Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti



Download 250,5 Kb.
bet1/5
Sana12.07.2022
Hajmi250,5 Kb.
#779609
  1   2   3   4   5




Mavzu: Qadimgi va milliy dinlarning tasnifi
REJA:

  1. Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti.

  2. Veda va veda dinlari.

  3. Konfutsiylik va daosizm.




Milliy dinlar


Yahudiylik Hinduiylik Konfutsiylik Sintoizm Daosizm

Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiy so’zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu so’zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» so’zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar- da, aslida bu fikr noto’g’ri, «yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan Ya’qub Payg’ambarning o’g’li Yahudo nomiga nisbat berilgan.


Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo’lib,
Isroil – Ya’qub payg’ambarning ikkinchi ismi, banu
«bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil avlodlari».
Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi:

    1. Olamlarni yaratuvchi yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve so’zi «rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Тavrotning «Chiqish» kitobida Хudoning Musoga aytgan ushbu so’zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz Ibrohim, Ishoq, Ya’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish: 3). Mil. av. VI asr oxirlarida yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib qo’ymasliklari uchun Yahve so’zini ishlatishni man etib, uning o’rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Хoja») so’zini qo’llashni buyurganlar. Shundan so’ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahve nomini tilga olishlariga ijozat berilgan.

Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech bir ishga qo’l urilmaydi.


    1. Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular o’zlarini Хudo tomonidan saylangan, muqaddas xalq ekanini, yahudiyning ruhi Хudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.

    2. Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra, oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun yahudiylarni Sinion atrofida to’playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.

    3. Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan Тalmudda bayon etilgan. Unga ko’ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar.





  1. Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;

  2. But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik;

  3. Bekordan-bekorga Хudo nomi bilan qasam ichmaslik;

  4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Хudo uchun

bag’ishlash;

  1. Ota-onani hurmat qilish;

  2. Nohaq odam o’ldirmaslik;

  3. Zino qilmaslik;

  4. O’g’rilik qilmaslik;

  5. Yolg’on guvohlik bermaslik;

  6. Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik.


Хristianlar va yahudiylar Bibliya so’zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya so’zi ostida ko’pincha o’zlarining Тanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bo’lgan besh kitob «Тavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga


bo’linadi:

    1. «Borliq» yoki «Ibtido»;

    2. «Chiqish»;

    3. «Levit»;

    4. «Sonlar»;

    5. «Ikkinchi qonun».


SONLAR

LOVIY

ILOHIY YOZUVLAR (“KETUBIM”)










PAYG’AMBARLAR KITOBLARI
(“NEVIIM”)







BUYUK PAYG’AMBARLAR







KICHIK PAYG’AMBARLAR

Yahudiylar falastindan Assuriya quvg’inlari paytida – mil. avv. VIII-VI asrlarda Eronga ko’chib kela boshlaganlar. Erondan O’rta Osiyoga esa taxminan mil. avv. V-III asrlarida ko’chib kelgan. Samarqand va Buxoroda yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi yahudiylar yashay boshlaganlar.


Markaziy Osiyoda yashayotgan (hozirgi kunda kam qolgan) yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko’rinishlar tartibiga muvofiqto’rt xil: yevropalik, buxoro, gruzin, tog’li yoki tat yahudiylariga bo’linadi.

Mil. av. ikkinchi ming yillik o’rtalarida Hindistonning shimoli-g’arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga g’arbdan Hindikush dovoni orqali o’zlarini oriylar deb atalgan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar Eronga ko’chib kelgan qo’shni qabila tillariga juda yaqin bo’lgan, hind- yevropa tillaridan kelib chiqqan tilda gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo’lishlari bilan birga she’riyatga ham usta edilar. Shu yo’l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o’zlari xohlagan tarafga o’zgartira oldilar. Ular o’zlari bilan muqaddas yozuvlari – Vedalar (sanskr. – muqaddas bilim)ni ham olib kelgan edilar.


Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo’lib, ular o’z ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to’rt yirik to’plamdan iborat.




SAMAVEDA– «QO’SHIQLAE
VEDASI»


ATHARVAVEDA– «AFSUN VA
JODULAR VEDASI»




Download 250,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish