narxi
yildagi
joriy
savatchasi
Bozor
narxi
yildagi
joriy
savatchasi
Bozor
indeksi
Narxlar
Masalan, agar narx indeksi 2 ga teng bo’lsa, bu joriy yilda bazis yiliga nisbatan
narxlarning 2 barobar oshganligini yoki inflyatsiya darajasi 200%ga teng
bo’lganligini anglatadi. Agar indeks 33%ga yoki 0,33ga teng bo’lsa, narxlar 67%ga
pasaygan bo’ladi.
YAIM deflyatorini hisoblash uchun nominal YAIMni real YAIMga bo’lish kerak.
YAIM deflyatori iqtisodiyot bo’yicha umuman narxlar darajasi qanchaga
o’zgarganligini ifodalaydi.
Yuqoridagi
O’zbekiston
Respublikasining
2005-2011
yillardagi
ko’rsatkichlaridan foydalanib, YAIM deflyatorining hisob-kitoblarini amalga
oshiramiz:
77750,6 : 25951,9 = 2,996 yoki 299,6%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 2005-
2011 yillar davomida umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha qo’shimcha
199,6%ga oshgan.
O’quvchilarni 2011 yildagi narxlar oldingi, ya’ni 2010 yilga nisbatan qanchaga
o’zgarganligi ham qiziqtirishi mumkin. Buning uchun dastlab 2010 yildagi narxlar
2005 yilga nisbatan YAIM deflyatori bo’yicha qanchaga o’zgarganligini aniqlab olish
lozim. 2010 yilda nominal YAIM 61793,9 mlrd. so’mni, 2005 yil narxlarida esa
23963,0 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Demak, 2010 yildagi narxlarning 2005 yildagi
narxlarga nisbatan qanchaga o’zgarganligini aniqlash uchun 2010 yildagi nominal
YAIMni shu yil uchun 2005 yil narxlarida hisoblangan real YAIM hajmiga bo’lamiz:
61793,9 : 23963,0 = 2,579 yoki 257,9%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida
2005–2010 yillar davomida umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha
qo’shimcha 157,9%ga oshgan.
So’ngra 2011 yil uchun hisoblangan YAIM deflyatorini 2010 yil uchun
hisoblangan ko’rsatkichga nisbatini olamiz:
2,996 : 2,579 = 1,162 yoki 116,2%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 2011 yilda
2010 yilga nisbatan umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha 16,2%ga
oshgan.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narxlar darajasining o’sishini nafaqat butun
iqtisodiyot bo’yicha, balki YAIMning turli elementlari bo’yicha aniqlash muhim
ahamiyatga ega. Ushbu maqsadlarda statistika idoralari tomonidan iste’mol
narxlari indeksi (INI), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi
(SMICHNI), eksport-import mahsulotlari indeksi, kapital mablag’lar (investitsiyalar)
narxlari indeksi va boshqa ko’rsatkichlar hisob-kitob qilib boriladi.
Ularning orasida eng keng tarqalgan va mashhur bo’lgani INI hisoblanadi.
Chunki INI YAIMning muhim komponentalaridan biri bo’lgan – uy xo’jaliklarining
pirovar iste’mol uchun xarid qilgan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini
ifodalaydi.
YAIM deflyatori va INI orasida uchta shartli farqlanishlar mavjud:
– YAIM deflyatori mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar
va xizmatlarga narxlar o’zgarishini ifodalasa, INI uy xo’jaliklari tomonidan xarid
qilingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. Demak, firmalar
yoki davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishi
INIda inobatga olinmaydi;
– YAIM deflyatori faqat ushbu mamlakat hududida ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalab, import tovar va xizmatlariga narxlar
o’zgarishini, ular YAIM tarkibiga kiritilmaganligi sababli, hisobga olmaydi. Masalan,
Rossiyada ishlab chiqarilgan va O’zbekiston aholisiga sotilgan “Lada” avtomobiliga
narxlarning o’zgarishi O’zbekiston YAIM deflyatorida hisobga olinmaydi, chunki
ushbu avtomobil Rossiyada ishlab chiqarilgan. Biroq, bu mahsulot O’zbekiston
aholisiga sotilganligi sababli, O’zbekiston INIda hisobga olinadi;
– INI tarkibiga kiritilgan tovar va xizmatlar hisob–kitoblarda o’zgarmas
vaznlarda olinadi. YAIM deflyatori esa vaznlardagi o’zgarishlarni hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |