Neoxorijiylik - yangitdan paydo bo‘lgan xorijiylik harakati bo‘lib, uning tarkibida Hazariqa va Basra singari radikal kichik sektalar mavjud. Ular o‘zlarini qolgan musulmonlardan ajratib qo‘rsatadi, qolgan musulmonlarning barchasini o‘limga hukm qiladi. - Tarj.
Kazuistika [fr. casuistique < lot. cāsus voqea] - 1. O'rta asrlar sxolastikasi va ilohiyotshunosligining xususiy voqealarni ham umumiy aqidalar bilan baholash usuli. 2. Ko‘chma
ma'noda yolg‘on, shubhali holatlarni himoya qilishdagi topqirlik. - Tarj.
Ekumenizm [nem. ökumenismus < lot. æcumenicus koinotga xos < yunon. oikumenē mavjudotlar yashaydigan zamin] - barcha xristian cherkovlarini birlashtirish harakati. - Tarj.
Revayvelist (ingl. revivalist qayta tiklovchi) - qayta tiklash ta'limoti tarafdorlari. - Tarj.
Teokratiya (yunon. theos - xudo) - boshqaruvning bir turi bo‘lib, unda (odatda monarxik) davlat boshlig‘i bir vatqning o‘zida diniy rahbar ham hisoblanadi. - Tarj.
Patronaj [fr. patronage < patron homiy < lot.] - 1. Chaqaloqlarga va ba'zi bemorlarga ko‘rsatiladigan doimiy davolash-profilaktika yordami. 2. Homiylik qilish.
«Vishi» - 1940 yilning iyuli - 1944 yilning avgustida Frantsiyada nemislar bosqini davrida hukmronlik qilgan sotqin rejimning nomi. A.Peten hukumati Vishi shahrida faoliyat ko‘rsatgani uchun shu nom bilan atalgan. - Tarj
Aleksis Karrel (1873-1944) - frantsuz xirurgi va patafiziologi; 1904-39 yillarda AQShda istiqomat qilgan. 1912 yili Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. - Tarj
Essentsiya [nem. Essentia < lot. essentia] - mohiyat . - Tarj.
Kvintessentsiya [nem. Quintessenz, fr. quintessence < lot. quinta essentia beshinchi mohiyat] - Eng asosiy, o‘ta muhim. Antik falsafada efir - yerdagi to‘rtta unsur - suv, yer, olov va havoga qarama-qarshi qo‘yilgan beshinchi unsur, ya'ni efir. - Tarj
Zvinglichilar - Shveytsariya protestantlik reformatsiyasining muhim islohotchilaridan biri Ulrix Zvingli (1484-1531) izdoshlari. Zvingli 16-asrda o‘z harakati cherkovdan tashqarida bo‘lgan yagona ulkan islohotchi edi. - Tarj.
Kalvinchilar - Frantsuz ilohiyotshunosi, Reformatsiya rahnamolaridan biri va kalvinizm asoschisi Jan Kalvin (1509-1564)ning izdoshlari. J.Kalvin o‘ta diniy toqatsizligi bilan nom qozongan edi. - Tarj.
Baybl Belt - AQShning janubidagi hudud nomi. Uning aholisi Tavrot bitiklarining asl ekaniga ishonmaydi, deb hisoblanadi; keng ma'noda: qizg‘in diniy aqidaparastlik xos bo‘lgan hudud. - Tarj.
Moral Meyjoriti - 20-asrning 70-yillarida baptist ruhoniy Jerri Falvell rahnamolik qilgan fuqarolarning aqidaparastlik tashkiloti nomi. Bu tashkilot gomoseksualistlarning huquqlari, abortni qonuniylashtirish singari talablar bilan chiqqan edi. - Tarj.
Transtsendent [nem. transzendental < lot. trānscēndere o‘tish, chegaradan chiqish] - falsafada bilish mumkin bo‘lmagan, azaldan berilgan, tajriba tufayli orttirilmagan narsa. - Tarj.
Do'stlaringiz bilan baham: |