Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo’yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida


-bob. Sof daromadni aniqlash va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish



Download 436,73 Kb.
bet9/10
Sana16.03.2022
Hajmi436,73 Kb.
#493619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
707 22.11.2021

6-bob. Sof daromadni aniqlash va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish
25. Yakka tartibdagi tadbirkorning sof daromadi hisobot davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami daromaddan ushbu tovarlar (xom ashyo)ning tannarxi va mazkur Nizomning 7-bobida ko’rsatilgan tovarlar (xom ashyo)ni sotib olish, saqlash, sotish va ma’muriy xarajatlar chegirilgan holda aniqlanadi.
26. Daromad solig’i yakka tartibdagi tadbirkorning sof daromadini O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasiga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab chiqariladi.
7-bob. Tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromaddan chegiriladigan xarajatlar
27. Quyidagilar tovarlar (xom ashyo)ni sotib olish xarajatlari hisoblanadi:
tovarlar (xom ashyo)ni sotib olish narxi;
manzilga borish va kelish uchun yo’l xarajatlari;
tovarlar (xom ashyo)ni olib kelish bo’yicha transport xarajatlari;
mehmonxona xizmatidan foydalanish uchun qilingan xarajatlar.
28. Quyidagilar tovarlar (xom ashyo)ni saqlash xarajatlari hisoblanadi:
joy ijarasi (omborxona, ayvon va h.k.) uchun to’lovlar;
tovarlarni qadoqlash xarajatlari;
kommunal to’lovlar;
savdo (xizmat ko’rsatish) ob’ektlarini isitish yoki sovitish moslamalarini xarid qilish yoki ta’mirlash xarajatlari.
29. Quyidagilar tovarlar (xizmatlar)ni sotish xarajatlari hisoblanadi:
tovarlar (xizmatlar)ni etkazib berish bo’yicha transport xarajatlari;
reklama xarajatlari;
savdo (xizmat ko’rsatish) shoxobchasi uchun ijara shartnomasiga asosan to’langan to’lov.
30. Quyidagilar ma’muriy xarajatlar hisoblanadi:
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatlar uchun to’lovlar;
tadbirkorlik faoliyati uchun soliq to’lovlari;
ishchi va xodimlar uchun ish haqi to’lovlari.
31. Mazkur bobda ko’rsatilganlardan tashqari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa xarajatlar ham tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami daromaddan chegiriladigan xarajatlar sifatida hisobga olinishi mumkin.
32. Shartnoma, hisobvaraq-faktura, to’lov amalga oshirilganligi to’g’risidagi bank hujjatlari, nazorat-kassa texnikasi va to’lov terminallari cheklari mazkur bobda ko’rsatilgan tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami daromaddan chegiriladigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
33. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq rejimini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Download 436,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish