Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/134
Sana14.04.2022
Hajmi7,14 Mb.
#549922
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134
Bog'liq
6 07

13-modda. Dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish 


Dehqon xo‘jaligi o‘zi ishlab chiqarayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bozordagi talab 
va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narxlar belgilaydi. 
Dehqon xo‘jaligi Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirma asosida o‘z 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qo‘shimcha hujjatlarsiz (ruxsatnomalarsiz) O‘zbekiston Respublikasi 
hududida erkin tashish va realizatsiya qilish huquqiga ega. 
Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dalasida, dehqon bozorlarida va 
savdo markazlarida, shuningdek aholi punktlarida sayyor savdo tashkil etish yo‘li bilan qo‘shimcha 
ruxsatnomalarsiz (litsenziyalarsiz) realizatsiya qilish huquqiga ega. 
Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulga yoki bank kartalari 
bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali cheklovlarsiz realizatsiya qilish huquqiga ega. Bunda 
dehqon xo‘jaligi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun kassa operatsiyalari qoidalarida nazarda 
tutilgan hisob yuritishi shart emas. 
Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yuridik 
va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega. 
Dehqon xo‘jaligi tomonidan o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan 
olingan daromadlarga soliq solinmaydi. 
14-modda. Dehqon xo‘jaligining moliyaviy xizmatlardan foydalanishi 
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun kreditlar, shu jumladan imtiyozli 
kreditlar olishi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag‘larini 
ixtiyoriylik va shartnoma shartlari asosida garov, kafolat, sug‘urta, shuningdek kredit va qarz 
majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashning boshqa turlarini qo‘llagan holda jalb etishi mumkin. 
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, texnika vositalari 
hamda asbob-uskunalarni lizing shartnomasi asosida o‘z egaligiga olish va ulardan foydalanish 
huquqiga ega. 
Dehqon xo‘jaligi ishlab chiqarish obyektlarini (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan 
yer uchastkalari hududidan tashqarida) qurish, asosiy vositalarni xarid qilish uchun uzoq muddatli va 
qisqa muddatli kreditlar olish huquqiga ega. 
Dehqon xo‘jaligi kredit olish uchun o‘z tasarrufidagi yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy 
huquqlarni (egalik qilish, foydalanish), dehqon xo‘jaligi a’zolarining xususiy mulkini, kelgusida 
olinadigan hosilni garovga qo‘yishga haqli. 
Dehqon xo‘jaligi o‘ziga qarashli yoki ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq 
xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, ishlab chiqarilgan 
mahsulotning, xomashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kamomadi yoki 
shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘z 
javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qilishni amalga oshiradi hamda qonunchilikda 
belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi. 
Kreditlash, sug‘urta va lizing bo‘yicha kichik biznes hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga 
beriladigan imtiyozlarning barcha turlari dehqon xo‘jaliklariga ham tatbiq etiladi. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish