Y masharipov sport psixologiyasi


pedagogika fanlari doktori, professor N.Sh. Shodiyev



Download 216,08 Kb.
bet2/49
Sana06.03.2023
Hajmi216,08 Kb.
#916842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Y masharipov sport psixologiyasi

pedagogika fanlari doktori, professor N.Sh. Shodiyev
ISBN 978-9943-319-98-1
© «0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.
SO‘ZBOSHI
Hozirgi kunda ta’lim oldidagi eng muhim masalalardan biri jismoniy madaniyat va sport fanlarini ham jahon andozalariga javob beradigan o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘qitishdir. «Sport psixologiyasi» fani jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashda, sohaga oid ko'plab muammoli masala va vaziyatlarni to‘g‘ri hal etishda; talaba, o‘quvchilar va sportchilarda ma’naviy hissiyotlarni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun bu masalaga chuqur ilmiy-uslubiy va metodologik nuqtayi nazardan yondashishga to‘g‘ri keladi. Chunki har bir millat taraqqiyotida; xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratini ta'minlashda jismoniy madaniyat va sport muhim o‘rin tutadi. Shu bois 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002-yil 24-oktabrda respublikamizda jismoniy madaniyat va sportni rivojlan- tirish maqsadida qabul qilgan «0‘zbekiston bolalar sportini rivojlanti- rish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni jismoniy madaniyat o‘qituvchilari va murabbiylari oldiga yanada murakkab vazifalarni qo‘ydi. Bu ham bo‘lsa, o‘zbek sportini jahondagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar sporti darajasiga ko‘tarishdir. Buning uchun milliy is- tiqlol g'oyalari talablari asosida sportchilarning ruhiyatini o‘zgartirish; ularda faollik, mehnatsevarlik, irodalilik, o‘zini tuta bilishlik, musta- qillik, chidamlilik, epchillik, matonatlilik, shuningdek, o‘z xatti-hara- kati uchun javobgarlik hissini o‘stirish muhim o‘rin tutadi. Bu hayotiy vazifani bajarish uchun spotchilarda o‘z faoliyat turlariga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga mo‘ljallangan sport psixologiyasi mexanizmlari ishlab chiqilgan darslik va turli o‘quv ada- biyotlarining ahamiyati katta. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ke- yingi yillarda sportchilarni jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorlash va chiniqtirishning nazariy, pedagogik va psixologik asoslarini ishlab chi- qib, amaliyotga tatbiq etayotgan, «Sport psixologiyasi» fanini rivoj­lantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan olimlarimizning soni yil sayin o‘sib bormoqda. 0‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti profes- sori Z.G. Gapparov rahbarligida R.D. Xolmuhammedov, F.K. Turdi- yev, A.A. Shabanov, D.R. Rapidjonova va boshqalar bokschi va alpi- nistlarning psixologik xususiyatlarini va ularning maxsus malakalarini takomillashtirish bo'yipheMjiib bof^e^aaiimiy-iakmishlari, chop et- tirgan ilmiy maqolalari sportchil&affi^MQfasobaqalariga psixologik tayyorlashda alohida, O/itin.tuba^b S^rW-.^moniy madaniyat
:| - .. ; . _j!


fakultetining H. Rafiyev, J. Eshnazarov kabi professorlari; dotsent Y. Masharipov, T. Hayitov, B. Haydarov, U. Do‘sanov, F. Qosimov kabi o'qituvchilari ham sportchilarni sport musobaqalariga psixologik va jismoniy tayyorlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foy- dalanish muammolari bilan jiddiy shug‘ullanib kelmoqdalar. Univer- sitetda shu muammolar bo'yicha Respublika ilmiy-amaliy anjuman- lari ham o‘tkazildi, mazkur anjumanlar materiallari bir necha marta kitob holida chop etildi.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgach, «Sport psixologiyasi» fani ham fanlar tizimida o‘ziga xos munosib o'rinlardan birini egalladi. Hozirgi kunda respublikamiz sport jamoalari va jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Davr talabiga ko‘ra 0‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2009 - 2010-o‘quv yilidan boshlab jamoa psixologi tayyorlash guruhiga talabalar qabul qilindi. Kelajakda bu kadrlar sportchilarni jamoada, guruhda va jamoada psixologik jihatdan tayyorlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
0‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti professori, psixologiya fanlari nomzodi Z.G. Gapparovva 0‘zMU psixologiya kafedrasi dot- senti I.M. Mamatovlar 1999 va 2000-yillarda «Sport psixologiyasi kursi» bo‘yicha ma’ruza matnlari chop ettirdilar. Bu ma’ruzalar matnlaridan sohaga oid oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida asosiy adabiyotlar sifatida foydalanib kelinmoqda. Professor G‘. Shavqarov rahbarligida SamDU psixologiya kafedrasining mudiri, dotsent Sh. Fayzullayev; dotsentlar — Y. Masharipov, S. Musinov, A. Abduahadov va boshqalar Samarqand shahar kollejlarida psixolog vazifasini bajaruvchi shaxslar bilan birgalikda Samarqand shahrida o‘tkazilgan «Universiada — 2004» musobaqalarida psixologik xizmat ko‘rsatish respublikada birinchi bor tajribadan o'tkazildi. Buning uchun «Universiada - 2004» boshlan- masdan oldin ikki hafta davomida maxsus seminar darslari tashkil etildi. Bu tajriba «Umid nihollari», «Barkamol avlod» musobaqalarida ham tashkil etilsa va o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki bu tadbirning sport jamoalari va jamoalaridagi psixologik muhit, sportchilar o'rtasidagi o‘zaro munosabatlar va boshqa ijtimoiy psixo­logik jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi «Universiada — 2004» mu­sobaqalarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu vazifani bajarish uchun ayni vaqtda respublikamizda mavjud ilmiy salohiyat yetarli.
Mazkur o‘quv qo'llanmada «Sport psixologiyasi» fanining tarixi, predmeti, o‘qitish uslublari, boshqa fanlar bilan aloqasi, keyingi yillarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, sportchi imkoniyatining cheksizlik psixolo- giyasi; kelajak avlodni jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalashda Ibn Sino, Amir Temur va Zahiriddin Bobur qarashlari, Najmiddin Kubro va Jaloliddin Manguberdi hayotidagi jismoniy va ruhiy faollik darajasi; sportchilarni sport musobaqalariga psixologik jihatdan tayyorlash muammolari, sportchining musobaqadan keyingi ruhiy holati, sportchilarda harakat malakalarini shakllantirish, tajovuzkorlik holati paydo bolishining psixologik sabablari, sport turlarining psixologik tavsifi, sport jamoasi va jamoalardagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasi, sportchining o‘zini-o‘zi boshqarishida qo'llaniladigan uslublar, ulardan foydalanish kabilar haqida fikr yuritiladi.
Ushbu o‘quv qo'llanma sport mutaxassislari, murabbiylar, jismoniy madaniyat o'qituvchilari, jismoniy madaniyat institutlari va universitetlarning jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari, sportchilar, magistrlar, aspirantlar, sport kollejlari va litseylari o‘quvchilari hamda keng kitobxonlarga mo'ljallangan. «Sport psixologiyasi» mualliflarning ko‘p yillik pedagogik hamda sport musobaqalarining doimiy ishtirokchisi va murabbiyi sifatida orttirgan tajribalariga asoslangan holda respublikamiz va chet ellarda chop etilgan ilmiy, o‘quv-metodik manbalarni o‘rganish, shuningdek, internet materiallaridan foydalanilgan holda yaratildi. Shu bilan birga sport psixologiyasining ko‘pgina tushunchalari mahalliy shart-sharoit va hozirgi kunning xususiyatlari hisobga olinib anchagina batafsil yoritildi.
0‘quv qo'llanma respublikamizda «Sport psixologiyasi» fanidan o‘zbek tilida tayyorlangan dastlabki ishlardan biri bo‘lgani uchun ayrim tushunchalar kitobdan joy olmagan yoki yetarli darajada pishiq talqin qilinmagan bo‘lishi mumkin. Shu bois mualliflar mazkur o‘quv qo‘llanmaning mazmuni bo'yicha bildirilgan xolisona istak, taklif, fikr- mulohaza va maslahatlarni samimiy qabul qiladilar.

«SPORT PSIXOLOGIYASI» FANINING PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI

«Sport psixologiyasi» jismoniy mashq va musobaqalar sharoitida sportchi psixologik faoliyati qonuniyatlarining mexanizmini o‘rganadigan fandir. Bu fan boshqa psixologiya sohalari bilan cham- barchas bog‘liqdir. Chunonchi, «Sport psixologiyasi» fani sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar umumiy psixologiya, pedagogika, tib- biyot, ijtimoiy psixologiya, jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari kabi sohalarda erishilgan nazariy bilimlar va amaliy tajribalarga tayanib il- miy izlanishlar olib boradilar. Bu fan sportchilarning sportda yuqori natijalarga erishishlari yo'lida xizmat qiladi. Kishilarning sport faoli­yati uning boshqa faoliyat turlaridan farq qiladi. Sport faoliyatining asosini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari va sport musobaqalari tashkil etadi. Shuning uchun ham «Sport psixologiyasi» fanining asosiy vazi- falaridan biri sportchilarni sport musobaqalarida qatnashishga tayyor- lashdan iborat. Bu tayyorgarlik jarayoni sportchilardagi maxsus jis­moniy sifatlarni, ko‘nikmalarni, qobiliyatlarni shakllantirish, bilim- larini o‘stirish, jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengish kabilarda paydo bo‘ladigan jismoniy va psixologik tayyorgarlik uslublarini yana- da takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, «Sport psixologiyasi» fani sportchilarga o‘z jamoa a’zolari bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish yoilarini ko‘rsatadi; sportchining jismoniy, ruhiy, taktik, texnik tayyorgarligini ham o‘rganadi. «Sport psixologiyasi» fani har bir sport turini alohida o‘rganadi.
«Sport psixologiyasi» fani 60-yillarning oxiriga kelib rivojlana boshladi. Sobiq Ittifoq davrida mazkur fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari Rossiya olimlari tomonidan yozilar va boshqa respublika olimlari o‘z ona tiliga tarjima qilib o‘rganar edi. 0‘zbekistonda hozirgi kungacha o'zbek tilida «Sport psixologiyasi» fani bo‘yicha birorta ham darslik yoki o‘quv qoMlanma yozilgan emas.
«Sport psixologiyasi» fani paydo boMishining birinchi bosqichida asosan jismoniy mashq bilan shug'ullangan kishilarning ruhiy jarayo- niga ta’sir masalalari (aqliy, irodaviy) o‘rganilgan bo‘lsa, asta-sekin sportchining boshqa xususiyatlariga ta’sir etishi, masalan, sport hara- kat malakalari, hissiy-irodaviylik sifatlari, sportchining startdan oldin- gi ruhiy holati, malakalarni avtonratlashish shakllari kabilar ham o’rganila boshlandi. Ikkinchi bosqichda «Sport psixologiyasi» fan si- fatida pedagogik faoliyat jarayonlarida qoMlanila boshlandi: sportchi-
6
laming bilish jarayonlari psixologiyasini shakllantirdi; ularning iro- daviy sifatlarini tarbiyalash, sportchilarning musobaqaga psixologik ji- hatdan tayyorlash mexanizmlarini ishlab chiqdi. Natijada, sport psixodiagnostika sohalari paydo bo‘ldi. Bu bosqichda ko'plab disser- tatsiya ishlari bajarildi, ya’ni muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshiril- di, sportchilarni umumiy psixologik tayyorlash masalalari ishlab chi- qildi. Sportchilarning texnik, jismoniy, psixologik va taktik tayyorgar- ligini; sportchi shaxsini tarbiyalash, sportchilar jamoasini takomillash- tirish masalalarini hal qilishga erishildi. Hozirgi kunda «Sport psixo- logiyasi» fani sportchilarning amaliy faoliyati qirralarini yangi shakl, vosita va uslublar vositasida o‘rganuvchi fan sifatida sportchilar faoli- yatini ilmiy asosda boshqarish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, sportchi- larga yangi nazariy bilimlar berish, ularning shaxsiy muammolarini yechish uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan fanga aylandi.
«Sport psixologiyasi» fani sportning barcha turlarini qamrab oladi. Bu fan sport musobaqasi davrida sportchilarda namoyon bo‘ladigan jismoniy va psixologik mahoratni yanada shakllantirish, tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganadi hamda sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uslublarini ishlab chiqadi. «Sport psixologiyasi» fani sportda paydo bo‘ladigan muammoli vaziyatlarning yechimini topish uchun quyidagi vazifalarni to‘g‘ri hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi:


  1. Download 216,08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish