Melioratsiyani to’g’ri tashkil qilishda va loyixalashda quyidagilarni bilish
zarur, birinchidan, tuproq rejimini ( suv, xavo va kimyobiologik), bir tarafdan
boshqa tarafdan shu sharoitdan kelib chiqqan xolda, qishloq xo’jalik o’simliklariga
kerak bo’lgan rejimni bilish lozim va ular o’rtasidagi farqlarni xam, ikkinchidan esa,
o’sha texnik usullar, qaysiki sonli va mustaxkam shuningdek davomiyligi
yordamida tuproqning suv, xavo, kimyobiologik rejimini o’zgartirib turishini bilish
kerak. SHundan kelib chiqqan xolda melioratsiyada quyidagi elementlarni nazarda
tutish lozim:
- o’simlikni istemol qilish talabi;
- tuproqning-melioratsiya ob’ektining sifati va xususiyatlari (fizik va
kimyoviy) va shu o’zgarishlarni mumkin bo’lgan xossa va sifatlarini (fizik va
kimyoviy) melioratsiya ob’ekti sifatida-tuproqni, melioratsiya vositasi sifatida
suvni;
- tuproqlarning texnik va gidrotexnik sifati o’zgarishlarini va shu
o’zgarishlarning mumkin bo’lgan chegaralari.
Tuproqning oziqlanishi mikrobiologik va issiqlikning shakllanishida tuz-suv
rejimi yetakchi deb xisoblanadi. Fermer xo’jalik yerlarini melioratsiya qilish va
qishloq xo’jalik ekinlaridan maksimal mo’l xosil olish uchun qilinadi. SHu bilan
birgalikda tuproqning suv-tuz rejimini o’zgartirib turishlik (uning namligi, tuzlanish
xolati, yer osti suvlarini chuqurligi va o’g’itlanishi) qishloq xo’jalik maxsulotlaridan
maksimal mo’l xosil olishda deyarli tor diapozonda o’zgarib boradi.
Tuproqning ildiz rivojlangan zonasining maqbul namligi qishloq xo’jalik
o’simliklari uchun 0,6- 0,9 NV oralig’ida bo’ladi. Tuproqdagi ildiz rivojlanadigan
qatlamni qalinligi, asosiy usimliklar uchun vegetatsiya davrida 0,3 dan1,1 m. gacha
o’zgarib turadi.
Er osti suvi satxi chuqurligining darajasini baxolash, 60- yillar o’rtasigacha
"kritik" deb atalgan yer osti suv satxi chuqurligi tushunchasidan foydalanilgan
(Polыnov,1930; Kovda, 1946; yengulatov, 1964; Kats, 1965; Raximbaev, 1967 va
boshkalar). Biroq yer osti suv satxi chuqurligi meliorativ talabni xar xil
shakllantiradi, shuning uchun xam suv- tuz rejimini maqbul asoslashda sug’orish
rejimini, yuvish, yer osti suv satxi chuqurligi, drenaj ko’rsatkichlarini kompleks
ravishda nazarda tutish (ko’rib chikish) kerak.
Xozirgi vaqtda qishloq xo’jalik o’simliklarning xosildorligi yerning sho’rlanish
turi, darajasi, tuproqda xar xil eritmalar miqdorining to’planishiga bog’liq bo’lib
qolganligi aniqlangan (Kovda, 1973; Stroganov, 1962; Rabochev, 1976; Duxovnыy,
1987; Ramazanov, YAkubov, 1988; Usmanov, 1988 va boshkalar). yetakchi
qishloq xo’jalik o’simligi - paxta uchun shunday bog’liqlik 9.1- rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: