Yadro, periferiya tushunchasi. Tilshunoslikda yadro, periferiya munosabatining tatbiq etilishi Reja


Tilning turli sathlarida «yadro-periferiya» munosabatlarining namoyon bo‘lishi



Download 69,89 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2022
Hajmi69,89 Kb.
#648390
1   2   3   4
Bog'liq
16-amaliy mashg'ulot. Yadro, periferiya tushunchasi. Tilshunoslikda yadro, periferiya munosabatining tatbiq etilishi-1

2. Tilning turli sathlarida «yadro-periferiya» munosabatlarining namoyon bo‘lishi. Tilshunoslikda til birliklarining tabiati va tuzilishi haqidagi empirik bilimlar va materiallar to‘plana borgan sari, lingvistlar til haqidagi bilimlarni tartibga solishga uning tarkibidagi birliklar o‘rtasida nomutanosiblikning mavjudligi xalaqit berayotganini his qila boshladi. Jumladan, 1980-yillarda sobiq Sho‘rolar ittifoqidagi nazariyotchi tilshunoslardan biri - M.Mamudyan tilning har bir sathida va unsurida sobit yadro va variantlarga ega periferiya mavjudligi xususidagi farazni ilgari surdi. Olimning fikricha, til birliklaridagi yadro va periferiya nisbatan olingan chegaralarga ega hamda periferiyaning mavjudligi va uning yadro bilan o‘zaro aloqalari tufayli tilning amal qilinishi yuz beradi8. Shu kabi til birligida yadro-periferiya qismlarining mavjudligi ularning funksional-semantik vazifasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi, ana shu holat tufayli tilning turli lisoniy muloqot shart-sharoitlariga moslashishi, ko‘p funksiyaliligi ta’minlanadi, bularning barchasi lisoniy belgining asosiy konturlarini yo‘qotmasligi sharoitida yuz beradi. Ayni shu xususiyatlar til birliklarining struktural-funksional yaxlitligini ta’minalb beradi9..
Ana shu nuqtai nazardan tildagi, shu jumladan, o‘zbek tilining turli sathlarida yadro-periferiya munosabatlarining namoyon bo‘lishini ko‘rib chiqaylik:
Fonetik sathda yadro-periferiya munosabati diftonglarda namoyon bo‘lishi ko‘proq kuzatilgan. Unli fonemalar tarkibida boshqa jinsdan bo‘lgan unsurning ishtirok etmasligi ularda yadro-periferiya munosabatining mavjudligini shubha ostiga qo‘yadi. Diftong esa ikki unsurdan: kuchli va baland talaffuz etiladigan yadro hamda kuchsiz va pastroq ohangda talaffuz etiladigan periferiyadan iborat. Ingliz tilidagi quyidagi diftonglarning ta’rifiga e’tibor beraylik:
[ɪə] – diftongining yadrosi oldingi qator, lablanmagan va kuchli [ɪ] unlisi bo‘lib, periferial qismni tiloldi ochiq va o‘rta keng unli [ə] tashkil etadi.
[eə]/[ɛə] – diftongining yadrosi maksimal oldingi qator, lablanmagan va kuchsiz [e]/[ɛ] unlisi bo‘lib, periferial qismni tiloldi ochiq va o‘rta keng unli [ə] tashkil etadi10.
Xuddi shunday hollarni o‘zbek tili shevalaridagi diftonglarda ham ko‘rish mumkin, jumladan, qipchoq shevalarida uchraydigan [ʱӧü], [ʱaü] diftonglarida [ӧ], [ü] unlilari yadroni tashkil etsa, har ikkala diftongda [ü] unlisi periferiyani tashkil etadi11. Bo‘g‘inlardagi yadro-periferiya munosabati bo‘g‘inni tashkil etuvchi unli va undosh munosabatlariga tayanadi. Bo‘g‘inlarda yadro sifatida uni tashkil etuvchi unli tovush namoyon bo‘lsa, periferiya undosh tovush(lar)dan iborat bo‘ladi12. Bunday ta’rif, albatta, bir unlidan iborat bo‘g‘inlar uchun emas. Hozirgi o‘zbek tilidagi CV, VC, CVC, CVCC tipidagi bo‘g‘inlarda bir, ikki va uch dona undosh periferial unsur sifatida mavjud bo‘ladi.
Leksika sathidagi unsurlarning yadro-periferiya munosabati tildagi maydon tushunchasi bilan bog‘liq. Tilning leksik birliklari har doim semantik maydonda o‘z ma’nosini realizatsiya qiladi, shu sababli leksik unsurlar orasidan yadroviy va periferial unsurlarni tanlashda leksik birliklarda bir tarafdan semantik vazifalarning umumiyligini, boshqa tarafdan grammatik va leksik unsurlarning o‘zaro ta’siri kabi shart-sharoitlarni hisobga olish zarur13. Leksik birliklarning yadro-periferiya munosabatiga ko‘ra tasnifi ana shu tarafi bilan biroz murakkab, ammo har qanday tildagi hozirgi paytda faol bo‘lgan so‘zlar qatlamini, neologizmlarni, adabiy tilning leksik boyligini tilning leksikasi yadrosida turadi deb hisoblash mumkin. Periferiyada esa eskirgan, tarixiy so‘zlar hamda dialektizmlar, boshqa tillardan olingan va ma’nosi keng ommaga yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlar turishi ma’lum.
Semasiologiyada ham semalarning strukturasida yadro va periferiyalarni ajratish kuzatiladi. Ma’lum bir so‘z semasi (sememasi) doirasida yadroviy qismga oid ma’no parchalarini asosiy, doimiy, eksplitsitiv (ochiq-ravshan) ifodalovchi semalar ifodalaydi, periferial semalar esa sememaning asosiy bo‘lmagan, ehtimoliy ma’no tashuvchi, sobit bo‘lmagan, ma’nosi kuchsiz semalar tashkil etadi. Yadroviy semalar tilning leksik sathida leksemalarning guruhlanishi uchun asos bo‘ladi, aynan ularning xususiyatlariga ko‘ra tilda sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, so‘zlarning leksik-semantik guruhlari (so‘z turkumlari ham bundan xoli emas) va mavzuiy guruhlari shakllanadi.
Periferial semalar esa predmetning uncha muhim va doimiy bo‘lmagan belgilarini ifodalaydi. Masalan “erkak” so‘zining periferial semalari bo‘lib “kuchli”, “mard”, “bo‘yi baland”, “cho‘rtkesar”, “qo‘rqmas” kabi semalar bo‘lishi mumkin. Asosiy ma’noni tavsiflovchi xususiyat bilan sememaga bog‘langan bu so‘zlarni faqat nutqiy jarayonda bir munosabat orqali faqat aniqlovchi yoki izohlovchi vazifasida kelgandagina ma’nosi reallashishi periferial semaning tabiatini yaqqol ifodalaydi. Ular nutqda obrazlilik, ekspressivlik, ko‘chma ma’no kabi hollarning vujudga kelishiga ko‘maklashadi, so‘zning nominativ funksiyasining kengayishiga olib keladi14. Ana shu xususiyatlarni bilvosita ifodalaganlari uchun ular asos semadan ma’no jihatidan tobora uzoqlashib boraverishi kuzatiladi (3-chizmaga qarang)

Morfemika sathida ham o‘zbek tilining tipik agglyutinativ-analitik til ekanligini hamda "morfema til sistemasida", "morfema funksional-paradigmatik sistemada” tamoyiliga tayangan holda morfemik birliklarning yadroviy va periferial qismlari: 1) o‘zak va qo‘shimchalarni va periferial qismlarini; 2) qo‘shimchalarga ma’no-vazifa jihatidan teng keluvchi birliklar: ot va fe’ldagi ko‘makchilar, to‘liqsiz fe’llar, affiks-yuklamalar, sifat va ravishdagi eng, juda tipidagi formalar, qil, et, ayla, bo‘l; de fel formalari, affiksoidlar; 3) tub "o‘zak so‘zlar"; 4) nol morfemalar; 5) o‘zgaruvchan morfemalar: choy-poy, non-pon, meva-cheva tipidagi takrorlarda ikkinchi qismlarni kiritish mumkin15.

Download 69,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish