Y masharipov sport psixologiyasi


Sport turlarida о ‘ziga xos ruhiy tayyorgariik deganda nimani tushunasiz?



Download 216,08 Kb.
bet28/49
Sana06.03.2023
Hajmi216,08 Kb.
#916842
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
Y masharipov sport psixologiyasi

Sport turlarida о ‘ziga xos ruhiy tayyorgariik deganda nimani tushunasiz?

  • Sportchilarning yuqori ко ‘rsatkichlarga erishish omillari nimalardan iborat?

  • Sportdagi nafosat va go ‘zallikni qanday tushunasiz?

  • 0‘zbek milliy sport o‘yinlaridan qaysilarini bilasiz? Yengil atletika mashg ‘ulotlarida ularning qaysi turlaridan foydalansa bo‘ladi?

    SPORT MUSOBAQASI PSIXOLOGIYASINING
    TAVSIFI YA TAHLILI

    Sport boshqa faoliyat turlaridan o‘z subyekti his-tuyg'ularining o‘ta junbushga kelishi va kuchli hayajonlanishi bilan farqlanadi. Sportdagi bellashuvlar, olishuvlar, ularda faqat kuchli ta’sirlanishni vujudga keltiribgina qolmasdan, musobaqada ishtirok etayotgan juda ko‘p qatnashuvchilarda, jumladan, tomoshabinlarda ham hayajonlanish, xursandlik va xafa bo‘lish kabi his-tuyg‘ularni vujudga keltiradi. Turli xil sport musobaqalari millionlab kishilarni o‘ziga jalb qila oladi hamda kishilarda mavjud bo‘lgan eng yuksak his-tuyg‘ularni uyg‘otib yuboradi.
    Sportchilardagi emotsional harakatlar sport musobaqalari jarayonida vujudga keladi. Harakatning kuchlanish dinamikasi raqib bilan musobaqalashishda katta kuchlanish va qiyinchiliklarni yengishda paydo bo‘ladigan irodaviy faollik, sportchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishida ko‘rinadi. Bularning barchasi sport faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi. Yuqori kuchlanish bilan emotsionallik holatining o‘zgarishi: xursandchilik bilan xafagarchilikning almashinib turishi yoki, aksincha, qarama-qarshi o‘zgarish, ya’ni g‘azablanish o‘rnini yana g‘alabaga ishonch, xursandchilik, yaxshi kayfiyat va boshqa emotsional xususiyatlar egallashi tabiiy holatdir. Aynan shu holat sportchi ruhiy holatini boshqarish muammolarini keltirib chiqaradi.
    Sportchilarda mashq va musobaqa jarayonidagi o‘zgarishlardan: yurak faoliyati, nafas olishdagi farqlar, har xil og‘riqlar, chidamsizlik, noxush tuyg‘ular, ko‘p terlash, muskullardagi biotoklar, endokrin reaksiyalar bilan bog‘liq turli xil emotsional o‘zgarishlar aniqlangan. Sport insondagi faol ruhiy ko‘tarinkilik va xafagarchilikni, sportchining emotsional tayyorgarligini, butun organizmidagi bor imkoniyatlarni musobaqa jarayonida namayon etish imkonini beradi. Sportchining emotsional holatini startdan oldin yuqori darajaga ko‘tarilishi (masalan, uzoq va qisqa masofaga yuguruvchilarda, bokschilarda), muskullarining katta tezlikda ishlashi natijasida yurak urishi tezlashadi, tomirlaridagi qonning yurishi tezlashadi. Shuningdek, aniq faoliyat jarayonida vujudga kelgan his-tuyg‘ular bajariladigan harakatlar natijasiga katta ta’sir etadi. Bu sportchining ishchanligini oshiradi, organizmining faoliyat jarayonini tezlashtiradi, sportchining xulq-atvorini yaxshilaydi, ichki harakat motivlarini o'stiradi, musobaqada g'alabaga erishishini ta’minlaydi. Sportchining kuchlanishli emotsional tuyg‘ulari va musobaqalaiga ruhan tayyorgarligi jismoniy mashqlar va turli sport o‘yinlari jarayonida shakllanib boradi. Shuningdek, sportchilarda o‘rinli g‘azablanish yoki mag‘rurlik va to‘g‘rilik kabi sifatlarning kamol topishi ularda mu- sobaqalashish ishtiyoqini oshiradi.
    «Sport psixologiyasi» fani sportchilarning mahoratini shakllanti- rish, musobaqalarda qatnashish imkoniyatini vujudga keltirish va ken- gaytirish, musobaqalarga ruhan tayyorlash uslublarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Shu jarayonda sport fanlari bilan hamkorlikda, quyidagi muammolarning ilmiy-nazariy, psixologik asoslarini ishlab chiqadi:

    1. sportchilar ruhiyatiga sport faoliyatining ta’sirini o‘rganish;

    2. sportchilarda yuqori ishchanlikni vujudga keltirish hamda musobaqa jarayonida o‘zini-o‘zi boshqarish, chidamlilikni oshirish uslublarini ishlab chiqish;

    3. sportchining musobaqadan oldingi va musobaqa jarayonidagi ruhiy holatini o‘rganish;

    4. noqulay ruhiy holatdan, vahimadan chiqib ketish uslublaridan foydalanishga odatlantirish.

    Sportchilar o‘tgan sport musobaqalarida qo‘lga kiritgan g‘alabalari bilan xotirjam bo‘lib qolmasdan, muntazam ravishda o‘tkaziladigan sport mashg‘uloti va musobaqalarida yuqori koTsatkichlarga erishish uchun o'zlarini ruhan tayyorlab borishlari lozim. Sport amaliyotining keyingi natijalariga ilmiy asosda yondashilsa, sportchining oldingi musobaqalarda ko'rsatgan natijalariga qarab, uning yaqin kunlarda bo‘ladigan musobaqalarda qanday ko‘rsatkichlarga erishishi haqida tajribali mutaxassislar ham aniq xulosa chiqarishga ojizlik qiladi. Musobaqalarda yuqori natijalarga erishib yurgan sportchilar odatda o‘zlarini kuchli sportchilar qatoriga qo'yadilar. Biroq, kutilmaganda shu kuchli sportchi bilan birga mashq qilib yurgan, sport musobaqalarida biror marta ham ijobiy natijaga erisha olmagan sportchi bir qancha vaqt o'tgandan so‘ng musobaqalarning birida yuqori natijaga erishib, kuchli sportchilar qatoridan joy oladi. Bunday hodisalar sport faoliyatida tez-tez uchrab turadi. Binobarin, murabbiydan har qaysi sportchi bilan bir xil munosabatda bo‘lishga odatlanish, ularga ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llari haqida bir xil to‘g‘ri ko‘rsatma va maslahatlar berib borish talab qilinadi. Murabbiy sportchida shunday ishonch tug‘dirmog‘i lozimki, sportchi jismoniy mashq va musobaqalar jarayonida har kuni ichki ruhiy faollik va mahorat kasb etib, sport ustaligi ko‘rsatkichlariga erishish darajasiga ko‘tarilsin.
    Sportchilar og‘ir sharoitlarda o‘zini-o‘zi boshqarish hamda aqliy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini oshirish uslublaridan to‘la foydalana bilishga, ularni amaliy faoliyatlarida qo'llay olishga yoshlik davridan boshlab odatlanishi lozim. Buning uchun sportchilar o‘z a’zolari faoliyat funksiyalarining xilma-xil qonunlarini bilish asosida o‘zini-o‘zi boshqa­rish; aqliy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini oshirish uslublarini amaliy sport faoliyatining eng muhim sharoitlarida qo‘Hay bilishi kerak. Bu uslublarni bilish aqliy mehnat unumdorligini oshirishda, ruhiy va jis­moniy faollik darajasini o‘stirishda, insonni kamolga yetishuvida muhim ahamiyatga ega. Bizga shunisi ma’lumki sportchilar hozirgi sportda «autogencha» mashq qilish orqali ichki ruhiy imkoniyatlardan to‘la foydalanishga erishmoqdalar.
    Sportchilarning startdan oldingi ruhiy holatini murabbiylar, fiziologlar, psixologlar ko‘p yillardan buyon o‘rganib kelmoqdalar. Lekin sportchilarning startdan oldingi ruhiy tayyorgarlik holati haqidagi ko‘plab muammolar, masalalar shu kungacha maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqilmagan yoki ilmiy hal qilinmagan. Psixolog olim Z. Myuller ayrim risola va maqolalarida xalqaro sport musobaqalarida sportchilarning qoniqarsiz ko'rsatkichlari faqat ularning jismoniy, texnik yoki taktik tayyorgarligigagina bog'liq bo‘lmasdan, balki ularning musobaqadan oldingi ruhiy tayyorgarlik holatiga ham bog‘liq ekanligini birmuncha batafsil tushuntirib berishga erishgan.
    Sportchining musobaqa jarayonidagi ruhiy hayajonlanish holati xilma-xil shakllarda namoyon bo'ladi. Ularning musobaqadan oldingi yuqori darajadagi ruhiy tayyorgarlik holati qiyin vaziyatlarda ham o‘zini tuta bilishi hamda o‘zini to'g'ri boshqarishida ko‘rinadi. Sportchining musobaqadan oldingi ruhiy holati uning oldingi turli xil musobaqalarda erishgan muvaffaqiyatlariga kolp jihatdan bog‘liq bo'ladi. Ayrim olimlarning fikricha, miyada hosil bo'lgan o'rtacha qo‘zg‘alish musobaqada yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Agar miyadagi qo‘zg‘alish start olish vahimasi darajasigacha yetib borsa, qo‘zg‘alish yuqori bo'lib, sportchining musobaqadagi natijalari qoniqarsiz ko'rsatkichlar bilan yakunlanadi. Sportchining musobaqaga tayyorgarlik holati asab tizimining ta’sirchanligiga ham bog'liq bo'ladi. A.S. Puni fikriga asoslanib sportchining startga tayyorgarlik holatini quyidagi uch turga ajratib ko'rsatish mumkin: a) sportchining startda qaltirashijonsizhk holati; b) sportchining startga yuqori tayyorgarligi va jangovarlik holati; d) sportchining ruhan tushkunlik va yotnon kayfiyatlUik holati.
    Shulardan sportchi uchun eng muhimlari: startga jangovar tayyor- garlik va startdagi ta’sirchanlik holatlaridir. Kuchli muvozanatsiz asab tizimiga ega bo‘lgan sportchilar startda qaltirash, jonsizlik holatiga tushadilar. Kuchli muvozanatli, serharakat asab tizimiga ega bo‘lgan sportchilarda startda jangovarlik holati yuqori boMadi.
    Sportchining startga tayyorgarlik holati oldingi musobaqalarda o‘z kuchini qanday safarbar etganligiga ham bog'liq bo‘ladi. Bulardan tashqari, startga tayyorgarlik holati: 1) musobaqaning xarakteriga; 2) tomoshabinlarning xulq-atvoriga; 3) sportchining musobaqa oldidan bajargan jismoniy mashqlarisifatiga; 4) o‘z kuchiga ishonch hosil qilishiga;


    1. Download 216,08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish