uzatilishi mukin bo‘lgan oqimning umumiy tezligi bir necha Tbit/s
gacha oshirilishi imkoni yuzaga keladi.
DWDM asosan magistral optik transport tarmoqlarini qurishda
qo‘llanilib, turli faqat optik darajada qo‘llaniluvchi
qurilmalardan
foydalanganligi sababli tarmoqda elektro-optik va opto-elektron
o‘zgartirish jarayonlari kamayadi. Natijada tarmoqning ma‘lumot
uzatish tezligi kamayishi oldi olinadi.
Quyidagi
DWDM
texnologiyasining
ishlash
tamoyilini
tushuntiruvchi sxema 5.7-rasmda tasvirlangan.
5.7-rasm. DWDM texnologiyasining ishlash tamoilini
tushuntiruvchi sxemasi
Optik signal optik tolali aloqa liniyasi bo‘ylab uzatilar ekan
so‘nadi. Signallarni kuchaytirish maqsadida optik kuchaytirgichlar
qo‘llaniladi. Nazariy jihatdan bu signallarni 4000
km ga hech qanday
elektro-optik-elektro o‘zgartirishlarsiz uzatish imkonini beradi. Bu SDH
(200km) ga nisbatan yetarlicha yuqori imkoniyat.
Bitta tola bo‘ylab umumiy ma‘lumot uzatish tezligini oshirish
maqsadida bir necha alohida to‘lqin uzunliklarni zichlashtirish va ularni
bitta tola bo‘ylab uzatishga erishish uchun 18 yil oldin harakat
boshlangan. Dastlab 850 nm va 1310 nm to‘lqin uzunliklardan,
keyinchalik 1310 nm va 1550 nm dagi to‘lqin uzunliklardan foydalanila
boshlandi. Ammo lazer diodlarni ishlab chiqish texnologiyasining
rivojlanishi
va
lazer
diodlarning
spektral
harakteristikalari
mukammallashgach 1550 nm diapazonida bitta tola bo‘ylab
bir necha
o‘nlab kanallarni zichlashtirish imkoni hosil bo‘ldi. Bunday texnologiya
asosida ishlovchi turli hil ishlab chiqaruvchilar tomonida ishlab
chiqilgan qurilmalarni o‘zaro hamkorlikda ishlay olishlarini ta‘minlash
maqsadida bu texnologiyada optik tashuvchilarni standartlashtirish,
kanal va chastota rejasii standartlashtirish masalasi yuzaga keldi.
Bu masalani Xalqaro elektr aloqa birlashmasi (ITU) hal etdi.
DWDM twxnologiyasining kanallari va chastotalari rejasi ITU ning
G.692 standartida tartibga solingan va belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra
DWDM texnologiyasida 1528,77 nm dan 1569,69 nm gacha spektrdan
(umumiy 5,1 TGs li diapazon)
foydalanish, kanallar orasidagi filtr
polosasini 100 GGs erib tayinlash tavsiya etiladi. Bu diapazonda
maksimal 51 ta optik kanal hosil qilish mumkin. Demak bu holatda
kanallar orasidagi qadam 0,8 nm ni tashkil qiladi.
Ammo keyinchalik ma‘lum bo‘ldiki, juda ko‘plab ishlab
shiqaruvchilari tomonida kanallar orasidagi filtr polosa farqi 50 GGs
(0,4 nm) bo‘lgan qurilmalar ishlab chiqarilgan Bundan tashqari shunday
holatlar bo‘ladiki bu darajadagi zichlashtirishga zarurat bo‘lmaydi va
kanalla orasidagi filtr polosa farqini 200 GGs, hattoki 400
GGs gacha
oshirish mumkin. Shunday qilib ITU G.692 standartining ohirgi
versiyasi bunday texnologiyalarda kanalla orasidagi filtr polosasini
50,100, 200, 400 GGs (0,4; 0,8; 1,6; 3,2 nm) ga teng qilib olish tavsiya
etiladi. Kanallar orasidagi filtr polosa farqi 0,4 nm bo‘lganda 1529-1565
nm diapazonda jami 102 ta optik kanal hosil qilsa bo‘ladi. Hizirgi
kunda kelib ITU kanallar orasidagi filtr polosa kengligini 25, 12,5 GGs
qilib belgilanishini tavsiya etmoqda.
DWDM tarmoqlari quyidagicha asosiy afzalliklarga ega:
uzatish tezligining yuqoriligi;
xalqa tapologiyasi asosida 100 % li zaxirani ta‘minlash
imkoniyati;
optik toladagi kanallarning shaffofligi tufayli kanal satxida
har qanday texnologiya‘ni ko‘llash imkoni;
optik magistraldagi kanallar
sonini soddagina oshirish
imkoni.
Do'stlaringiz bilan baham: