Yahudiylik. Faollashtirish uchun savol va topshiriqlar



Download 50,29 Kb.
bet2/9
Sana06.06.2022
Hajmi50,29 Kb.
#640995
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yahudiylik. Yahudiylik marosimlari va oqimlari.

Tarixga nazar Bibliya rivoyatlariga ko‘ra, mil avv. 1250-yilda yahudiylar Muso boshchiligida Misrni tark etdilar. Mil. avv. 1000-yilda podshoh Saul vafotidan so‘ng uning kuyovi podshoh Dovud Falastinni birlashtirib, Yahudiy podshohligini tashkil qildi.





Tanax birlamchi manba bo‘lib, u Tavrot (Tora), Payg‘ambarlar (Neviim) va Kitoblar (Xetuvim) deb ataluvchi uch bo‘limdan iborat.
Talmud (ibroniycha - «o‘rganish») Tavrotning sharhi sifatida e’tirof etiladi.


Markaziy Osiyoga yahudiylik dinining kirib kelishi va rivojlanishi.

Miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalardan boshpana topdilar. Markaziy Osiyoga yahudiylar So‘g‘diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda kirib kelganlar. Ular Eron orqali Marvga kelib, u yerdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar.


Tadqiqotchilar ularning bu yerga ko‘chib kelib, joylashishlarini «Buyuk Ipak yo‘li» faoliyati bilan bog‘laydilar. Yahudiylarning bo‘yoqchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lganlari ularning xomashyo manbalariga yaqinroq mintaqalarga o‘rnashishlariga sabab bo‘lgan.


Markaziy Osiyoda milodiy IX–X asrlarda yahudiy jamoalari ko‘p sonli va erkin bo‘lganlar. Ulardan faqat urushga yaroqli bo‘lgan erkaklargina jizya solig‘ini to‘laganlar. Yig‘ilgan soliqlarning faqat yarmi davlat xazinasiga topshirilgan, qolgan qismi esa jamoa boshlig‘i ixtiyorida qolgan.


Yahudiylarning Markaziy Osiyoda yashaganliklariga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar ilk bor tadqiqotchi tomonidan 1954-yili Turkmanistonning Marv va Bayramali shaharlaridan topilgan. Bular qadimgi sinagoga qoldiqlari, yahudiy yozuvida yozilgan sopol buyumlardir. Topilmalar Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari hukmronlik qilgan miloddan avvalgi II –milodiy I asrlarga tegishli bo‘lgan.


IX–X asrlarda Markaziy Osiyoda karaimlar deb ataladigan yahudiy sektasi paydo bo‘ladi. Bu oqim tarafdorlari faqat Torani (Tavrotni) tan olar, Talmudni esa inkor qilar edilar. Ular mahalliy yahudiylarni kashrut (ruxsat etilgan ovqatlarnigina yeyish) qoidasini buzish, yerli aholi bilan aralashib ketish va yahudiy dinini bid’atlar bilan buzishda ayblay boshladilar.


XIII asr boshiga kelib qadimgi yahudiy jamoalari ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam sonli yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. Mo‘g‘ullar davrida esa Xorazmda yahudiylarning bir shaharda 100 uydan oshiq bo‘lishlari taqiqlangan edi.


Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr mintaqasiga Erondan ko‘pgina yahudiy jamoalari ko‘chirib keltirilgan. Ularning bir qismi Buxoroda yashagan. XVIII asrning boshlarida yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi.


XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo yahudiylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan bo‘lsalar-da, ularning asosiy qismi Samarqandda yashagan.






Download 50,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish