3. YAIMni daromadlar usulida hisoblash
Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va
quyidagilarga bo’linadi:
– faqat uy xsho’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat
evaziga olinadigan daromadlar;
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati
va mulkdan olinadigan daromadlar.
Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. Shu
sababli yuqorida qayd etilgan ikki agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda
tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning
daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas.
Ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan kimni ishlga yollagan bo’lsalar,
o’shalarga to’lanadi. Ushbu moddaga, shuningdek tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy
sug’urta va xususiy pensiya, meditsina hizmati va yordami, ishsizlik va boshqa
fondlarga to’lanadigan badallar ham kiradi. Qayd qilingan ish haqiga qo’shimchalar
tadbirkorlarni ishchi kuchini yollash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarining bir qismi
bo’lgani sababli, firmalarning ish haqini to’lash bo’yicha xarajatlari elementi bo’lib
hisoblanadi.
Mehnat haqining juda past ulushi, masalan, qishloq xo’jaligida, “mehnatni
ekspluatatsiya qilish” darajasining ushbu tarmoqda katta ekanligidan dalolat
bermaydi. Past darajadagi ulushning asosiy sababi, ushbu tarmoqda band
bo’lganlar, odatda o’zi uchun ishlaydi va ularga oila a’zolari yordam berishadi.
Mehnat haqi ulushi daromadlarning yollanma ish bilan bandlar foydasiga
o’zgarishlarni to’g’ri ifodalay olmaydi. Bu, xususan, ko’pincha iqtisodiy rivojlanish
natijasida moliyaviy imkoniyatlardan foydalanib ish haqini oshirish o’rniga, ish
vaqtini qisqartirish holatlarida uchrab turadi.
Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda yollanma mehnat
bilan shug’ullanuvchilar ulushi muntazam kamayib bormoqda.
Foyda
tushunchasi,
haqiqatda
mulkdan
daromad
(nokorporativ
tadbirkorlikdan daromad) va korporatsiyalar foydasiga bo’linadi. Birinchi holatda
gap, individual mulk hisoblangan korxonalar hamda ularning sheriklari va
kooperativlarning sof foydasi, to’g’risida ketadi.
Korporatsiyalarning foydalari uch xil usulda foydalanilishi mumkin:
– davlat tomonidan korporatsiyalarning foydasiga soliq ko’rinishida;
– aktsionerlarning dividendlari ko’rinishida;
– yuqorida ko’rsatilgan to’lovlarni chegirgandan so’ng qolgan barcha summa –
korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi ko’rinishida.
YAIM tarkibida ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foydadan tashqari yana
mablag’larni ikki turda taqsimlanishi, ya’ni daromadlarni to’lash bilan bog’liq
bo’lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va ishlab
chiqarishga bilvosita soliqlar.
Asosiy kapital iste’moli umuman olganda, hisobot davrida ishlab
chiqaruvchida mavjud bo’lgan asosiy kapital joriy qiymatining jismoniy va ma’naviy
eskirishi hisobiga qisqarishini anglatadi.
Bunga harbiy harakatlar yoki favqulotda holatlar natijasida vayron bo’lgan
asosiy kapital kiritilmaydi.
Iste’mol qilingan kapital qiymati sotib olingan vaqtdagi narxlarda emas, balki
hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan vaqtdagi haqiqatdagi yoki hisoblangan narxlar
va kapital tovarlar uchun ijara to’lovlaridan foydalanib hisoblanishi kerak. Kapital
tovarlarning boshlang’ich qiymati, ya’ni dastlabki ular uchun to’langan narxlarning
asosiy kapital iste’molini hisoblashda qo’llanilishi ba’zi noaniqliklarga olib kelishi
mumkin. Chunki, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda bunda
kapital tovarlarning narxlari vaqt davomida tez-tez o’zgarib turadi. Shu sababli
buxgalteriya hisoblari va soliqqa tortish bo’yicha hujjatlardagi amartizatsiya
ajratmalar summasi bilan asosiy kapital iste’moli qiymati inflyatsiya darajasi yuqori
bo’lgan holatlarda ancha farqlanishi mumkin.
Ijara haqi deganda kapital, tovardan foydalanuvchi tomonidan uning egasiga
qisqa muddatli ijara yoki shunga o’xshash ma’lum vaqt davomida shartnoma
asosida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish huquqi uchun to’lanadigan summa
tushuniladi. Ijara haqi nafaqat ushbu davrda tovar qiymati kamayishini, ya’ni asosiy
kapital iste’molini, qoplashi, shu bilan birga ushbu davr boshidagi asosiy kapital
uchun belgilangan foiz to’lovlari va boshqa kapital egasining xarajatlarini qoplashi
zarur.
Daromad to’lash bilan bog’liq bo’lmagan yana bir xarajat turi davlat
tomonidan soliq undirilishi bilan bog’liq bo’lgan – biznes uchun bilvosita soliqlar
hisoblanadi. Firma va korporatsiyalar uchun ular xarajat bo’lib hisoblanadi va shu
sababli ular mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: qo’shilgan
qiymat solig’i, aktsizlar, mulk solig’i, litsenzion to’lovlar va bojxona poshlinalari.
Ochiq
iqtisodiyot
sharoitida
makroiqtisodiy
siyosatning
asosiy
yo’nalishlaridan biri bo’lib eksport-import operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan
tashqi iqtisodiy aloqalar hisoblanadi. Bunda ichki va tashqi narxlar variatsiyasi
darajalari katta ahamiyatga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug’ullanuvchi
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar variatsiya miqdoriga qarab yutishlari yoki yutqazishlari
mumkin. Masalan, ma’lum mahsulot turini ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarini
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarga ichki narxlarda sotishadi.
Ular esa, o’z navbatida, xorijga bu mahsulotni jahon yoki shartnoma narxlarida
sotadilar. Boshqa tomondan, aholini qo’llab-quvvatlash maqsadida, davlat import
mahsuloti narxining bir qismini o’z hisobidan qoplashi mumkin. Yuqorida
ko’rsatilgan eksport va import operatsiyalari orasidagi farq tashqi iqtisodiy aloqalar
bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilotlarning sof daromadi bo’lib
hisoblanadi.
Biroq bu erda gap tamoman boshqa narsa, ya’ni xorijdan olingan sof omil
daromadlari to’g’risida ketayapti. Xorijdan olingan sof omil daromadlari MHTda
hisoblanadigan YAIM va YAMD ko’rsatkichlari orasidagi farqdan kelib chiqadi.
Mamlakat rezidentlari tomonidan xorijda yaratilgan omil daromadlari xorij
mamlakatining YAIMga qo’shiladi, lekin YAMDga qo’shilmaydi. O’z navbatida,
xorijda yaratilgan omil daromadlari bizning mamlakat YAIMga qo’shilmaydi, lekin
YAMDga qo’shiladi.
Norezidentlar tomonidan bizning mamlakatda yaratilgan omil daromadlari
bizning mamlakat YAIMga qo’shiladi, lekin YAMDga qo’shilmaydi. Omil
daromadlariga ish haqi, foyda, dividend, foizlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |