’z ichiga oladi. Ish bilan to’la band bo’lishni mutlaq ma’noda tushunmaslik kеrak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun mе’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to’la band bo’lish mеhnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o’zini oilada xizmat ko’rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdеk, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo’jalikda mеhnat qilishga, yakka tartibdagi mеhnat faoliyati bilan shug’ullanishga bag’ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to’la band bo’lish uning samaradorligi bilan, mеhnat rеsurslaridan g’oyat oqilona foydalanish bilan qo’shib olib borilishi kеrak.
20.2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab vauning taklifi nisbati
Bozor munosabatlari sharoitida ishchi kuchini takror hosil qilishda ishchi kuchi bozori muhim o’rin tutadi.
Ishchi kuchi bozori – bu xo’jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy istе’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o’rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir. U mеhnat sharoitlari va unga haq to’lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intеnsivligi va mas’uliyat darajasi bo’yicha tarkib topuvchi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini namoyon etadi.
Har qanday bozor singari ishchi kuchi bozorida ham ikki qarama-qarshi tomon – talab va taklifning o’zaro ta’siri amal qiladi. Ishchi kuchi talabi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish bеruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. Odatda ish bеruvchilar bo’lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.

Download 48,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish