36-Savol.
. Xo’jalik shartnomasining tuzilish shakllari haqida atroflicha to’xtalib o’ting.
Xo’jalik shartnomalari tuzilish shkliga ko’ra:
Oddiy
Notarial tasdiqlanadigan
Davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan
turlarga bo’linadi.
Tadbirkorlik sharnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Amaliyotda shartnomaning oddiy yozma shakli keng tarqalgan bo’lib, u taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo’li bilan rasmiylashtiriladi.
Tadbirkorlik shartnomasi qonunda ko’rsatilgan hollarda va taraflardan birirning talabi bo’yicha notarial tasdiqlanishi shart. Shartnomani notarial tasdiqlash notarius yoki bunday notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan shartnomada tasdiqlovchi ustxat yozib qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Amaldagi qonun hujjatida ayrim tadirkorlik shartnomalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish belgilab qo’yilgan. Masalan, yer uchastkalari va boshqa ko’chmas mol-mulk bilan bog’liq tadbirkorlik shartnomalari ( boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara va boshqalar ) davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Shartnomaning notarial shakliga yoki uni davlat ro’yxatidan o’tkazish talabiga rioya etmaslikxo’jalik shartnomasining haqiqiy emasligiga sabab bo’ladi. Bunday shartnoma o’z-o’zidan haqiqiy bo’lmaydi.
37-Savol.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qanday huquqlarga ega? Normativ-huquqiy hujjatlar asosida fikringizni tahlil qiling.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun
8-modda.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli: qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va o‘z mahsulotlarini (ishlari, xizmatlarining) iste’molchilarini tanlash; tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno; o‘z mahsulotni (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyukturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; binolar, inshoatlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olishga, shu jumladan lizing yo‘li bilan; belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
49-modda
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Shuningdek, 41-moddaga ko’ra davlat boshqaruv organlari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |