Regressiya tenglamasi
Regressiya tenglamasiga kiritilgan o’zgaruvchilarning soniga bog’liq ravishda juft (oddiy) va ko’p omilli (o’lchovli) regressiya bo’lishi mumkin. Y va x ikki o’zgaruvchi orasidagi regressiya juft(oddiy) regressiya deyiladi, ya’ni model
y=f(x)
ko’rinishga ega bo’ladi.
bu erda: y natijaviy belgi(erksiz o’zgaruvchi);
x erkli o’zgaruvchi(omil).
Natijaviy belgining ikki va undan ortiq erkli o’zgaruvchilar bilan regressiyasi ko’p omilli regressiya deyiladi.
Har qanday ekonometrik tadqiqot o’zgaruvchilar oralaridagi bog’lanishlar nazariyasidan kelib chiqib modellarni shakllantirishdan boshlanadi. Avvalo natijaga ta’sir etuvchi omillar to’plamidan muxumlarini, ko’proq ta’sir etuvchilarini ajratib olinadi. Agarda iqtisodiy jarayonni belgilovchi asosiy omil ma’lum bo’lsa, u holda jarayonni o’rganish uchun juft regressiyaning o’zi etarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |