Y masharipov sport psixologiyasi



Download 216,08 Kb.
bet35/49
Sana06.03.2023
Hajmi216,08 Kb.
#916842
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
Y masharipov sport psixologiyasi

Beshinchi mashq.
Bu mashqlar ichki organlarning qon tomirlarini kengaytirish maqsadida erkin bajariladi. Buning uchun to‘rtinchi mashqning 6- bandidagi so'zlarni to‘la takrorlash tavsiya etiladi.
Men o‘ng qo‘limni ko‘krak ostiga qo‘ygan holatda joylashdim. Men o‘ng qoMimni ko‘krak ostiga qo‘ygan holatda joylashdim. Men kaf- timda paydo bo‘lgan issiqlikning kuchayganini aniq sezib turibman. Men har bir nafas olganimda moMjaldan ortiq issiqlik olayotgandek- man va bu issiqlikni o‘ng qo‘lim orqali ko‘krak ostiga o‘tkazaman. Haqiqatan ham issiqlik hayratlanarli darajada sezilarli. Men to‘plangan bu issiqlikni fikran tanamning har qanday joyiga o‘tkaza olaman. Is­siqlik menga bo‘ysunadi. Mening ko‘krak va qornim issiqlikdan ro- hatlanayapti. Bu shifobaxsh issiqlik mening tanamni qizdirdi. Bu is­siqlikdan badanim nurlangandek bo‘lmoqda. Men o‘zimni ichki ehti- yojimga muvofiq barqaror issiqlik ishlab chiqarish qobiliyatiga ega- man.
Oltinchi mashq. Uyquni yaxshilash.
Meni hech narsa xavotirga sololmaydi. Menda o‘y-tashvish yo‘q, tanam uvushib ketayapti. Tinchlik mudroqqa o‘rin bermoqda. Mudrash mayin va juda yoqimli. Huzurbaxsh mudroq butun miyamni o‘rab olmoqda va fikrimning o‘rnini sokin uyqu bosmoqda. Men uyquga ketyapman. Men yoqimli, huzurbaxsh va shirin uyquga ketdim.
Men uyg'oqlikda o‘zimni aniq, ravshan va yorqin tasawur qilaman. Men juda tetikman, bosiq va vazminman, g'alabaga erishuvchanman. Men hamma vaqt shunday boMaman. Menda qayg‘uga, hasratga, tartibsizlikka, muvaffaqiyatsizlikka moyillik yo‘q. Men sog‘lom va chidamliman, doimo a’lo kayfiyatda boMaman.
Men hozir hech narsani sezmayman. Meni hech narsa xavotirga sololmaydi. Men chuqur, chuqur uyquga ketayapman. Men rohatbaxsh uyquga g‘arq boMib ketayapman. Uxla, uxla, uxla. Men, aksincha, uyg‘onmasdan chuqur va chuqur uyquga ketdim. Men magnitofonni o‘chirdim, o‘chirdim.
Yettinchi mashq.
Mening peshonamga yoqimli salqinlik urilmoqda. Mening yuzimni siypalab, mayin shabada esib turibdi. Salqin quwat mening miyamga, ko‘z va tanamga tetiklik keltirdi. Mening tanamdagi issiqlik asta-sekin pasaymoqda (to‘xtam). Mendagi qat’iyat, o‘zimga ishonch asablarimni mustahkam qildi. Mendagi ishonch tanamni hayotiy kuch-quwatga toMdirdi. Mening o‘zimga ishonchim juda yuqori va barqaror. Men juda chidamli va qat’iyatliman. Mening a’zolarim barcha qiyinchiliklarga bardosh beradi, men barcha a’zolarimga ishonaman. Mening o'zimga ishonchim kuchimni to‘la tiklashga imkon berdi, jismimda to'plangan ortiqcha kuchlar mendagi faollikni o'stirdi. Men tetik, sog‘lom va quwatliman. Men qisilgan prujinadek kuchliman. Men musobaqada ishtirok etishga tayyorman. Men qo‘limni musht qilib ko'zimni ocha- man. Men juda tetikman, barcha jismoniy mashqlarni bajarishga kiri- shaman.
Sportchi mashg‘ulotlarda mashqlardan juda charchab chiqqan paytlarda yoki boshqa birorta mashqni sifatli va aniq bajarishda qiynalayotgan vaqtda quyidagi mashqlardan mini-trening sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Siz birorta qulay joyda bo‘shashgan holatda o‘tiring va oldingi mashqlarda aytib o‘tganimizdek, 2-3 daqiqa davomida ko‘zlaringizni yuming. Siz yaxshi kayfiyatda ekanligingizni tasawur eting. Masalan, go‘yo o‘zingizni voleybol o‘ynayotgandek yoki birorta faol harakatni tez bajarayotgandek tasawur qiling va xayolan o‘sha holatga kiring, keyin ko‘zingizni ochib, zarurbo'lgan mashqni bajarishga kirishing. Shu tariqa asta-sekin o‘zingizning hayotingizni sermazmun, jo‘shqin bo'lishi va kayfiyatingizni oshirish uchun maxsus reja tuzing va unga amal qilishga o‘rganing.
«Autogen» mashg‘ulotning yuqorida biz ko‘rib chiqqan har bir bosqichi sportchilarni musobaqaga ruhan tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Agar sportchilar muntazam ravishda «autogen» mashg‘ulot bilan shug‘ullanib yurishsa, o‘yinlarda ularning ruhiy sifatlari asta-sekin kuchaya boradi. Jumladan, sport mashg‘ulotlari va sport jarayonida diqqatning taqsimlanishi yaxshilanadi, harakat obrazlarining yorqinliligi kuchayadi. Agar sportchi so‘z vositasi yordamida o‘ziga buyruq berish mexanizmlaridan to‘g‘ri foydalansa, irodaviy hamda jismoniy sifatlari yanada rivojlanadi.
Sportchilarni musobaqaga ruhiy jihatdan tayyorlashda ularga yaqin kunlarda bo4adigan musobaqa toigirisida aniq va xolis ma’lumotlar berib borish ham muhim o'rin tutadi. Chunki sportchining bo‘lajak musobaqani o‘tkazish joyi, vaqti, muhit, sharoit, obyektiv va subyektiv munosabatlar, musobaqa qatnashchilarining tarkibi, raqib jamoalar tarkibi, asosiy raqiblar, alohida raqib sportchining individual xususiyatlari; jismoniy, ruhiy, taktik, irodaviy tayyoigarligi; alohida raqib yoki raqib jamoa a’zolarining qanday imkoniyatlarga ega ekanligi to‘g‘risida axborotlar olishi musobaqaga ruhiy va jismoniy tayyorgarligini oshirishda, bo‘lajak musobaqaning rejasini tuzishda muhim omil hisoblanadi. To‘g‘ri, boMajak musobaqaning hamma jihatlarini mayda- chuydasigacha bilib olish juda qiyin. Shunday bo‘lsa-da, sportchi uchun bo'lajak musobaqaning ayrim muhim tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish ham muvaffaqiyat keltirishda yordam beradi. Ba’zan sportchi musobaqa haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmaganligi sababli, unda g‘alabaga ishonch o'rniga qo‘rqinch, vahima, o‘ziga ishonmaslik holati paydo bo‘ladi yoki g'alabaga befarq bo‘lib qoladi. Musobaqa jarayonida sportchilardagi noxushlik, bezovtalanish, tashvishlanish kabi ruhiy holatlarni yo'qotish yoki pasaytirish uchun yuqorida nomlari ta’kidlangan maxsus psixologik uslublardan foydalanish ularning musobaqalarga psixologik jihatdan tayyorgarlik holatini yanada yaxshilaydi, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ruhiy Jismoniy va taktik imkoniyatlarini oshiradi. Hatto, ayrim murabbiylar shogirdlarini musobaqaga ruhan tayyorlash muammosini to‘g‘ri hal etish maqsadida, ularning raqiblari haqida ma’lumotlar yig‘ib, raqibning suratini mashq qiladigan sport zalining e’lonlar taxtasiga ilib qo‘yib, tagiga yoshi, bo‘yi, ma’lumoti, jismoniy tayyorgarligi, ruhiy holati, irodaviy sifatlari, texnik va taktik mahorati, yoqtirgan kurash usullari, sportda erishgan ko‘rsatkichlarini yozib qo‘yadilar. Boshqa ba’zi bir tajribali murabbiylar shogirdlariga teng keladigan raqib obrazini yaratib, sport mashg‘uloti jarayonida o‘sha raqib sportchiga qarshi har xil texnik va taktik usullar ishlatish, jumladan, raqibdan o‘zini himoya qiladigan qarama-qarshi kurash usullaridan foydalanish, uning zaif himoyalangan nuqtalariga zarba berish kabilar yordamida shogirdlarini bo‘lajak katta musobaqalarga jismoniy, ruhiy, taktik jihatdan tayyorlab boradilar.
Sportchilarni musobaqaga ruhan tayyorlashda ularning musobaqaga ishtirok etish motivlari, ehtiyojlari va maqsadini aniqlash juda muhim. Chunki, motivlar sportchi ruhiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omildir. «Sportchi nima maqsadda musobaqada ishtirok qilmoqchi?», «Nima sababdan bu maqsadni o‘z oldiga qo‘ydi?», «Sportchi nima uchun bunday harakatlarni bajarishga o‘zini majbur etmoqda?» kabi savollar yechimini topa bilishi shart. Chunki, sportchining sportga bo'lgan ehtiyojlari uning ruhiy faolligini oshiradi, qiziqishini kuchaytiradi. Aynan shu ehtiyoj sababli sportchi o‘z raqibidan ustunlikka erishish uchun bilim, malaka va ko'nikmalarini o‘stirib boradi, xulq-atvorini shakllantirishga harakat qiladi. Aynan shu ehtiyoj sportchidan hayotning barcha yo‘nalishlarida mehnat qilishni, jamoada o‘z o‘rnini topishni o‘zining asosiy maqsadi va burchi deb bilishni taqozo qiladi.
Sportchining musobaqada g'alaba qilish maqsadi uning shiddat bi-
Ian izchil mashq qilishi, musobaqaga ruhiy tayyorgarlik holatining yuqori darajada bo'lishi kabi omillar ta’sirida amalga oshadi. Murabbiy g'alaba qilish uchun aniq imkoniyatlarni hisobga olish, kuchli raqiblar bilan juda ehtiyot bo‘lib bellashish, mehnatsiz maqsadga erishish muhim emasligi kabilar haqida tushuntirish ishlari olib borishi lozim. Shogirdini har qanday sharoitda ham o‘zining kuchiga qattiq ishonch hosil qilgan holda musobaqaning oxirgi daqiqalarigacha g'alaba qilish uchun barcha ruhiy va jismoniy imkoniyatlaridan foydalanishga o'zini majbur etishga o'rgatishi kerak. Bu, albatta, sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashga ko‘p jihatdan bog'liq.

Download 216,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish