Xovos tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining
BUYRUG‘Idan
KO‘CHIRMA
Maktabda o‘quvchilarning yakuniy
nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2021-2022-o‘quv yilida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-fevraldagi 70-son va Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yil 15-martdagi 48-sonli buyrug‘i, Xovos tuman XTBning 2022-yil 30-martdagi 46-i-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. Xovos tuman XTBning 2022-yil 30-martdagi 46-i-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2022-yil 25-mayda tugallanishi belgilab qo‘yilsin.
Maktab o‘quvchilarining davlat ta’lim standarti asosida egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilishi inobatga olinsin.
2021-2022-o‘quv yilida maktab o‘quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o‘tkazish bekor qilinsin.
Maktabning 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno).
Belgilab qo‘yilsinki, umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fani bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy davlat nazorat imtihonidan muayyan fandan ozod qilinadi.
Maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 2-7-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o‘tkazilsin (Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriya turdagi maktab-internatlar bundan mustasno).
Maktab ma’muriyatiga
o‘quvchilarning yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoitlar yaratish;
yakuniy nazorat imtihonlarini shaffof, adolatli, xolis o‘tkazilishini ta’minlash;
yakuniy nazorat imtihonlarining o‘z muddatlarida o‘tkazilishini nazoratga olish;
yakuniy nazorat imtihonlarining natijalari, ularni o‘tkazish yuzasidan taklif mulohazalarini umumlashtirib, 2022-yil 30-iyuniga qadar Xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori : N.Ergasheva
M.O‘.
__________2022-yil
№____-son
Xovos tuman xalq ta’limi bo‘limiga
qarashli 18-umumta’lim maktabi direktorining
2022-yil ___-_____________gi_____-son buyrug‘iga
ILOVA
Yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari
Yakuniy nazorat
|
9-sinf uchun
|
Ona tili va adabiyot
|
yozma(bayon)
|
Rus tili
|
o‘g‘zaki
|
Matematika
|
yozma
|
Tarix
|
o‘g‘zaki
|
Jismoniy tarbiya
|
amaliy
|
O‘quvchining o‘g‘zaki tanlovi bo‘yicha
|
o‘g‘zaki
|
Yakuniy nazorat
|
11-sinf uchun
|
Ona tili va adabiyot
|
yozma(insho)
|
Matematika
|
yozma
|
Chet tili
|
o‘g‘zaki
|
Tarix
|
o‘g‘zaki
|
O‘quvchining o‘g‘zaki tanlovi bo‘yicha
|
o‘g‘zaki
|
Izoh:9-11-sinfda har bir o‘quvchining ixtiyoriy tanloviga ko‘ra(variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin o‘quvchining arizasiga ko‘ra tanlanadi;
Tabiiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish shakli o‘g‘zaki laboratoriya ishlari bilan o‘tkaziladi;
9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 2-7-may, Ona tili va adabiyot fanidan 26-may, Matematika fanidan 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi;
11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan 27-may, Matematika fanidan 31-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |