Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo’yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida


-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritish



Download 436,73 Kb.
bet7/10
Sana16.03.2022
Hajmi436,73 Kb.
#493619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
707 22.11.2021

3-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritish
6. O’z faoliyatining xususiyatiga ko’ra aholi bilan pullik hisob-kitoblarni nazorat-kassa texnikasini qo’llamasdan amalga oshirishi mumkin bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar cheklari daftarini yuritishlari shart.
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni nazorat-kassa texnikasini qo’llagan holda amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovar cheklari daftari yuritilmaydi.
7. Hisobga olish daftaridagi yozuvlar ularning to’g’riligini tasdiqlash uchun u bilan birga saqlanadigan hujjatlar asosida yuritiladi.
Quyidagilar yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) manbaini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi:
shartnoma;
hisobvaraq-faktura;
bankdagi hisobvarag’idan tovarlar (xizmatlar)ni pul o’tkazish yo’li bilan sotib olganligi to’g’risidagi to’lov topshiriqnomasi;
tovarlar (xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
8. Quyidagilar tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi:
nazorat-kassa texnikasi cheklari nusxalari — nazorat-kassa texnikasi qo’llanilishi orqali tovarlar sotilganda (shu jumladan, virtual kassa);
bank plastik kartalaridan foydalangan holda to’lovlar qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminallari cheklari nusxalari — hisob-kitob terminali qo’llanilganda;
bankdagi hisobvarag’iga tushgan pul mablag’lari — tovarlar (xizmatlar) pul o’tkazish yo’li bilan sotilganligi to’g’risidagi to’lov topshiriqnomasi;
tovar cheklari daftari — tovar cheki berilganda;
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
9. Sotilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar rekvizitlari (tovarlar, xizmatlar nomi, o’lchov birligi, tovarlarni xarid qilish, sotish va ko’rsatilgan xizmatlar summasi) to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga olish daftarida kalendar oy yakunlanganidan so’ng keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmasdan tegishli yozuvlar bilan qayd etiladi.
Kalendar oy davomida sotilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar summasi nazorat-kassa texnikasi ko’rsatkichi, bank plastik kartalaridan foydalangan holda to’lovlar qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminallari cheklari, yozilgan tovar cheklari summasi hamda bankdagi hisobvaraqqa pul ko’chirish orqali tushgan pul mablag’larining umumiy summasi bilan mos tushishi kerak.
10. Har bir mijozga tovarlar (xizmatlar)ning realizatsiya qilinganligi to’g’risidagi ma’lumotlar tovar cheklari daftarining alohida varag’ida aks ettiriladi. Tovar cheklari daftaridagi varaqa ikki nusxada to’ldiriladi, bir nusxasi qirqib olinadi va xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi tovar cheklari daftarida tikilgan holda qoladi.
Bunda, xaridorga beriladigan va o’zida qoladigan tovar cheklari daftaridagi varaqda barcha yozuvlar aynan bir xil bo’lishi kerak.
11. Tovar cheklari daftaridagi varaqlarda quyidagi yozuvlar:
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi — tovar cheklari daftarini davlat soliq xizmati organida ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgunga qadar barcha varaqlarda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil ravishda kiritiladi;
qolgan yozuvlar — tovar cheki xaridorga berilgunga qadar sotish, xizmat ko’rsatish va buyurtmalarni bajarish paytida kiritiladi.
12. Tovar cheklari daftarining varaqlari to’ldirilganda:
xaridorga sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlar uchun to’lovning umumiy summasi aks ettiriladi;
bitta xaridorga sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlar uchun tovar cheki bitta varaqda rasmiylashtirib beriladi;
tovarlar (xizmatlar) narxi, o’lchami, soni va jami summasi to’g’risidagi ma’lumotlar raqamlar bilan kiritiladi.
Tovar cheklari daftari to’lishiga qadar yakka tartibdagi tadbirkor davlat soliq xizmati organlarida qo’shimcha faqat bitta yangi tovar cheklari daftarini ro’yxatdan o’tkazishi mumkin.

Download 436,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish