394
XXX BOB.
BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASHNI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
Dunyoqarash kishilarning olam va uning o‘zgarishi, rivoj-
lanishi
haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy,
estetik, diniy va hokazo qarashlari
va tasavvurlari majmuasidan
iborat.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy
turmush aks etadi va u muayyan
tarixiy davrda insoniyat
yaratgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog‘liq
bo‘ladi.
Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo‘lib, hay-
vonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar
va mavjudotlar uchun
bu hol yotdir. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit
umumiylashtirilgan bilimlar to‘plamidir.
Do'stlaringiz bilan baham: