Y masharipov sport psixologiyasi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 216,08 Kb.
bet30/49
Sana06.03.2023
Hajmi216,08 Kb.
#916842
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
Y masharipov sport psixologiyasi

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. Sportchilarning musobaqadan oldin hayajonlanishi qanday sabablar- ga bog‘liq bo‘ladi?

  2. Sportchining noqulay ruhiy vahima holatidan chiqib ketish yojlari haqida gapirib bering.

  3. Sportchining startda qaltirashi va jonsizlik holatining paydo bo ‘lish sabablari nimalarda ko'rinadi?

  4. A.S. Puni sportchilarda musobaqaoldi uch holat vujudga kelishi haqida qanday fikr bildirgan.

  5. Sportchining o‘zini-o‘zi boshqarish muammolarini tushuntirib bering.

  6. Sportchilarda paydo bo‘ladigan tajovuzkorlik va do‘q-po‘pisalarning sabablari nimada?

  7. Qaysi sport turlarida tajovuzkorlik holatlari mutlaqo taqiqlangan ?

  8. Tajovuzkorona harakatlarni taqiqlashda murabbiyning vazifasi nimalardan iborat?

  9. Nima uchun ba’zi sportchilarda tajovuzkorlik xususiyatlari juda rivojlangan bo'ladi?

SPORTCHINI MUSOBAQAGA PSIXOLOGIK
TAYYORLASH

Insonni hayotga yoki biror faoliyat sohasiga tayyorlash hayotning o‘zi kabi rang-barang, keng qamrovli, murakkab, ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, turli usullar, vositalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, o'quvchini o‘qishga va mehnatga tayyorlash; harbiy askarni texnik, taktik va irodaviy tayyorgarlik sifatlarini rivojlantira borib, jismoniy, ruhiy, siyosiy jihatdan og‘ir sharoitlarda jangovar mashqlarga, ona- Vatanni himoya qilishga tayyorlash ko‘p bosqichli, turli xil usullar vositasida amalga oshiriladigan qiyin va qizg‘in ijodiy-tarbiyaviy jarayondir. Shuningdek, o‘quv, tarbiyaviy va amaliy faoliyatda sportchilarni jismoniy mashqlarga hamda sport musobaqalariga ruhan tayyorlash, musobaqada g‘alaba qilishga, yangi rekordlar o‘rnatishga yo‘llash usullari ham rang-barangdir. Sportchi yoki jamoa a’zolarining sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishi, birinchi navbatda, ularning ma’naviy, mafkuraviy, irodaviy, jismoniy, texnik, taktik tayyorgarligiga bog'liq. Sport amaliyotida bo‘lajak aniq musobaqalarga psixologik jihatdan alohida tayyorgarlik ko‘rgan sportchilarning ko‘pincha g‘alaba qozonishi ilmiy isbotlangan. Demak, sport mutaxassislari va murabbiylar sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ulardan sportchining musobaqaga ruhan tayyorlash bosqichlarini nazariy va amaliy jihatdan puxta bilishlari talab qilinadi. Sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashni quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:

  1. sportchilarga raqibi va bo'lajak musobaqalarning shart-sharoitlari haqida yetarlicha ma’lumotlar berib borish;

  2. sport mashg‘ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish vaqti yoki kutilmagan o'zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g‘alaba keltirish imkoniyatlarini o‘rganish;

  3. sportchilarga musobaqada qatnashishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida ko‘rsatmalar berish;

  4. sportchining musobaqaga ishtirok etisli sababi, mohiyati va aniq maqsadini aniqlash, g'alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish;

  5. sportchining boMajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalash- tirish, aqliy sifatlarini o‘stirishga e’tibor berish, musobaqaga taktik va texnik jihatdan ruhiy tayyorgarligini takomillashtirish;

  6. sportchini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida kutilmagan maxsus to‘siqIar vujudga keltirish, ularda bu to'siqlar va qiyinchilik- larni yenga oladigan malaka va ko'nikmalar hosil qilish uchun qo'shimcha mashg‘ulotlar uyushtirish;

  7. sportchiga musobaqa jarayonida paydo bo'ladigan ichki ruhiy holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni o‘rgatish;

  8. sportchini musobaqa boshlanishida ruhiy ko'tarinkilikka, asab tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga undash.

So‘nggi yillarda respublikamiz sportchilari erishayotgan natijalar yuqorilab bormoqda. Shundan ko‘rinib turibdiki, inson imkoniyatlari cheksiz. Sportchi faqat ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘zining ruhiy, jismoniy imkoniyatlarini safarbar qilish yo‘llarini bilishi lozim. Sportchilarda bunday bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, mutaxassislar, o‘qituvchilar va murabbiylaming doimo diqqat markazida bo‘lishi shart. Ular sportchilarni jismoniy mashq va sport musobaqalariga psixologik tayyorlashning tavsiya etilayotgan quyidagi uslublaridan foydalansa, shogirdlari yanada yuqoriroq natijalarga erishishlari mumkin.

Download 216,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish